Pedagogik vazifalar:
Portfolio haqida ma’lumot berish;
Elektron portfolio turlari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishtirish;
Pedagog elektron portfoliosi tizimi haqida ma’lumot berish;
Elektron portfolio bilan ishlash va uni shakllantirish haqida tushuncha berish;
Elektron portfolio yaratishga mo’ljallangan dasturlarning tasnifini keltirish va ular yordamida portfolio yaratish yo’llarini o’rgatish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Portfolioning kelib chiqish tarixini bilishadi;
Elektron portfolio turlarini farqlay olishadi;
O’z kasbiy faoliyatining kelajagi, elektron portfoliosi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishadi;
Elektron portfolio bilan ishlash ko’nikmasi shakllanadi;
Elektron portfolio yaratishga mo’ljallangan eng sodda dasturlarni farqlay olishadi;
Elektron portfolio yaratishga mo’ljallangan dasturlardan foydalanish ko’nikmasi shakllanadi va mustaqil ravishda o’z elektron portfoliolarini tuzishadi.
|
O’qitish usullari:
|
Ma’ruza – vizualizasiya texnikasi, “Klaster” texnologiyasi, “VENN” diagrammasi va “Nima uchun?” grafik organayzeri
|
O’quv faoliyatini tashkillashtirish shakli:
|
Frontal, jamoaviy
|
O’qitish vositalari:
|
Vizual materiallar, proyektor, ma’ruza matni, dasturiy vosita.
|
O’qitish sharoiti:
|
Texnik ta’minlangan auditoriya
|
|