7-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni aniqlash. Reja


Download 22.19 Kb.
bet1/2
Sana17.01.2023
Hajmi22.19 Kb.
#1097807
  1   2
Bog'liq
7-амалий машғулот


7-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalarni
aniqlash.
Reja:

  1. Mexanik jarohatlanish va uning turlari

  2. Mexanik jarohatlanishdan muhofazalanish va muhofazalovchi vositalar

  3. Blokirovka qurilmalari.

Mexanik jarohatlanish deb insonning mexanik tashqi ta’sirlardan jarohatlanishga aytiladi. Bunda mexanik tashqi ta’sir kattaligi noaniq bo‘lgan fizikaviy kuch ta’siri bo‘lib, bunda inson tanasi va tayanch qismlarining butunligi buziladi.
Mexanikaviy jarohatlanishning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
Suyak sinishi; muskul va paylarning ezilishi; teri shilinishi yoki archilshi; muskul va paylarning uzilishi; ko‘zga biror jismning kirib ketishi; tana a’zolarining uzilishi va xokazo. Demak, mexanik jarohatlanishlar yuz berishi mumkin bo‘lgan tashqi fizik, mexanik ta’sirlarni hayot faoliyati davomida, ishlab chiqarish korxonalarida - ish turiga ko‘ra, keltirish mumkin bo‘lgan jarohatlar ishchilarga oldindan tushuntirilishi, bularning oldini oilish maqsadida albatta, xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida instruktaj (yo‘riqnoma) o‘tkazilshi shart.
Har bir mexanik jarohatlovchi omillarni bilgan holda, ularning asosiy kelib chiqish sabablari, ishlatilayotgan mashina va mexanizmlar, ularning harakatlanuvchi qismlari kabilar ish boshlanishidan oldin hisobga olinishi kerak.
Uskuna va mexanizmlarning hamma harakatlanuvchi qismlari: bir-biriga
tomonaylanadigan vallar, tishli g‘ildiraklar ilashmasi, uskunalarning vertikal uzatmalari va qirquvchi qismlari, qaytma-ilgarilama harakatlanuvchi pishang ishlovchilarning sog‘lig‘i hamda hayoti uchun yashirin xavf tug‘diradi.
Uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishni oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo‘llaniladi. Ularga quyidagillar kiradi: himoyalovchi va to‘suvchi tuzilmalar, xavfsizlik masofalari va gabaritlari, xavfsizlik signalizatsiyasi, yorug‘lik signalizatsiyasi va xavfsizlik belgilari, xavfli mintaqalar, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Agar texnologik uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari SHikastlanish manbai bo‘lsa, ular to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Masalan, hamma vallarning chiqib turadigan uchlari, tishli shesternalar, maxovikli g‘ildiraklar, tasmali, tishli va ponasimon tasmali uzatmalar, ilashish muftalari, cheklash boltlari, shponkalar va texnologik hamda umumfabrika uskunalarning barcha harakatlanuvchi qiamlari to‘sib qo‘yilishi shart.
To‘suvchi tuzilmalar asosan ikki guruhga: muvaqqat va doimiy tuzilmalarga bo‘linadi. Muvaqqat (ko‘chma) tuzilmalar qurilish montaj va tuzatish ishlarini bajarishda qo‘llaniladi. Doimiy (ko‘chmas) to‘siqlar texnologik va umumfabrika uskunalarining xavfli joylarini to‘sib turish uchun xizmat qiladi. Doimiy to‘siqlarga sirkulyar, tebranmavatasma(lenta) arralar, abraziv doiralar misol bo‘la oladi.
Ochilganda qo‘l yoki kiyim uskunaning harakatlanuvchi qismlariga tushib qolishi ehtimoli bo‘lgan olinadigan, surilma va qaytarma to‘siqlar ishga tushirish hamda to‘xtatish mexanizmi bilan blokirovkalangan bo‘lishikerak. Texnologik va umumfabrika uskunalari ishini blokirovkalashdan maqsad ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlashdani borat. Blokirovkalash tizimlari quyidagi maqsadlar uchun hizmat qiladi:

  • Xavf paydo bo‘lganda ishlayotgan uskunani dar hol to‘xtatish;

  • Texnologik jarayonni va umumfabrika uskunalarini noto‘g‘ri boshqarishga bar ham berish;

  • Ayrim mexanizm va detallarning xavfli mintaqadan tashqarida harakatlanishiga imkoniyat yaratish uchun.

Me’yordagi ish sharoitining buzilishi oqibatida mazkur qurilmaga xizmat ko‘rsatadigan kishining sog‘ligi uchun xavf tug‘ilishiga ayrim mexanizmlarining ishlamay qolishi sabab bo‘ladi.
Xavfsizlik signalizatsiyasi ishlovchilarni xavfdan ogohlantirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda yorug‘lik, rang va tovush signallari har xil shartli belgilardan hamda bosim, harorat hamda suyuqlik sathini aniqlaydigan ko‘rsatkichlardan foydalanish.

Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling