7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Nutq va adabiy me’yor reja


Download 63.94 Kb.
bet1/7
Sana25.03.2023
Hajmi63.94 Kb.
#1294570
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu.-1


7-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Nutq va adabiy me’yor
REJA:
1.Kasbiy nutq
2.Nutq bayon qilish usullari.
3.Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to`g`riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi.
Tayanch so’zlar: nutq, urg’u, bo’g’in, nutq sifatlari, nutqning to’g’riligi, nutqning sofligi, nutqning aniqligi, nutqning ta’sirchanligi, nutqning mantiqiyligi.
Nutq so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishi bo’lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq
deyilganda, aytilmoqchi bo’lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to’liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o’tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko’ra nutq oldiga ma’lum talablar qo’yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo’lib, unda nutqning mantiqan to’g’ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo’lishi nazarda tutiladi.
Nutqning to’g’riligi. «To’g’rilik deganda, -deb yozadi V.G.Kostomarov,- nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini egallashni tushunish lozim bo’ladi».1
Nutqning to’g’riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chunki nutq to’g’ri bo’lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi.
Nutq to’g’ri bo’lishi uchun, asosan, ikki me’yorga - urg’u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So’zlardagi urg’uning ko’chishi bilan ma’noning ham o’zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma so’zi. Bu so’zni alohida urg’usiz olib qaraganda, uning qanday ma’noda qo’llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg’u undagi ma’noning aniqlanishiga ko’maklashadi. Ya’ni olma tarzida urg’u birinchi bo’g’inga tushganda, harakat, olma kabi oxirgi bo’g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so’zlar anchagina. Masalan, hozir - hozir, yangi-yangi, yigitcha- yigitcha, o’quvchimiz - o’quvchimiz so’zlarining ma’nosi ham faqatgina urg’u yordamida oydinlashadi.
Gap tarkibidagi ayrim olingan so’zga tushadigan urg’u, ya’ni mantiqiy (logik) urg’uning ham ma’noni farqlashda xizmati katta. Hamma tillarda ham qaysi ma’no alohida nazarda tutilayotgan bo’lsa, shu ma’noni ifoda etayotgan so’z alohida urg’u 1 V.G.Kostamarov Kultura rechi i stil. – M. 1960, 24-bet.
bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Anvar xat yozdi gapida kim yozganligi, nima yozganligi yoki nima ish qilganligi nazarga olinib, bu gapdagi so’zlarning har uchalasidan biriga urg’u tusha oladi. Bunday o’rinlarda mantiqiy urg’u ma’noni takidlash uchun kerak.
Lekin shunday holatlar ham borki, bo’g’in urg’usida bo’lgani kabi mantiqiy urg’uni ham to’g’ri ishlata bilish kerak. Chunki bunda xatoga yo’l qo’yilsa, nazarda tutilgan ma’no anglashilmay qolishi mumkin. Demak, nutqni to’g’ri ifodalash uchun ham so’z urg’usining, ham mantiqiy urg’uning to’g’ri ishlatilishiga amal qilishimiz zarurdir.
Grammatik normaga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to’g’ri foydalanish, o’zak va qo’shimchalarni qo’shishda xatoga yo’l qo’ymaslik, kelishik qo’shimchalarini o’z o’rnida qo’llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo’laklarning ularga bog’lanish qonuniyatlari tushuniladi.
Tilimizda morfologik, sintaktik chalkashliklar tez-tez uchrab turadi. Ko’pchilik holatlarda kelishik qo’shimchalari farqlanmasdan ishlatiladi. Bu esa ba’zan mazmunda xatolikka olib kelishi mumkin: Umrini tog’larda o’tkazgan odamning tabiat tilini bilmaydi, deyish qiyin. («Qishloq haqiqati»). Tilimizning mohir bilimdoni A.Qahhor ham qaratqich va tushum kelishigining ba’zan farqlanmay ishlatilishidan o’zining «San’atkor» hikoyasida asar qahramonining savodsizligini fosh etishda ustalik bilan foydalanadi: Pojarniy «gugurtni erga tashlamang», dedi. Rejissyorimiz esa «gugurtning erga tashlamang», dedi.1
Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy - joyida ishlatish, ya’ni nutqning to’g’ri tuzilishiga erishish nutq madaniyatining asosiy talablaridan biridir.

Download 63.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling