Osidlanish-qaytarilish reaksiyalari 4 ta turga bo‘linadi:
Molekulalararo reaksiyalar. Bir molekulaning o‘zida sodir bo‘ladigan ichki oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.
Oksidlovchi va qaytaruvchi vazifasini ayni bir xil zarrachalarning o‘zi bajaradigan disproporsiyalanish reaksiyalari.
Ayni elementning turli oksidlanish darajasidagi atomlari bir xil oksidlanish darajasiga o‘tishi -sinproporsiya reaksiyalari.
1. Molekulalararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovchi element bir modda tarkibida, qaytaruvchi element ikkinchi moddada bo‘ladi. Reaksiya jarayonida turli molekulalardagi elementlarning oksidlanish darajasi bir vaqtda o‘zgaradi. Masalan,
FeO + CO → Fe + CO2
reaksiyada temirning oksidlanish darajasi pasayadi, uglerodniki esa yuqorilashadi.
2. Molekulalarning o‘zida sodir bo‘ladigan ichki oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida ayni molepkula tarkibidagi boshqa-boshqa elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgaradi. Masalan,
2KClO3→2KCl+3O2
Bu erda: Cl+5 oksidlovchi, O-2 esa qaytaruvchidir.
3. Disproporsialanish reaksiyasiga:
3H2MnO4→2HMnO4+MnO2+2H2O
misol bo‘la oladi. Bu erda: oksidlovchi ham, qaytaruvchi ham Mn+6 dir. Reaksiyaning mohiyati shundaki, Mn+6 bilan Mn+6 o‘zaro ta’sirlashganda elektronlar bir-biridan ikkinchisiga o‘tib, birining oksidlanish darajasi oshadi, ikkinchisiniki esa pasayadi.
4. Bir molekula tarkibidagi oksidlanish darajasi turlicha bo‘lgan atomlar oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida qatnashib, oksidlanish darajasi bir xil bo‘lgan holatga o‘tishi mumkin. bunday reaksiyalarni sinproporsiya reaksiyalari deb ataladi. Masalan,
t
NH4NO2→ N2+2H2O
Bunda: NH4+ kationidagi azotning oksidlanish darajasi -3, NO2- anionidagi azotning oksidlanish darajasi +3 bo‘lib, ular reaksiyadan keyin oksidlanish darajasi 0 bo‘lgan azotga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |