7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Shovqin va uni o’lchaydigan asboblarini o’rganish. Ishdan maqsad
Download 463.57 Kb. Pdf ko'rish
|
HFX 7-Amaliy mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
Ishni bajarish tartibi: 1-rasmda ISHV-I shovqinni o’lchash asbobining soddalashtirilgan elektrik sxemasi keltirilgan. 2-rasm .ISHV-I shovqinni o’lchash asbobining tashqi ko’rinishi 1-mikrafon 2-kuchaytirgich 3-to’g’irlagich 4-mikroampermetr 5-nakal batariyasi 6-anod batareyasi. Mikrafon 1 tovush bosimining tebranishini elektr kuchlanishiga o’zgartiradi, bu kuchlanish lampali kuchaytirgich 2 bilan kuchaytiriladi, germaniyli diod 3 bilan to’g’rilanadi va shkalasi detsibellarda darajalangan magnitoelektrik strelkali pribor bilan o’lchanadi. Agar mikrofon o’rniga tebranish parametrlarini ularga praporsional elektrik signallarga o’zgartiradigan vibro o’zgartgich ulansa, vibratsiya o’lchagichlar ham xuddi shu tarzda ishlashi mumkin. 3-rasm. 1-«Detsibel1»-buragichi 2-o’lchagichning kirishi; 3-filtrlar chastotalarining buragichi 4-va-5-rostlash vintlarining uyalari; 6-«mikrofon-datchik» buragichi; 7-«Kalibr»uyasi 8-signallampasi: 9-strelkali pribor; 10-«Erga ulagich» qisqichi; 11.-«CHiqish uyasi»; 12-Ish turi buragichi; 13-«Denibel»-2 buragichi; 14-O’lchagich turi buragichi; 15-M-101 mikrofoni; 16-mikrofon maxkamlagichning detali: 17-tutkich va shlangli egiluvchan sim. Kombinatsiyalangan pribor-shovqin va vibratsiya o’lchagich ISHV-1 shovqin o’lchashda qanday foydalanilsa, o’sha ko’rinishda 12-rasmda ko’rsatilgan. Asbobni 12-rasmda ko’rsatilgan xolatga keltirish uchun uning qopqog’i ochiladi va uning ostidagi uchida maxsus shtepsel vilkasi bo’lgan shlangli sim chiqarib olinib uyaga tiqiladi, simning ikkinchi uchida esa mikrofon tutqichi 17 dagi qalpoqcha burab chiqarib olinadi va tutqichga M101 tipidagi kondensatorli mikrofon 15 burab maxkamlanadi, bunda mikrofonni maxkamlash uchun konussimon detal 16 dan foydalaniladi. Asbobni o’lchashlarga tayyorlash uchun buragichlar 1 va 13 ni maksimal satx (90 va 40 db) ga mos keladigan vaziyatga, buragich 6 ni esa «mikrofon» vaziyatiga qo’yish kerak. Agar asbob binodan tashqarida 220 V kuchlanishli tarmoqdan ta’minlanadigan bo’lsa, asbob korpusini erga ulash kerak. Buning uchun qisqich 10 dan foydalaniladi. So’ngra buragich 12 batareyaning yaroqligi yoki tarmoqdagi kuchlanishning etarliligini tekshirish uchun «kontrolpitaniya 2 vaziyatiga qo’yiladi. Bunda strelka 9 shkalada belgilab qo’yilgan «batareya» sektorida turishli, signal lampochkasi 8 esa lipillashi kerak. Buragich 14ni «A» ga qo’yiladi. So’ngra mikrafonni shovqin tekshirilayotgan nuqtaga keltiriladi va buragich 12 shovqinning xarakteriga va boshqa bir qancha sabablarga ko’ra «medlenno» yoki «bo’stro» vaziyatiga qo’yiladi. GOST20445-75 ga muvofiq kamida 6 oyda bir marta shovqinni ish o’rnida o’lchab ko’rish kerak, shunday qilinganda shovqinning haqiqiy sathlarining normalar bo’yicha yo’l qo’yilganiga mosligini kontrol qilish va shovqinni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish mumkin. Bunda tik turib ishlanadigan joyda mikrofon poldan 1,5 m balandligida o’rnatilib, mikrofon shovqin manbaiga tomon qaratiladi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Shovqin ta’sirida odam organizmida qanday kasallik vujudga keladi. 2. Shovqin o’lchagichning ishlash prinsipini tushuntiring. 3. Shovqindan saqlanishning individual ximoya vositasini aytib bering. Download 463.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling