7-amaliy mashg’ulot o'lchamlar zanjirini hisoblash tartibi
Texnologik o’lchamlarni hisoblash
Download 93.52 Kb.
|
7-amalyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
11.3.2. Texnologik o’lchamlarni hisoblash
Texnologik o’lchamlar zanjiri ishlov berish yoki yig’ish amallarini bajarishda, jihozlarni sozlashda yoki amallararo o’lchamlarni va qo’shimlarni hisoblashda yuzalar, chiziqlar, detallar yoki buyumlar nuqtalari oralig’idagi masofani aniqlash imkonini beradi. Bu yerda eng muhim yechim o’lchamlar zanjirlarining berkituvchi zvenolarini aniqlash hisoblanadi. Berkituvchi zveno texnologik qo’yim sifatida ham berilishi mumkin, u konstruktor belgilagan qo’yim bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida tayyorlangan detallar yoki yig’ilgan mashinalar sifati to’g’risida aniq bir fikr aytish mumkin bo’ladi. Texnologik qo’yim kichik bo’lishi kerak,xech bo’lmaganda konstruktornikiga teng. Agar bu shartlarga rioya qilinmayotgan bo’lsa, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini o’zgartirish zarur. O’lchamlar zanjirlari yordami bilan hisoblashlarda ba’zi-bir qoidalarni qo’llash zarur. O’lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattaytirish natijasida berkituvchi zveno kattalashsa, kattalashtiruvchi zveno deb ataladi va bilan belgilanadi. O’lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattaytirish bilan berkituvchi zveno kichiklashsa, kichiklashtiruvchi zveno deb yuritiladi va bilan belgilanadi. Tayyorlanuvchi detal yoki yig’iluvchi mashina uchun kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi zvenolar ko’rinishidagi bo’laklarni tasvirlovchi tegishli zanjirli sxemalar tuziladi (11.2- rasm). Bu rasmda keltirilgan zanjirda A4 kattalashtiruvchi zveno, A1,A2 va A3 lar kichiklashtiruvchi zvenolar hisoblanadi. O’lchamlar zanjirlari yordamida, qoida bo’yicha ikkita masala yechiladi. Birinchidan, berkituvchi zvenoning berilgan parametrlari bo’yicha tashkil etuvchi zvenolarning parametrlari aniqlanadi (to’g’ri masala echiladi). Ikkinchidan, tashkil etuvchi zvenolarning berilgan parametrlari bo’yicha berkituvchi zvenoning parametrlari aniqlanadi (teskari masala yechiladi), ya’ni “Maksimum-minimum” usulida tekshiruv hisobi bajariladi. Download 93.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling