7-amaliy mashg‘ulot. Po‘latni korrozion mexanik xossalari. Rеja
Download 39.38 Kb.
|
7- amaliy mashg\'ulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik xossalari.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy jarayonlar natijasida qotishma strukturasi o‘zgarishi kimyoviy xossalarni ifodalaydi. Metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari oksidlanishiga yoki turli moddalar: havodagi kislorod, kislota hamda ishqor eritmalari va boshqalar bilan birikishiga qarshi tura olish xususiyatiga qarab xarakterlanadi. Metall boshqa elementlar bilan qancha oson birikishga kirishsa, u shuncha tez yeyiladi. Metallarning tashqi agressiv muhit ta’siridan kimyoviy yemirilishiga korroziyalanish deyiladi.
Fizik xossalari. Metallarning fizik xossalariga uning rangi, zichligi. suyuqlanish temperaturasi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqda kengayuvchanligi, issiqlik sig‘imi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xossalari va boshqalar kiradi. Mexanik xossa. Qotishmalarning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko'rsata olishi mexanik xossasini ifodalaydi. Asosiy mexanik xossalari;a qattiqlik, mustahkamlik, qovushqoqlik, nisbiy uzayish va torayish kiradi. Metallarning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik xususiyati uning mexanik xossalari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham metall knnstruksiyalarini tayyorlash uchun material tanlashda avvalo uning mexanik xossalariga, ya’ni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, zarhiy qovushqoqligi, qattiqligi va chidamliligiga e’tibor berish kerak. Bu xossalar metallga tashqi kuch ta’sir ettirib, mexanik sinovlar natijalariga qarab belgilanadi. Tashqi kuchlar statik, dinamik yoki siklik (lakror o‘zgaruvchan) bo‘lishi mumkin. Qotishmaning o‘z sirtiga undan qattiqroq jism botishiga qarshilik korsatishi qattiqlik deyiladi. Metallarning xossalarini yaxshilash va korroziya bardoshliligini oshirish uchun metallar legirlanadi. Legirlash (nem. Legieren — eritmoq) — metall qotishmalarga, maʼlum kimyoviy tarkibga, strukturaga va kerakli xossaga ega boʻlgan krtishmalar olishga imkon beruvchi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden va boshqalar) qoʻshish. Odatda, suyuq holatdagi, kamdan-kam qattiq holatdagi metall qotishmalar legirlanadi. Legirlash yoʻli bilan qotishmalarning mustahkamligi va plastikligi oʻzgartiriladi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, issiqbardoshligi, magnit xossalari va boshqa oshiriladi. L.ning hajm va yuza boʻyicha legirlash, kompleks legirlash (qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga atomlar kiritish) xillari ham bor. Legirlovchi elementlar po„latga kiritilib, uning xossalariga va qurilishiga tasir qiladi. Elementlar kiritilgan po‘latlar legirlangan po‘latlar deyiladi. Po’latni o’zida kremniy va marganets bo‘ladi, lekin kremniy miqdori 0,4% dan oshsa, marganets 0,8% dan oshsa bunday po‘latlar ham legirlangan hisoblanadi. Legirlovchi elementlar po„lat tarkibidagi umumiy miqdoriga qarab ularni 3 sinifga bo‟lish mumkin: -kam legirlangan (0,1 dan 0,3%gacha C va 0,2dan 4,4%gacha legirlovchi elementlar); - o’rta legirlangan (0,35 dan 0,5%gacha C va 5dan 10%gacha legirlovchi elementlar); -uqori legirlangan (10% dan ko‟p legirlovchi elementlar); Bazi legirlovchi elementlarning miqdori juda kam bo„lishi mumkin: Nb, Ti miqdori 0,1% dan oshmaydi; V ham 0,005% dan oshmaydi. Legirlangan po‘latlar texnika taraqqiyoti talablari natijasida paydo bo’lgan. Legirlash mexanik xossalarni (mustahkamlik, plastiklik, uyushqoqlik), fizik xosssalarni (elektrutkazuvchanlik, magnit xarakteristikalari, radiatsiyaga chidamliligi), kimyoviy xossalari (zanglamaslik) o„zgartirish maqsadida qullaniladi. Legirlangan po„latlar uglerodli po„latlarga nisbatan qimmat. Shuning uchun ularni yana termik ishlab qullash maqsadga muvofiq. Asosiy legirlovchi elementlarga Cr; Ni; Mn; Si; W; Mo; V; Al; Ti; Cu; B; lar kiradi. Ko’pincha bitta emas, birnechta elementlar bilan birgalikda legirlanadi: Cr va Ni ; Cr va Mn; Cr; Ni; Mo va V lar bilan. Temirda eriydigan barcha elementlar temirning allotropik shakl o„zgarishlariga ta‟sir qiladi. Ba‟zi elementlar (Mn; Ni; Pt; Co; Zn) A3 nuqtani pasaytirib, A4 nuqtani ko„taradi. Ba‟zi elementlar esa (Si; P; W; Mo; V; Al; Be; Sn; Sb; Ti; Cr) A3 ko„tarib, A4 pasaytiradi. Ferrit va austenit turg„unligigi ta‟sir qiladi: a) Ni, Mn, Cu, Co lar -qismini kengaytiradi va austenit turg„unligini erish haroratidan uy haroratigacha turg„unligini ta‟minlaydi. Bunday po„latlar austenit po„latlar deyiladi. b) Cr, Si, V, W, Mo, Al, Ti lar esa -qismini kengaytirib, ferrit turg„unligini ta‟minlaydi. Bu po„latlar ferrit po„latlar deyiladi. Konstruktsion po„latlarda asosiy struktura tashkil etuvchi - bu ferritdir va metall hajmining 90% dan ko„pini egalaydi. Shuning uchun ferrit xossalaridan po„lat xossalari butunlay bog„liq. Metalldagi temir atomlari o„lchamlari bilan legirlovchi elementlar atomlari o„lchamlari o„rtasidagi farq qancha katta bo„lsa, kristallik panjara buzilishi (qiyshayishi) shuncha katta bo„ladi. Ma‟lumki, buzilishqiyshayish, nuqsonlar soni qancha katta va ko„p bo„lsa, shuncha ferritning mustahkamligi va qattiqligi (v, NV) shuncha ortib, plastiklik va uyushqoqlik pasayadi. Barcha elementlar ferrit qattiqligini oshiradi. Ayniqsa, Ni, Cr ning ta‟siri kuchli va ular konstruktsion po„latlarning v;NV; plastikligini va toblash chuqurligini oshiradi. Uglerodga nisbatan legirlovchi elementlar 2 guruhga bo„linadi: 1. Karbid hosil qilmaydiganlar: Ni; Si; Co; Al; Cu. 2. Karbid hosil qiluvchilar: Cr; Mn; W; Mo; V; Ti; Hb; Ta; Ts; Hf. Legirlovchi elementlar dislokatsiyalar hisobiga, fazalar o’zgarishi, allotropik o’zgarishlar, karbidlar hosil qilishi hisobiga metallning mustahkamligini, qattiqligini oshiradi. Boshqa xususiyatlariga ham ta’sir qiladi. Cr – ishqalanib yeyilishga qarshiligini oshiradi, zangga bardomligini oshiradi. W va G bilan harorat ta’sirida defformatsiyalanmaslik qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun legirlangan XVG po’latidan uzun o’lchamli kesgichlar yasaladi. W – o’tga bardoshliligini oshiradi. Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling