7-amaliy mashg’ulot trubasimon pechlar. Oksidli piroliz reaktorlari. Saja olish uchun pech
Download 23.98 Kb. Pdf ko'rish
|
7-AMALIY MASHG’ULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trubasimon pechlar
7-AMALIY MASHG’ULOT Trubasimon pechlar. Oksidli piroliz reaktorlari. Saja olish uchun pech Organik sintez kimyoviy texnologiyasida yuqori haroratdagi pechlar ishlatiladi. Piroliz jarayonida va neft fraktsiyalarini termik krekinglashda, neftni qayta ishlashda chiqadigan yo’ldosh gazlardan va tabiiy gazlardan olefinlar olish uchun pechlardan foydalaniladi. Termik jarayon uchun qurilmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: quvursimon (trubasimon) pechlar, oksidli piroliz pechi, plazmen tipidagi qurilma, saja olish uchun pechlar. Trubasimon pechlar Trubasimon pechlar isitadigan jihoz va termik reaktor sifatida qo’llaniladi. Trubasimon reaktorlarda reagentlarning bo’lish vaqti 0,5-8,5 sek.ni tashkil etadi. Gazlarning optimal massali tezligi 130-160 kg/(m.g)ga teng. Agar reaktsion zonada reagentlarning bo’lish vaqti ortsa, koks hosil bo’lishi ortadi. Konstruktsion trubkali pech ikkita kameradan tuzilgan- radiantli va konvektsion. Konvektsion kamerada xom ashyo isitiladi, issiqlikning 65% konvektsion usul bilan olinadi. Issiqlikning 35% esa tutunli gazning quvurlari orqali olinadi. Radiant kamerasi amalda pechning reaktsiya boradigan qismining vazifasini bajaradi. Unda 90% issiqlik nur sochish yo’li bilan uzatiladi, 10% konvektsiya yo’li bilan. 1-rasmda bir tomonlama nur sochuvchi bir kamerali trubasimon pech ko’rsatilgan. 1-rasm. Bir kamerali quvurli pech:1-radiant kamera, 2-konvektsion kamera, 3- tutunli quvur. Xom ashyo ketma-ket konvektsion va radiant kameralardan o’tadi, ularning oqimiga qarshi tutunli gazlar harakatlanadi. Alanganing harorati 1300-1600 0 S temperaturaga ega, tutunli gazlar konvektsion kameraga kirishda 700-800 0 S da, konvektsion kameradan chiqishda esa gaz 350-500 0 S ni tashkil etadi. Pechning asosiy elementi 6,12,18 metrga ega bo’lgan quvurlar va ularni o’zaro bog’laydigan elementlardan iborat bo’lgan trubali zmeevikdir.Qanchalik quvurlar uzun bo’lsa, shunchalik pechning gidravlik qarshiligi past bo’ladi va quvurli zmeevikning zaif qismi bo’lgan payvand choklari kamroq bo’ladi. Quvurlar 10-20 uglerodli po’latdan, X5M tipdagi past legirlangan po’latdan va yuqori legirlangan po’lat X18N9T, X23N18, X25N20 bo’lishi mumkin. Quvur diametri 60-200 mm. Download 23.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling