7-Amaliy. Texnosfera xavfsizligi soxasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish
§ 5. Jihozlar, asboblar va materiallarga talablar
Download 34.68 Kb.
|
7- amaliy mashg\'ulot
§ 5. Jihozlar, asboblar va materiallarga talablar 18. Ekspert tashkiloti o‘z faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar, asboblar va materiallarga ega bo‘lishi lozim. 19. Ekspertizani amalga oshirishda zarur sinovlarni o‘tkazish uchun ekspert tashkiloti quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) sinovlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan nazorat, sinov, diagnostik jihozlari va o‘lchash vositalari, ularning ekspluatatsiya hujjatlari hamda ularni ishlatadigan malakali mutaxassislar mavjud bo‘lishi kerak; b) ekspert tashkiloti mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 2-ilovasida keltirilgan shaklda barcha nazorat, sinov, diagnostik jihozlari va o‘lchash vositalarining hisobga olinishini hamda ishlash layoqatini va aniqlikni ta’minlash davriyligida metrologik nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlashi zarur. Mazkur band talablarini bajara olmagan ekspert tashkiloti zarur sinovlarni o‘tkazish uchun tegishli laboratoriyalar va (yoki) boshqa ekspert tashkilotlari bilan shartnomalar rasmiylashtirishi kerak. Sinovlarni o‘tkazish uchun jalb etiladigan laboratoriyalar va (yoki) boshqa ekspert tashkilotlari belgilangan talablarga javob berishi kerak. 20. Ekspert tashkiloti ish faoliyatida kompyuterlar yoki boshqa avtomatlashtirilgan jihozlardan foydalanilganda dasturiy vositalar foydalanish uchun yaroqliligini tekshirib turishi, ma’lumotlarning to‘liqligini va xavfsizligi ta’minlanishi kerak. § 6. Sifatni boshqarish tizimi 21. Ekspert tashkiloti bajarilayotgan ishlar xususiyatiga mos keladigan, sifat standartlariga muvofiq, sifatni boshqarish tizimini joriy etishi va uning samarali ishlashini ta’minlashi lozim. 22. Ekspert tashkiloti rahbariyati sifat sohasida o‘zining siyosatini o‘rnatishi va tushunarli holda rasmiylashtirishi hamda ekspert tashkilotining barcha bo‘linmalarida ushbu siyosatning bajarilishini ta’minlashi lozim. 23. Ekspert tashkiloti rahbariyati o‘z xizmat vazifalaridan qat’i nazar, ekspert tashkiloti faoliyati doirasida mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 12-bandiga muvofiq sifatni boshqarish tizimiga mas’ul xodim (sifat bo‘yicha boshqaruvchi)ni tayinlashi lozim. Sifat bo‘yicha boshqaruvchi bevosita birinchi rahbarga bo‘ysunishi hamda tezkor choralar ko‘rish maqsadida sifat talablariga va akkreditatsiya mezonlariga muvofiqlik masalalari to‘g‘risida axborot berilishini ta’minlashi kerak. 24. Ekspert tashkiloti o‘z ishining samaradorligini, shuningdek belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish uchun ichki tekshiruvlarni o‘tkazib turishi lozim. Ichki tekshiruvlar o‘tkazilganda ichki hujjatlarining samarali ishlashi, xodimlarning ishi va ish natijalari tekshirilishi kerak. 25. Ekspert tashkilotida ichki tekshiruvlarni o‘tkazish sohasi, tekshiruv natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq harakatlar ro‘yxatga olinishi kerak. 26. Ekspert tashkilotida nomuvofiqliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish va bartaraf etilganligi samaradorligini baholash tartibi ishlab chiqilishi kerak. Download 34.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling