7-attkl. “Atxks larni rejalashtirish” (4-soat) I. Ishdan maqsad: atxks


Download 101 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi101 Kb.
#1126234
Bog'liq
АТТКЛ 7-лаб иши-метод-2022


7-ATTKL. “ATXKS larni rejalashtirish” (4-soat)
I.Ishdan maqsad:
ATXKS ning ishlab chiqarish binosi va bosh rejasini kompyuter yordamida aniqlangan ko’rsatkichlar asosida loyihalashni talabalarga o'rgatish.

II.Ishni bajarish tartibi.


1. ATXKS ning ishlab chiqarish binosi va bosh rejasini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar qabul qilish.
2. ATXKS ning ishlab chiqarish binosi va bosh rejasini ishlab chiqish.


III. ATXKS ning ishlab chiqarish binosi va bosh rejasini ishlab chiqish (loyihalash) bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
ATXKS larini rejalashtirish ATK larni rejalashtirishga o’xshab amalga oshiriladi va stansiya ish jarayonining alohida xususiyatlari hisobga olinadi.
ATXKS larning turlarga qarab tasniflanishi texnik xizmat ko’rsatish ishlari nomi va hajmini tasavvur etish, loyihalashning zamonaviy usullarini qo’llash, andazaviy loyihalar ishlab chiqish imkonini beradi.
ATXKS ni texnologik loyihalash natijalari asosida ularni rejalashtirish amalga oshiriladi.
ATXKS bosh rejasi va ishlab chiqarish binosini rejalashtirish stansiyada ishlab chiqarish jarayonini aks ettiradigan uning funkstional sxemasi asosida amalga oshirilishi lozim (7.1-rasm).



7.1 - rasm. Avtomobillarga xizmat ko’rsatishning funkstional sxemasi

Stansiyada o’ziga xos quyidagi maqsadlarga xizmat qiluvchi binolar va xonalar bo’lishi kerak:



  • nozimxona;

  • mijozlar uchun xonalar;

  • ma’muriy-maishiy binolar;

  • savdo do’koni, avtosalon;

  • TXK va JT mintaqalari, ustaxonalar, kutish postlari;

  • omborxonalar;

  • avtomobillarni qabul qilish va qaytarish postlari uchun joy va boshqalar.



ATXKS ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalarini rejalashtirish ATK mintaqalari va ustaxonalarini rejalashtirishga o’xshab amalga oshiriladi. Katta ATXKS va Markazlar loyihasida TXK va JT ishlab chiqarish dasturi hajmi katta bo’lgani uchun ko’pgina ustaxonalar (ayniqsa kuzov va bo’yash ustaxonalari) va TXK va JT mintaqalari ATK va ATXKS rejalarida bir-biriga o’xshaydi, ammo ayrim xususiyatlari ham mavjud. Har xil turdagi va rusumdagi avtomobillarning ishonchliligi va u bilan bog’liq bo’lgan TXK va JT ish hajmi turlicha bo’lgani uchun ular uchun loyihalangan ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalari loyihalari ham bir-biridan farqlanadi. Ayniqsa, DEU avtomobillari uchun ATXKS larida kuzov va bo’yoqchilik ishlari hajmi katta bo’lgani uchun bu ustaxonalarni rejalashga alohida etibor berildi.
ATXKS mintaqa va ustaxonalarini rejalashtirish texnologik hisob natijalari, namunaviy, yakka tartibdagi loyihalar va avtomobil servisi uchun jihoz chiqaruvchi korxonalar loyihalari (“Avtospetsoborudovanie” va boshqalar) tahlili asosida amalga oshiriladi.

7-ATTKL. “ATXKS larni rejalashtirish” mavzusidagi


laboratoriya ishi bo’yicha


Hisobot
1. Ishdan maqsad:

2. ATXKS larni rejalashtirish uchun ma’lumotlar qabul qilish.


3. ATK ning ishlab chiqarish binosi va bosh rejasini ishlab chiqish (rejalashtirish).


4.Xulosa:
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar
Asosiy
1. James D.Halderman. AUTOMOTIVE TECHNOLOGY. Principles, Diagnosis, and Servise. FOURTH EDITION. Copyright © 2012,2009,2003,1999 Pearson Education, Inc., publishing as Pearson Education, 1 Lake Street, Upper Saddle River, New Jersey 07458.
2. Мусажонов М.З. Автотранспорт тармоғи корхоналарини лойиҳалаш. Иккинчи қайта ишланган ва тўлдирилган нашри -Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2011. - 320 б.
3. Musajonov M.Z. “Avtoservis korxonalarini loyihalash asoslari”. Darslik –T.: Tamaddun, 2017.-336 b.
4. Мусаджанов М.З. Проектирование предприятий отрасли автотранспорта. Второе издание. Т.: изд.Национальной библиотеки Узбекистана им. Алишера Навои, 2013.-320 с.
5. Напольский Г.М., Пугин А.В. Автотранспорт корхоналарини қайта қуриш ва техник қайта жиҳозлаш. Ўқув қўлланма. (Мусажонов М.З., Мўминжонов Н.М. таржимаси). – Т.: ТАЙИ, 2004 - 87 б.
Qo’shimcha
6. Mirziyoyev Sh.M. “Taraqqiyot yo’limizning shiddati oshaveradi” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so’zi gazetasi. 2018 yil 29 dekabr №271-272
7. Avtotransport vositalari servisi. Servis korxonalarini texnologik jihozlash. M.A.Ikromov va boshqalar. Toshkent: TAYI, “Rizayev X. ХК” 2014. -160 b.
8. Автомобилларнинг техник эксплутацияси. Олий ўқув юртлари учун дарслик. ТАЙИ профессори Сидикназаров Қ.М таҳрири остида. - Т.: Voris-nashriyot, 2008. - 560 б
9. Типовые проекты автотранспортных предприятий и станции технического обслуживания автомобилей. Гипроавтотранс и другие проектные организации.
10. Ўзбекистон Республикаси автомобил транспорти ҳаракат таркибига техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш тўғрисидаги низом. Тошкент,1999 й.
Internet saytlari
1. www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси хукумат партоли.
2. www.lex.uz - Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси.
3. http://www.baumix.ru
4. http://studfiles.ru.
5. http://www.stroy-technics.ru
6. http://www.chertezhi.ru

6. Сайт ТАДИ: www.tayi.uz


7. Сайт Зиёнет: www.ziyonet.uz





Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling