7-bet Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari
Bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik omillari
Download 33.42 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik omillariKuzatuv va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar maktabgacha ta’lim muassasasiga bormagan bola maktabga chiqsa, uning boshlang‘ich sinfdagi o‘qish faoliyati yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Ya’ni, uning ta’limga moslashuvi sust kechadi, ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, aqliy faoliyati sekin rivojlanadi. Bolada ko‘pincha jismoniy, ruhiy jihatdan tayyor emaslik holati kuzatiladi. Bunday bolaning maktabda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tengdoshi bilan boshlang‘ich ta’limni olishi uning ruhiyatida zo‘riqish, uyalish, hadiksirash, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik kabi bir qator salbiy xislatlarini namoyon etadi va bu o‘z navbatida uning ta’lim samarasiga ta’sir qiladi. Ta’lim olish motivatsiyasi, ilk o‘quv ko‘nikmalari shakllanmagan, psixik jarayonlari rivojlanmagan bola o‘zlashtirishda tengdoshlaridan orqada qoladi, o‘qishga nisbatan qiziqishi so‘nib, yakkalanib boradi. Bolalarni maktabga qabul qilishdan oldin ularning qay darajada tayyorligini aniqlash lozim. Ushbu vaziyat nafaqat unga, balki butun oila zimmasiga mas’uliyat yuklaydi. Yangi turmush tarzi va faoliyati bolaning jamiyatda yangi mavqeni egallashi, kattalar va tengdoshlari bilan yangi munosabatlar o‘rnatishni yuzaga keltiradi. 6−7 yosh bolaning maktabga psixologik tayyorgarligini o‘rganishda quyidagi psixologik-pedagogik nazorat ishlarini olib borish lozim: − bolaning atrof-muhitga munosabati va bilimlar zaxirasi; − maktabga bo‘lgan munosabati va rivojlanish darajasi; − mustaqil fikrlashi va nutqining rivojlangani; − emotsional-obrazli tasavvurning rivojlanish darajasi; − qo‘l harakati motorikasining rivojlanish darajasi. Yuqorida keltirilgan omillarni tarbiyachi va ota-onalar hamkorlikda nazorat qilishi zarur. Maktabga tayyorlov guruhlarida bola faoliyatini kuzatish, yakka tartibda mashg‘ulotlar tashkil qilish talab etiladi. Bundan tashqari, ota-onalar oilada quyidagilarni amalga oshirishi taqozo etiladi: − bola bilan birgalikda didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar o‘ynash; − oilada bola bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish; − bolani atrofdagilar bilan muloqotga kirishishga o‘rgatish; − bolada “men” tushunchasining rivojlanishiga yordam berish. Bu yoshdagi bola uchun diqqat barqarorligi harakterli bo‘lib, xotira faol rivojlanadi, so‘z boyligi ortib boradi, tafakkuri jadal rivojlanadi. Shuningdek, mazkur yoshda u tashqi ko‘rinishlarni umumlashtiradi, predmetlarni sifati bo‘yicha birlashtiradi, ulardan foydalanishda harakat usullarini belgilaydi. Ular endi o‘ziga tanish bo‘lgan vazifada sabab-natijaviy aloqalarni tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, jismoniy rivojlanishi jadallashadi. Bolalarning maktabga moslashishini ta’minlash lozim. Bu masalani hal etishning samarali yo‘llari mavjud bo‘lib, ular bolaning yoshi, individual xususiyatlariga mos bo‘lgan rivojlantiruvchi o‘yin va mashg‘ulotlardir. 6−7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashning muhim omillari quyidagilar: − bolaning maktabga tayyorligining asosiy va umumiy belgisi uning sog‘lig‘i va jismoniy rivoji, ya’ni psixologik shakllangani; − bolaning o‘qituvchini tushuna olishi va natijada sinf hamda maktab muhitiga moslasha olishi; − bola ma’lum darajada o‘z imkoniyatlarini anglab yetishi; − bolaning tengqurlari, ya’ni sinfdoshlari bilan til topishib ketishi uning qiynalmay o‘qishida muhim kafolat hisoblanadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan omil va kuzatuvlar natijasida 6 yoshli bolalarni maktabda qiynalmay, toliqmay va qiziqish bilan o‘qib ketishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz: − har bir dars jarayonida 2−3 daqiqali jismoniy mashqlarni bajarish ( bunday mashqlar bola fikrini teranlashtirib, undagi ruhiy charchoqlikning oldini oladi); − dars turiga qarab 1−2 daqiqali dam olishni joriy etish (qiziqarli voqealar, latifalar aytib berish); − didaktik o‘yinlarni (tez aytish, qofiya bilan she’r o‘qish, bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotlariga o‘yin elementlarini kiritib borish) noan’anaviy dars ko‘rinishida bajarish; − bolaning yozish malakasini egallashda shoshilmaslik va shu bilan birga tez javob berishga undamaslik; − musiqali tanaffus joriy qilish (kuy tinglash, raqsga tushish kabi); − sinf va maktabdan tashqari ishlarda tabiatdagi o‘zgarishlarni faslga mos tarzda idrok qilish, gul va uy hayvonlarini parvarish qilishga o‘rgatib boorish; − ota-onalar va tarbiyachi o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash; − bolaning kundalik, haftalik va oylik ishchanlilik qobiliyati, aqliy jismoniy rivojini kuzatib, qayd etib borish hamda shu asosda yangi ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Mazkur omillar uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 33.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling