7-bet Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari
Download 33.42 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-onalarga tavsiyalar
4–5 YOSHLI BOLALAR
Bu bolaning faol o‘sish va organizmining rivojlanish davri sanaladi. Ularning tashqi ko‘rinishi sezilarli o‘zgarib, kattalarga xos bo‘lgan jihatlar shakllana boshlaydi. Kichkintoylar boshqa insonlar bilan muomalaga kirishishning turli xil usullarini egallaydilar, insoniy munosabatlarni yaxshi tushuna boshlaydilar. Boshqalar bilan muloqot va xulq-atvor borasida, ayollar va erkaklarga xos bo‘lgan sifatlar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishadi. O‘yin jarayonida bolalarda bilishga qiziqish shakllanadi, kuzatuvchanlik rivojlanadi, asosiy harakatlar mukammallashadi. Bilish motivi yetakchilik qilib, bu ular tomonidan berilayotgan ko‘plab savollar, kattalardan yangidan yangi ma’lumotlarni olishga bo‘lgan intilishda namoyon bo‘ladi. Bu paytni “Nima-nimachi yosh” deb atash mumkin. Shu sabab, bu davrda bolaga yuqori fikrlash faolligi hamda qiziquvchanlik xosdir. Bunday yoshda bola o‘z ona tilidagi deyarli hamma tovushlarni talaffuz qila oladi. Yangi so‘z va iboralarni o‘ylab topish jarayoni davom etadi. Ular uncha katta bo‘lmagan ertaklarni qayta so‘zlab, o‘yinchoq, surat, hayotdagi ba’zi voqealar to‘g‘risida hikoya qila oladilar. Ota-onalarga tavsiyalar: • Bola bilan o‘ynash, yugurish, sakrashni davom ettiring. Bu avvalgiday bola rivojlanishida juda muhim. • Turli xil o‘yinlarga qiziqishini rivojlantiring. Bular mantiqiy o‘yinlar, murakkab konstruktorlar, to‘siqlarni yengib o‘tish, turli bosqichli va murakkab stol o‘yinlari (masalan, “Monopoliya”) bo‘lishi mumkin. • Bolangizga etiket va o‘zini tutish qoidalarini o‘rgatish vaqti keldi. Turli hayotiy vaziyatlarda nima qilish mumkin-u, nima qilmaslik kerakligini bolaga bemalol tushuntirsa bo‘ladi. • Bola intellektini jadal rivojlantiring. Men hamisha “7 yoshdan” tavsiya qilinadigan kitoblarni 4–5 yoshdan bemalol olishni maslahat beraman. Bu yoshdagi bolalar tahlil qilishga moyil bo‘lib, kitob muhokamasiga osonlik bilan kirisha oladi. • Uydagi majburiyatlarni bajarish, kattalarga yordam berish vaqti ham keldi. Mehnat nimaligini, ota-ona va oilaning katta yoshli a’zolari nima bilan shug‘ullanishi, nima uchun “mehnat” deb atalishini tushuntirib, unga nisbatan hurmat munosabatini uyg‘oting. Download 33.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling