7-bet Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari
Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari nima?
Download 33.42 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- Krizisning yetti belgisi Negativizm
Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari nima?
Birinchidan, odatda uch yoshlardagi bola organizmi to‘la mustaqil harakatlanish imkonini beradigan darajada rivojlanadi. Kichkintoyning bilishga oid qiziqishlari ham shakllanib ulgurganidan, u tashqi olam hamda o‘z imkoniyatlarining “tadqiqotchi”siga aylanadi. Tabiiy holki, bunday “yetilganlik” natijasida hamma ishni mustaqil bajarishga intilish hamda ota-onasining yordami va cheklovlariga nisbatan norozilik kuchayadi. Ikkinchidan, aynan uch yoshda bola shaxsga aylanadi. Albatta, uning shaxsiyati bolalikning ilk davrlaridayoq shakllanadi, biroq mana shu bosqichda psixologik jihatdan ota-onasidan ajralib, o‘zini alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi. Shunday qilib, “Mening o‘zim” iborasi uning lug‘atidan mustahkam o‘rin egallaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu bosqichda kichkintoyda iroda va erkinlik sifatlari shakllanar ekan. Bola o‘z “men”ini kuchaytirish uchun mustaqil bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Biroq bu bosqichning asosiy muammosi shuki, u mustaqil bo‘lishga intilish bilan birga, kattalarning qo‘llab-quvvatlashi-yu, mehr-muhabbatiga muhtoj bo‘ladi. Bu davr ota-onadan jajji qaysarining mustaqilligini tan olgan holda, uni avvalgiday sevib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni talab qiladi. Uchinchidan, uch yosh krizisi belgilarining aniq namoyon bo‘lishiga kattalarning o‘z vaqtida farzandining ulg‘ayganini, endi u bilan muloqotda ko‘p narsani o‘zgartirish kerakligini anglab yetmasligi sabab bo‘ladi. Natijada, bolaning o‘zi endilikda eski qoidalar asosida yashash mumkin emasligini namoyish qilib, tashabbus ko‘rsatadi. Krizisning yetti belgisi Negativizm – bir insonning boshqa insonga bo‘lgan munosabatidagi salbiy ifoda. Masalan, bola unga biror bir ishni aynan kattalar buyurgani uchun ham bajarmaydi. Bu bosqichda negativizm tanlangan bo‘lib, bola oilaning faqat bir a’zosi yoki bitta tarbiyachi gapiga kirmaydi, qolganlar bilan esa yaxshi muloqotga kirishadi. Faoliyatning asosiy motivi – unga aytilgan gapning tamoman teskarisini qilish. O‘jarlik – biror nimani qattiq istayotgan emas, aksincha kattalardan nimanidir talab qilib, fikrini o‘zgartirish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishni aslo xohlamayotgan bola xatti-harakatidir. Download 33.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling