7-bet Uch yosh krizisi paydo bo‘lishining sabablari


Download 33.42 Kb.
bet7/17
Sana05.05.2023
Hajmi33.42 Kb.
#1426848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
3–4 YOSHLI BOLALAR
Psixologiyada aytilganidek, kichik maktabgacha yoshdagi bolalar yuqori jadallikdagi jismoniy va ruhiy rivojlanish bilan harakterlanadi. 3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarida, harakterida o‘ziga xos xususiyat hamda faoliyat mazmunida o‘zgarishlar kuzatiladi. Aqliy jihatdan ham jadal rivojlanadi: bola etalon shakllar, rang, hajm, atrofdagi borliqning mavjudligi, shuningdek, o‘zi to‘g‘risida ham o‘ylay boshlaydi. Ko‘rgazmali-obrazli fikrlash ustunlik qiladi. Bu yosh bosqichida bolalar so‘zlardan faol foydalangan holda, nutqning grammatik qurilishini egallashga tushadi. Ularning so‘z boyligi sezilarli darajada ortib boradi va o‘z nutqlarida murakkab gaplardan foydalanishni boshlaydi.
Kichkintoylarning bu davrida ota-onalarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
• Bolangiz bilan birga o‘ynang, yuguring, sakrang! Yoki unga bu ishlarni qilishga xalaqit bermang. Chunki ko‘p harakatlanish bolalarga xos!
• Farzandingizga o‘zini parvarishlashga o‘rgating – soch tarash, tish yuvish, cho‘milish va h.k. Bolangiz ko‘proq o‘ynashi uchun sharoit yaratib bering: rolli yoki jamoaviy o‘yinlar, konstruktorlar – bularning barchasi bu yoshdagi bola uchun juda qiziq.
• 3–4 yoshli bolalar juda qiziquvchan bo‘lishadi. Shuning uchun ularni savollarga javob topish mumkin bo‘lgan bog‘ va muzeylarga olib boring, kitoblar o‘qib bering.
• Turli yoshdagi, jinsdagi insonlar bilan har xil hayotiy vaziyatlarda tez-tez suhbat qiling.
• Farzandingizning yolg‘iz o‘zi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. Bu uning uchun ham, siz uchun ham juda muhim!
• Bolani partada o‘tirgan holatda dars yoki mashg‘ulot tarzida olib boriladigan o‘qish, rivojlantiruvchi bosimli o‘yinlar va faoliyatning har qanday ko‘rinishlari bilan shug‘ullanishga majbur qilmang.

3 yosh krizisi.




Farzandingiz kutilmaganda qaysar va quloqsiz bo‘lib qoldimi? U sizning gapingizga kirmay, aytganlaringizning butunlay teskarisini qilyaptimi? Umidsizlikka tushishga shoshilmang, bu jarayon bolaning shaxsga aylanish bosqichi hisoblanib, mazkur davr har bir kichkintoyning, umuman olganda har birimizning boshimizdan o‘tgan.

Ushbu davr fan tilida uch yoshli bolalarda krizis, deb ataladi. Bu bosqichni rivojlanish, bola shakllanishidagi yangi bosqich deb qabul qilish mumkin. Shuni aytish joizki, ushbu davr bolalarda turlicha uchrashi, ya’ni ba’zilarda 2,5 boshqalarda esa 4 yoshlarga yaqin yuz berish holatlari kuzatiladi. Shuningdek, bu holat bolalarda turlicha kechadi. Ba’zi ota-onalar buni kech sezishsa, boshqalari farzandi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelishadi.



Download 33.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling