uzluksizligiga imkoni beradi. Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni
belgilash faoliyat uzluksizligi uchun talab qilinadigan pul mablagʻlari miqdori va
Vaqtida kelib chiqqan holda belgilanadi. Iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab chiqish (toʻlov jadvallarini ishlab chiqish). Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga)
uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib
olish uchun beriladigan kreditdir. Tijorat krediti esa iste’mol kreditining tarkibiy
qismi hisoblanadi va tovarlarni kreditga berishni nazarda tutadi. Mazkur amaliyotda
berilayotgan kreditlar boʻyicha asosiy summaning va foizlarning qoplanish tartibi
aniq grafik asosida belgilab qoʻyiladi va bu grafik kredit oluvchiga taqdim etiladi.
Xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash. Bunda misol sifatida Xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash. Bunda misol sifatida oldindan toʻlov tizimidan keng foydalanish, akkreditivlardan maksimal foydalanish bankida maxsus hisobraqam ochishni nazarda tutadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablagʻlarni toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash. Mazkur amaliyot debitorlik qarzlarini boshqarishda alohida dolzarblik kasb etadi. Chunki debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash orqali ularni nazorat qilish samaradorligi oshadi. Bunda muddatlarga e’tibor qaratish bilan bir vaqtda miqdorga ham e’tibor qaratish talab etiladi. Debitorlik qarzlarini diversifikatsiyalash. Bunda faqatgina sanoqli mijozlar boʻyicha debitorlik qarzlari shakllanishiga yoʻl qoʻymasdan keng doirada koʻplab sub’ektlar bilan hamkorlikka kirishishni nazarda tutadi. Mazkur amaliyot bevosita debitorlik qarzlari boʻyicha yoʻqotishlarni kamaytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |