7-bob ichki ishlar vazirligi va uning organlari


Sud’yalar mustaqilligining asosiy kafolatlari


Download 0.49 Mb.
bet5/37
Sana17.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1530392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Qosimova HuquqniMQO maruza

3. Sud’yalar mustaqilligining asosiy kafolatlari.
Sudyalarning mustaqilligi ularni qonun bilan belgilangan tartibda saylash, tayinlash va ozod qilish; sudyalar daxlsizligi; odil sudlovning qat’iy tartibda amalga oshirilishi; qaror chiqarish chog’ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi; sudga xurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashish, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik; sudyaga uning oliy maqomiga munosib ravishda davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta’minot belgilash orqali ta’minlanadi.
Davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalar mustaqilligini hurmat qilishlari va shunga rioya etishlari shart. Sudyaga xurmatsizlik bildirish, shuningdek, uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi harakatlar qilish qonunga binoan javobgarlikka sabab bo’ladi.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Muayyan ishni har tomonlama, to’la va xolisona ko’rishga to’sqinlik qilish yoki g’ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday tarzda bo’lmasin ta’sir o’tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi. Sudyadan ko’rilgan yoki sudlovida bo’lgan ishlar mohiyati bo’yicha tushuntirishlar berishni, shuningdek qonun hujjatlarida kzda tutlganhollardan tashqari, kim bo’lmasin, ishni tanishib chiqish uchun taqdim etishni talab etish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o’z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan bashorat qilishga yoki sudga boshqacha tarzda ta’sir etishga haqli emas.
Sudyalarning shaxsiy daxlsizgi. Sudya daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir. Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga tegishlicha O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo’jalik sudi raisi, adlya vaziri tomonidan belgilangan ro’yxatga binoan, o’qotar qurol beriladi. Zarur hollarda esa, tegishli sud raisining qaroriga binoan, ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo’zg’atilishi mumkin. Sudya tegishlicha, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining, O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlika tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas. Sudyani ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishga tegishli malaka hay’atining roziligi bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi.
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, uning shaxsiy yoki foydalanadigan transportiga kirish, ulardan ko’zdan kechirish, tintuv o’tkazish yoki ashyoni olish, telefonda so’zlashuvini eshitish, sudyani ko’zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek, unga tegishli mulklar va hujjatlarni, xat-xabarlarni ko’zdan kechirish yoki olishga faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokuroining, qurolli Kuchlar harbiy prokurorining ruxsatiga yoki sudning qaroriga asosan yo’l qo’yiladi. Tuman (shahar) sudi, garnizon harbiy sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi – yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlar sudyalariga nisbatan esa - O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli. Xalq maslaxatchilari suda o’z vazifalarini bajarayotgan davrda sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlaridan foydalanadilar.
Sudyalar jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, vakolatlari to’xtatiladi. Sudyalarning vakolati O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va adliya vazirining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va harbiy sudlar sudyalarining vakolati - O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, xo’jalik sudlari sudyalarining vakolati esa – Oliy xo’jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan, quyidagi hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qaroriga asosan to’xtatiladi: sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shug’ullanayotgan bo’lsa; sudya tibbiy tartibdagi majburiy davolash choralariga tortilgan yoki qonuniy kuchga kirgan sud qarori yoki ajrim bilan muomala layoqati cheklansa; sudya qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan bedarak yo’qolgan deb topilsa. Bunda sudyaning vakolati uni to’xtatishga sabab bo’lgan asos tugagunga qadar to’xtatiladi.
Sudyaning vakolati quyidagi hollarda tugatiladi: u sudyalik qasamiyodini buzganda; yozma arizasiga ko’ra; tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qilingan ogohlantirish yoki vakolatining to’xtatilishiga qaramasdan, o’z lavozimiga zid faoliyat bilan shug’ullanishni davom ettirganda; sudyaning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan muomilaga layoqatsiz deb topilsa; sudya O’zbekiston fuqaroligini yo’qotgan taqdirda; unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov xukmi mavjud bo’lsa, sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga ko’ra o’lgan deb e’lon qilingan taqdirda; salomatligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko’ra, uzoq vaqt davomida sudyalik vazifasini bajarolmay qolgan bo’lsa va nihoyat sudya vafot etgan bo’lsa.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling