7-bob. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari.
- Хаrajatlar Turkumlash mezonlari Korxonaning umumiy xo’jalik-moliyaviy faoliyati natijasida yuzaga keladigan
- O’zgaruvchi xarajatlari Bevosita xarajatlar Maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar Noishlab
- Davr xarajatlar Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari.
13-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab ciqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili Reja: 1.Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. 2.Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari. Har bir korxona maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshiradi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xom-ashyo va materiallar, yonilg’i-moylash materiallari, extiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil qiladi. Хаrajatlar Turkumlash mezonlari Korxonaning umumiy xo’jalik-moliyaviy faoliyati natijasida yuzaga keladigan Maxsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga nisbatan Ishlab chiqarish resurs- larining manbaiga ko’ra Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra Ishlab chiqarish xarajatlari Ichki xarajatlari O’zgaruvchi xarajatlari Bevosita xarajatlar Maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar Noishlab chiqarish xarajatlari Tashqi xarajatlar Doimiy xarajatlar Bilvosita xarajatlar Davr xarajatlar Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. Xarajatlarning turkumlanishi Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o’ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xo’jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo’jalikning o’zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organik o’g’itlar, asosiy podaga o’tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) darxonaning ichki xarajatlarini,_tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa sub’ektlardan sotib olingan resurslar uchun to’lovlar korxoananing tashqi xarajatlarini tashkil qiladi. Doimiy harajatlar maxsulot hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmay, korxonaning ma’lum bir vaqt oralig’ida sarflashi qat’iy belgilab qo’yilgan o’zgarmas harajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizatsiyasi, boshqaruv xodimlarining ish xaqi, sug’urta to’lovlari, telefon uchun abonentlik to’lovi va ijara to’lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy harajatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha doimiy harajatlar kamayib boradi. O’zgaruvchi harajatlar miqdori maxsulot ishlab chiqarish hajining o’sishi yoki kamayishiga qarab o’zgarib turadi, ya’ni maxsulot hajmi o’zagrishiga mutanosib bo’ladi. O’zgaruvchan harajatlar tarkibiga ishchilarning ish xaqi va unga nisbatan ajratmalar, xom-ashyo, yonilg’i-moylash materiallari, yoqilg’i va energiya, transport harajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. Uzgaruvchan harajatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib borishi bir birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha o’zgaruvchi harajatlarning o’zgarishiga unchalik ta’sir ko’rsatmaydi. Doimiy va o’zgaruvchi harajatlar yig’indisi korxonaning umumiy harajatlarini (TS=G’S+US) tashkil qiladi. Bundan tashqari maxsulot ishlab chiqarishning (Q) bir birligiga sarflangan o’rtacha umumy harajatlar tushunchasi ham mavjud. Umumiy harajatlar summasini maxsulot ishlab chiqarish hajmiga bo’lish orqali topish mumkin. Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, hali moddiy resurslar va asosiy vositalar to’la bandlik darajasiga erishmagan davrda, urtacha domimiy harajatlar qiymati yuqori bo’ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib borish xususiyatiga ega. O’rtacha o’zgaruvchi harajatlar ishlab chiqarish hajmi optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo’lishi tufayli, o’rtacha o’zgaruvchi harajatlar ortib boradi. 1. Mahsulot ishlab chiqarish tavnarxshshhosil qiluvchi harajatlar: - ishlab chiqarishning moddiy harajatlari; - ishlab chiqarishhususiyatigaega - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan - asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa harajatlar. 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr harajatlari: - mahsulotni sotish harajatlari; - boshqaruv harajatlari; - boshqa operatsion harajatlar. 3. Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar: - foizlar bo’yicha to’lovlar; - mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to’lovlari; - xorijiy valyuta bilan operatsiya bo’yicha salbiy kurs tafovutlari; - qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; - moliyaviy faoliyatga oid boshqa harajatlar. 4. Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yillar davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig’ining (mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog’liq bo’lmagan holda vujudga keladigan voqealar va hodisalar (suv toshqini, yong’in, jala, do’l kabi tabiiy ofatlar va mamlakat qonunchiligida o’zgarish) natijasida ko’rilgan favqulodda zararlar Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling