7-bob. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili


Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.12.2022
Hajmi1.69 Mb.
#1032507
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu (2)

Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari. 
 
Mahsulot tannarxi korxona harajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot 
ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan 
barcha harajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotgning (ishning, hizmatning) 
ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar 
kiritiladi.
 


Harajat moddalari
Mahsulot tannarxiga olib 
borilishi jihatidan
bevosita
bilvosita (ustama)
Xom ashyo va asosiy materiallar (qayta kirim 
qilingan chiqitlardan tashqari)
+
Sotib olingan butlovchi qismlar va yarim 
fabrikatlar
+
Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar
+
Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i 
energiya
+
Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash 
harajatlari
+
Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga 
ajratmalar
+
Moddiy 
qiymatliklar 
kamomadi 
va 
mahsulotlarning buzilishidan ko’rilgan zararlar
+
Asosiy vositalar amortizatsiyasi
+
Ishlab chiqarishga oid boshqa harajatlar
+
2.1-jadval. Mahsulot tannarxining bevosita va bilvosita harajatlari tarkibi. 


Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish harajatlarini shu mahsulot 
miqdoriga bo’lish orqali topiladi: 
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M 
  
Bu yerda: 
MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa; 
MX - ishlab chiqarishning moddiy harajatlari, so’m; 
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash 
harajatlari, so’m; 
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta 
to’lovlari, so’m; 
A - asosiy vositalar amortizatsiyasi, so’m; 
BIX - boshqa ishlab chiqarish harajatlari, so’m; 
M - mahsulot miqdori, tsentner, dona, kg, tonna va hakazo. 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishalb iqarish harajatlari harajat elementlari va moddalari bo’yicha 
guruxlarga ajratiladi. Bunday guruxlash: 
• rejalashtirilgan maxsulot ishlab chiqarishning moddiy va mehnat sarflariga extiyojni aniqlash; 
• harajatlarni iqtisodiy mazmuniga ko’ra taqsimlash; 
• umumiy ishlab chiqarish harajatlari miqdorida u yoki bu harajat elementlarining ulushini aniqlash imkonin 
beradi. 
Masalan, buxgalteriya hisobida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi harajatlar iqtisodiy mazmuni 
va umumiylik xususiyatlariga ko’ra quyidagi elementlarga ajratiladi: 
• ishlab chiqarishning moddiy harajatlari; 
• ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash harajatlari; 
• ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; 
• asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 
• ishlab chiqarishga oid boshqa harajatlar 



Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling