“Asosiy vositalarni amortizatsiyasi” saqlash va ishlatishga hamda korxonaning o’zi
tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal ta’mirlashga tegishli;
- asosiy vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi;
- ularning ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg’i-moylash materiallariga qilingan harajatlar;
- asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish harajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi
va ish haqidan ijtimoiy
ajratmalar;
- asosiy vositalarni ta’minlashga
sarflangan extiyot qismlar, qurilish
materiallari va boshqa
materiallar, ta’mirlash va undan so’ng sinab ko’rish chog’ida sarflangan yonilg’i-moylash
materiallari qiymati tannarxni hisoblashning tegishli moddalarida (xom-ashyo
va asosiy
materiallar, sotib olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar uchun
ishlatilgan yoqilg’i va energiya, ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash harajatlari,
ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urta ajratmalar) hisobga olinadi.
"Moddiy qiymatliklar kamomadi va maxsulotlarning buzilishidan ko’rilgan zararlar"da
ishlab chiqarish soxasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish me’yorlari
doirasida va
ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi hisobga olinadi.