7-bob. Qishloq xo’jaligi yer fondi va undan foydalanish qishloq xo’jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari
Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari
Download 46.75 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу (1)
8.2.
Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari O’zbekiston Respublikasida yer va suv resurslari umummilliy boylik hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Er, yer osti boyliklari, suv o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Er kodeksi” bilan tartibga solinadi. Respublikada yer resurslaridan foydalinishni samarali yuritish maqsadida 1998 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo’mitasi tashkil etildi. Er va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: Eng avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Erlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o’tishi) bo’ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo’l qo’ymaslik lozim. Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir. Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyalarini buzmasdan bajarish, melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali o’tkazish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi. Er va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug’doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo’la oladi. Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln. gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 1999,-32 б. (13 бет) 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir qiladi. SHu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir. Download 46.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling