#7 Botanika (ildiz va novda)


Download 23.3 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1563728
Bog'liq
#botanika-7


#7 Botanika (ildiz va novda)
1. Sabzi, lavlagi, rediska, turp haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni
toping.
A) asosiy yon, qo'shimcha ildizga ega bolgan ildizpoya
B) birinchi yili urug’dan ko'karib chiqib, generativ
organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar
to‘playdigan o‘simlik
C) oziq modda to‘playdigan o‘q ildizdan hosil bolgan
ildizmevalar
D) poyadan chiqib qo'shimcha ildizlar xosil qiladigan ikki yillik o'simlik
2. Ildiz qaysi zonasida hosil qiluvchi (a) va o‘tkazuvchi (b)
to‘qima xujayralar boladi?
A) a-bo‘linuvchi; b-o‘tkazuvchi
B) a o'suvchi; b-so‘ruvchi
C) a- o‘suvchi; b-o‘suvchi
D) a- so‘ruvchi; b- so'ruvchi
3. Popuk ildiz tizimiga xos bo’lgan (a) va o‘q ildiz tizimiga
xos bolmagan (b) xususiyatlarni toping.
1.murtakdagi boshlanglch ildiz o‘sishida davom etmaydi; 2. murtakdagi boshlang’ich ildiz o‘sishida davom etadi;
3. Asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bolib undan yon ildiz o‘sib chiqadi; 4.boshlang‘ich poyadan qo'shimcha ildizlar o‘sib chiqadi;
A) a-1,4; b-1,4 B) a-1,2; b-3,4
C) a-2,3; b-1,4 D) a-3,4; b-1,2
4. G‘o‘za niholining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o‘sadi. Bunda o'sish nima hisobiga sodir boladi?
A) ildizning oziq moddani ko‘p olishi hisobiga
В) ildiz uchidagi hujayralarning bolinishi hisobiga
C) uchki kurtakning bo’linishi hisobiga
D) tuproqda nam ko‘p bo’lishi hisobiga
5. Ildiz qismlari (zonalari) nechta va ular qanday ataladi
(to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring) ?
A) 5; ildiz qinchasi; bolinuvchi, o‘suvchi; so‘ruvchi; o‘tkazuvchi
B) 4; bo‘linuvchi, o‘suvchi; so'ruvchi; o‘tkazuvchi;
C) 4; ildiz qinchasi, o‘suvchi; so‘ruvchi; o‘tkazuvchi
D) 4; o‘suvchi; bo’linuvchi; so'ruvchi; o‘tkazuvchi
6. Asosiy (a) va qo'shimcha (b) ildizlar qayerdan xosil bolishi to'liq berilgan javobni aniqlang.
l.kurtakdagi boshlanglch ildizni bevosita o‘sishidan
2. murtakdagi boshlang’ich ildizni bevosita o‘sishidan
3. poya va bargdan 4.asosiy va qo‘shimcha ildizdan
5. novda va kurtakda
A) a-2 b-4 B) a-1 b-3 C) a-2 b-3 D) a-1.2 b-3.4
7. Yon ildiz qayerda xosil bo'ladi (a) ulardan qaysi ildiz turi xosil bo'ladi (b).
1. asosiy va qo'shimcha ildizdan 2. poya va bargdan 3. ildiz turi xosil bo'lmaydi 4. qo'shimcha ildizlar xosil bo'ladi
A) a-2, b-3 B) a-1, b-3 C )a-l,b-4 D) a-2, b-4
8. Yon ildizlari asosiy (a) va qo'shimcha (b) ildizdan xosil
bo'ladigan o'simlikni toping. l) yo'sinlar 2) 1 urug'pallali 3)
2 urug'pallali 4) qirqquloqlar 5.begoniya
A) a-1, 2 b-5 B) a-b-1,2 C) a-1, b-4 D) a-3, b-2
9. Yon ildizlari asosiy (a) va qo'shimcha (b) ildizdan xosil
bo'ladigan o'simliklar 1. g'o'za 2. bug'doy 3. arpa
4. yeryong'oq 5.mosh 6.pomidor 7. g'umay 8.zuxrasoch 9.
funarya.
A) a-1, 6 b-3, 7 B) a-1, 4, 5 b-2, 3, 7,6
C) a-8, b-9 D) a-2, 3, 7 b-1, 4, 5, 6
10. Begoniyani qo'shimcha ildizi qayerdan xosil bo'ladi?
A) barg bandidan B) poyasida
C) bargidan D) asosiy ildizidan
11. O'q ildiz tizimiga xos bo'lgan (a) va popuk ildiz tizimiga xos bo'lmagan (b) xususiyatlarni
toping. l.murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishida davom etmaydi; 2. murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishida davom etadi; 3. Asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo'lib undan yon ildiz o'sib chiqadi; 4. boshlang'ich poyadan qo'shimcha
ildizlar o'sib chiqadi;
A) a-2, 3; b-2, 3 B) a-1, 2; b-3, 4
C) a-2, 3; b-1, 4 D) a-3, 4; b-1, 2
12. Ildizning bo'linuvchi zonasiga xos to'g'ri ma’lumotni
aniqlang.
A) o'tkazuvchi to'qima xujayralari joylashgan
B) ildiz tukchasi bilan qoplangan C) o'smaydi bo'linadi
D) bo'linmaydi o'sadi
13. Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom
etmasa qanday jarayon sodir bo'ladi?
1) murtakdagi boshlang'ich poyadan bir-biriga o'xshash bir
to'p mayda yon ildizlar o'sib chiqadi 2) boshlang'ich poyada, poyaning yerga yaqin yoki yerga tegib turgan qismidan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 3)popuk
ildiz tizimi hosil bo'ladi
A) 1, 2, 3 В) 1, 3 С) 2, 3 D) faqat 3
14. Ildizning bo'linuvchi zo'nasiga xos bo'lmagan xususiyatlarni toping, l.moddalarni o'tkazish 2.oziq
modda so'rish 3.xujayr alarming o'sishi 4. xujayralarning bo'linishi A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 2, 3 C) 2. 3, 4 D) 2, 4
15. Ildizlar qaysi xususiyatiga binoan turlicha shaklda bo'ladi?
A) bajaradigan vazifasiga binoan B) oziqlanish xususiyatiga binoan C) ildiz tizimi tuzilishiga binoan
D) kelib chiqish xususiyatiga binoan
16. Asosiy ildiz shaklini o'zgartrib yo‘g‘onlashib zaxira
oziq modda to'playdigan o'simliklarni aniqlang.
1. sabzi 2. turp 3. baobob 4. lavlagi 5. oq jo'xori
6. makkajo'xori 7. banyan 8. sholg'om
A) 3, 5, 6 B) 2, 6, 8 C) 3, 7 D) 1, 2, 4, 8
17. Tayanch ildizlari poyadan chiqqan qo'shimcha ildizlar
mavjud o'simliklarni anqilang. 1. sabzi 2. turp 3. baobob 4.
lavlagi 5. oq jo'xori 6.makkajo'xori 7. banyan 8. sholg'om
A) 3, 5, 6 B) 2, 6, 8 C) 3, 7 D) 1, 2, 4, 8
18. Ildiz tukchalarining fiziologiyasi berilgan javobni
aniqlang.
A) tirik, yumaloq, yupqa qobiqli
B) bitta uzun hujayradan tashkil topdan
C) suv va undagi erigan moddalarni shimib oladi
D) asosiy ildizni so'ruvchi zonasida joylashgan
19. O'simlikni tutib turishga yordam beradigan ildizlari
mavjud o'simliklarni toping. 1. sabzi 2. turp 3. baobob 4.
lavlagi 5. oq jo'xori 6. makkajo'xori 7. banyan 8. sholg'om
A) 3, 5, 6 B) 2, 6, 8 C) 3, 7 D) 1, 2, 4, 8
20. Havo ildizlari qaysi o'simliklarda bo'ladi?
A) Janubiy Osiyoni tropik o'rmonlarida o'suvchi o'simlik
B) Tropiklarda o'sadigan ayrim o'simliklarda
C) Tropiklarda o'sadigan barcha o'simliklarda
D) barcha ildiz mevalarda
21. Quyidagilardan qaysi biri ildizni qoplovchi hujayradan
xosil bo'ladi
A) markaziy silindr B) qinchasi C) ildiz tukchasi D) po'sti
22. Ildiz tukchasiga xos xususiyatlar keltirilgan javobni
belgilang. l) 1 ta uzun hujayradan tashkil topgan;
2) 1 ta hujayradan tashkil topgan 3) yupqa qobiq,
sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4)qalin qobiq,
sitoplazma va yadrodan tashkil topgan; 5) qalin qobiq,
sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)hayoti 10-12
kun davom etadi; 7) ildizning shimuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o'sib chiqadi 8) ildizning o'suvchi qismidan
yangi ildiz tukchalari o'sib chiqadi
A) 1, 3, 6, 7 В) 1, 5, 6, 8 C) 2, 3, 6, 7 D) 1,4,6,7
23. Ildizdan preparat tayyorlab mikroskop ustida ko‘rish uchun nima qilinadi?
A) ko‘ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum
oynasidagi spirtga qo‘yiladi
B) uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo‘yiladi
C) ko‘ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum
oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo‘yiladi
D) uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum
oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
24. Ko‘ndalang kesilgan ildizning o‘rta qismida qalin
devorli yirik teshikchalar ko'rinadi bu teshikchalarning
ildizdagi vazifasi nimadan iborat va ular qanday ataladi?
A) moddalarni o‘tkazish; elaksimon naylar
B) moddalarni o'tkazish; naylar
C) so‘rish;ildiz tukchasi
D) moddalarni jamg'arish; o‘zak
25. Makkajo‘xorining 5mm2 so‘rish qismida nechta ildiz
tukchalari bo'ladi? A) 7000 B) 200 C) 700 D) 3500
26. Yog‘ochligi (ksilema) qattiq bo'lgan o‘simliklarni belgilang. 1. yong‘oq 2. terak 3. Jiyda 4. qayrag‘och 5. yulg‘un 6. Aylant
A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 4 C) l,4 ,5 D) 1,5,6
27. Floemaning (l) va ksilemaning (2) mexanik tuzilmalarini aniqlang.
A) 1-yog‘ochlik tolalari: 2-o‘tka zuvchi nay
B) 1-lub tolalari; 2-yog‘ochlik tolalari
C) 1-lub tolalari; 2-traxeidlar
D) 1-elaksimon naylar; 2- traxeidlar
28. Ko'tarilib o‘suvchi poyaga ega bo‘lgan o‘simliklarni belgilang. 1) terak 2) sebarga 3) olma 4) bug'doy
5) qo'ypechak 6) temirtikan 7) karnaygul 8) tok
A) 2 В) 1, 2, 3 С) 1, 3, 4 D) 5, 8
29. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar ..., barg qo‘ltig‘ida joylashganlari... deb ataladi. Shuningdek, ... kurtaklar (ildizda, bargda) ham bo'ladi.
A) yon kurtak, uchki kurtak, qo’shimcha kurtak;
B) uchki kurtak, qo'shimcha kurtak, yon kurtak;
C) qo'shimcha kurtak, yon kurtak, uchki kurtak:
D) uchki kurtak, yon kurtak, qo'shimcha kurtak;
30. Dastlab generativ so'ngra vegetativ kurtaklari yoziladigan o'simliklarni belgilang.
A) tut, jiyda,atirgul, na’matak, terak, chinor
B) na’matak, tol, jiyda, terak, chinor,atirgul
C) shaftoli, bodom, o'rik
D) olxo'ri, bodom, o'rik, atirgul
31. O'simliklarni bo'y uzunliklari bilan birga juftlab yozing. l) mirzaterak; 2) rotang palma; 3) sekvoyadendron 4) evkalipt; a) 20-30m b) 20-25m c) 110-140m d) 150-155 m e) 200m f) 400m
A) l-b; 2-f, 3-c; 4-d; B) 1-b; 2-f; 3-d; 4-c;
C) 1-а; 2-e; 3-c; 4-d; D) 1 -а; 2-f 3-d; 4-c;
32. 90 yoshli yong'oq poyasida kambiy hujayralari necha qavat bo'lib joylashgan?
A) 90 B) 100 С) 1 D) bir necha qavat
33. Poyaning ichki tuzilishi orasida qaysi qavat (lar) joylashgan? Juftlang. 1 -lub va ksilema 2-epiderma va
lub 3-epiderma va ksilema 4-epiderma va kambiy
a) floema b) yog'ochlik c) o'zak d) po'st parenximasi
e) kambiy
A) 1-e, 2-b, d 3-a, c, d 4-a B) 1-e, 2-d, 3-a, d 4-d
C) 1-e, 2-b, d 3-a, с 4-a D) 1-e, 2-d, 3-d, e, a, 4-a, d
34. Qaysi o'simliklarning kurtagi yirik ekanligini aniqlang.
A) chinor, nastarin, soxta kashtan,terak
B) terak, tol, olma, o'rik, qayrag'och
C) chinor, soxta kashtan, terak, na’matak
D) tol, olma, o'rik, qayrag'och, tut
35. Nima uchun kuz yaqinlashishi bilan novdalarning
yashil rangi o'zgarib, qo'ng'ir va qizg'ish rangga kiradi?
A) xazonrezgilik boshlanadi B) po'kak qalinlashadi ostida
po'st hosil bo'ladi C) po'st qalinlashadi ostida po'kak hosil bo'ladi D) barglari to'kilib ketadi
36. Tik o'suvchi poyaga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang. l) terak 2) sebarga 3) olma 4) bug'doy
5) qo'ypechak 6) temirtikan 7) karnaygul 8) tok
A) 2 В) 1, 2, 3 С) 1, 3, 4 D) 5, 8
37. Po'st parenximasiga xos bo'lmagan xususiyatlarni
belgilang. l) epidermaning ustida joylashgan
2) epidermaning ostida joylashgan 3) asosiy to'qimadan tuzilgan 4) qoplovchi to'qimadan tuzilgan 5) ko'p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko'p qavatli o'lik va tirik
hujayralardan tuzilgan 7) bir qavatli tirik hujayralardan
tuzilgan A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 6, 7 С) 1, 4, 6, 7 D) 1, 4, 5, 6
38. Tut poyasidagi yasmiqchalarga xos bo'lgan
xususiyatlarni belgilang. 1) bahor oylarida hosil bo'ladi
2) yozning ikkinchi yarmida hosil bo'ladi 3) yashil rangda 4) qo‘ng‘ir rangda 5) nafas olish vazifasini bajaradi
6) bug‘latish vazifasini bajaradi
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 С) 1, 4, 5 D) 2, 4, 5
39. Bironta tayanchga o'ralmasa tik tura olmaydigan o'simliklarni belgilang. l) tarvuz 2) bodring 3) qovoq
4) qovun 5) qo'ypechak 6) temirtikan 7) karnaygul 8) tok 9) qulupnay 10) g'ozpanja
A) 9, 10 B) 8 С) 1, 2, 3, 4, 6 D) 5,7
40. Kambiy hujayralariga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. l)doimo bo'linib turadi 2) yosh hujayralar
3) nozik hujayralar 4)poyaning eniga o'sishini ta’minlaydi 5) lub bilan yog'ochlik o'rtasida joylashgan 6) yog'ochlik ko'ndalang kesilganda uning markaziy qismida joylashgan bo'ladi 7)bo'linish xususiyati cheklangan
A) 1, 2, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5,7
41. Floema qaysi to'qima hujayralaridan tashkil topgan?
A) asosiy (parenxima), mexanik (yog'ochlik tolalari) va
o'tkazuvchi (elaksimon naylar)
B) o'tkazuvchi (naylar), mexanik (yog'ochlik tolalari), asosiy (parenxima)
C) asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o'tkazuvchi (elaksimon naylar)
D) o'tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog'ochlik
tolalari), asosiy (parenxima)
42. Elaksimon naylarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. 1) lub tolalari orasida joylashgan 2) po'stloq orasida joylashgan 3) o'simlikning pishiqligi va egiluvchanligini ta’minlaydi 4) teshikli to'siqlar bilan
bo'lingan cho'ziq ingichka naychalar 5) barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi 6) Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi
A) 1, 3, 4, 5 В) 1, 4, 5 С) 1, 4, 6 D) 2, 3, 4
43. Yillik halqaga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
l)yog‘ochlikning 1 yil davomida hosil qilgan halqasi 2)kambiy qavatining 1 yil davomida hosil qilgan halqasi
3) yangi hosil bo'lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo'lgan yillik halqasini tashqi tomondan o'rab turadi
4) yangi hosil bo'lgan yillik halqa oldingi yillari hosil bo'lgan yillik halqalarining ichki tomonida joylashadi
A) 1, 3 B) 2, 3 С) 1, 4 D) 2, 4
44. O'sish konusi hujayralariga xos bo'lgan xususiyatlarni
belgilang. l)yupqa qobiqli 2)hujayralari doimo bo'linib turadi 3)bo‘linishi natijasida poya bo'yiga o'sadi 4)bo‘linish xususiyati cheklangan
A) 1, 2, 3 В) 1, 3, 4 C) 2, 3 D) 3, 4
45.............. ma’lum bir maydonda ko'p sondagi o'simlik
turlariga o'sish imkonini beradi.
A) o'simliklarning o'troq hayot kechirishi
B) poyalarning xilma-xil ko'rinishlari
C) changlanish jarayonining turli o'simlikda turli vaqtda
sodir bo'lishi
D) oziqlanish usulining avtotrof ekanligi
46. O'simliklar hayoti davomida bo'linib turadigan (l) hosil
bo'lgandan so'ng qayta bo'linmaydigan (2) hujayralarni
belgilang. a) ildiz qinchasi hujayralari b) o'sish konusi hujayralari c)kambiy hujayralari d) yog'ochlik qism hujayralari e) po'stloq hujayralari f) ildiz tukchalari
A) 1-a, b, f; 2-c, d,e B) 1-a, b, c, e 2-d, f
C) 1-b, c 2-a, d, e, D) 1-b, c, d; 2-a, e,
47. Poyaning qavatlarida joylashgan to'qima turlari to'g'ri
ko'rsatilgan javobni belgilang.
A) Ksilema — elaksimon naylar (o'tkazuvchi to'qim), parenxima (asosiy to'qima)
B) Floema - lub tolalari (o'tkazuvchi to'qima), elaksimon
naylar (mexanik to'qima)
C) Kambiy — yon hosil qiluvchi to'qima, yog'ochlik naylari (mexanik to'qima)
D) O'zak — parenxima (asosiy to'qima)
48. O`simlik tanasining quyidagi qismlari qanday to`qimadan iborat ekanligini aniqlang.
1) tut tanasidagi lub tolalar 2) chinor yosh novdasining ustki yuzasi 3) nok mevasining ichidagi tosh hujayralar
4) soxta kashtan bargining epidermis ostidagi hujayralar
5) qizil sho`ra bargi va novdasidagi shiraga boy hujayralar
6) do`lana tanasidagi kambi qavat hujayralari
A)1-g`amlovchi 2-qoplovchi 3-mexanik 4-xlorenximalar 5-o`tkazuvchi 6- meristema
B)1,3-meristema 2-qoplovchi 4-xlorenximalar
5-mexanik 6-g`amlovchi
C)1-mexanik 2-xlorenximalar 3,4-qoplovchi
5-g`amlovchi 6-meristema
D) 1,3-mexanik 2-qoplovchi 4-xlorenximalar
6-meristema 5-g`amlovchi
49. Sekvoyadendronning urug'lari qubbalarda joylashishi
ma’lum bo'lsa, 3 kg urug' qancha qubbada joylashadi.
А) 600 ta В) 588000 С) 2940 ta D) 3 ta
50. Bo‘yi 1 m dan ham oshadigan bir yillik, poyasida lub tolalari yaxshi rivojlangan o'simlikni aniqlang.
A)rayhon B) kanop C) zig‘ir D) kanop va zig‘ir

Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling