7 iyul: Jurnalistlar tatu qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar


Download 382.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi382.1 Kb.
#221278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
07. 2016 yil iyul oyi

 

14 iyul: 

NIPA tashkiloti prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

2016  yilning  14  iyul  kuni  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligida 

Koreya  Respublikasining  Axborot  texnologiyalari  sanoatini  rivojlantirish  bo‘yicha  Milliy  agentligi 

(NIPA) p


rezidenti Yun Jong Lok bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. NIPA delegatsiyasi poytaxtimizda bo‘lib 

o‘tayotgan  ochiq  va  erkin  dasturiy  ta’minot  mahsulotlariga  bag‘ishlangan  O‘zbek-Koreya  forumi 

munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurgan. 

Uchrashuv davomida ochiq va erkin dasturiy ta’minot mahsulotlari sanoatini rivojlantirishning xalqaro 

tendensiyalari,  uning  jamiyat  rivojidagi  ahamiyati  muhokama  qilindi.  Jumladan,  ochiq  dasturlardan 

elektron  hukumat  tizimi  hamda  ta’lim  jarayonida  foydalanishning  muhim  jihatlari  qayd  etildi. 

Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda erkin softveyar sohasining 

istiqbollari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Shuningdek,  mehmon  O‘zbekistonda  axborotlashtirish,  "elektron  hukumat"  tizimini  joriy  qilish, 

jamiyat  hayotida  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  tatbiq  etilishiga  oid 

ma’lumotlar bilan tanishtirildi. 



NIPA  Milliy  agentligiga  1998  yilda  asos  solingan  bo‘lib,  muassasa  davlat  tashkiloti  hisoblanadi. 

Ushbu  davlat  organi  Koreya  Respublikasida  dasturiy  ta’minot  mahsulotlari  sanoati  hamda  axborot 

texnologiyalari sohasi rivojlanishi uchun mas’ul hisoblanadi. NIPA agentligi Ilm-fan, AKT va Koreya 

Respublikasi istiqbolini rejalashtirish vazirligi tarkibiga kiradi. 




Download 382.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling