7 iyul: Jurnalistlar tatu qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar


Download 382.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi382.1 Kb.
#221278
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
07. 2016 yil iyul oyi

 

28 iyul: 

Qonunchilik palatasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish dasturining borishi 

to‘g‘risida eshituv bo‘lib o‘tdi 

2016  yil  28  iyul  kuni  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  O

‘zbekiston  “Milliy  tiklanish”  demokratik 

partiyasining 

tashabbusi 

bilan 


O

‘zbekiston 

Respublikasi 

Axborot 


texnologiyalari 

va 


kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish 

vazirining 

«O‘zbekiston  Respublikasi 

Milliy 

axborot-


kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirish  Kompleks  dasturini  amalga  oshirishning  borishi  to

‘g‘risida»gi 

axboroti eshituvi o

‘tkazildi. 

Parlament  eshituviga  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirish 

Kompleks  dasturig

a  (Kompleks  dastur)  kiritilgan  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  ma’sul  -  davlat 

hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, axborot sohasi mutaxassislari va ekspertlari, fuqarolik 

jamiyati institutlari va OAV vakillari taklif etildi. 

Prezidentimiz  I.Karimov  Mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016 

yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  kengaytirilgan  majlisidagi  ma’ruzasida  “Jahon  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki, 

ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot 

mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga 

olgan  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasining  roli  va  ahamiyati  tobora  ortib  bormoqda. 

Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanishi  mamlakatning  raqobatdoshlik  darajasiga 




ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni 

strategik  darajada  tashkil  etish  uchun  keng  imkoniyatlar  ochib  berishini  unutmasligimiz  zarur”  deb 

ta’kidlagan edi. 

Davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  qabul  qilingan  Kompleks  dasturning  amalga  oshirilishi, 

zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  qilish  xisobiga  davlat  boshqaruvi 

tizimini  modernizatsiya  qilish,  milliy  axborot  makoni  rivojlanishining  sifat  jixatidan  yangi  bosqichini 

boshlab  berdi.  2013-

2020  yillar  davomida  amalga  oshirilishini  o‘zida  qamrab  oluvchi  Kompleks 

da

sturda  ko‘zda  tutilgan  keng  ko‘lamli  chora-tadbirlar,  jumladan  respublika  telekommunikatsiya 



texnologiyalari,  tarmoq  va  aloqa  infratuzilmasini  rivojlantirish  bo‘yicha  jami  2.1  trln.so‘mlik  17  ta 

loyiha,  shuningdek  “Elektron  hukumat”  tizimining  axborot  tizimlari  komlekslari  va  ma’lumotlar 

bazalarini  yaratishga  qaratilgan 28  ta  tadbirlar  va  loyihalar  yaqin istiqbolga mo‘ljallangan  davlat  va 

jamiyatning samarali AKT-

infratuzilmasiga bo‘lgan extiyojlarini qondiradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirining 

ma’ruzasida  Kompleks  dasturning  «Soliq»,  «Bojxona»,  «Ta’lim»,  «Byudjet»  va  boshqa  kompleks 

axborot  tizimlari  kabi  dolzarb  loyihalarni  amalga  oshirilishining  borishi  to‘g‘risida  batafsil  axborot 

berildi. 

Ta’kidlandiki,  elektron  hukumat  yagona  arxitekturasi  doirasida,  amaldagi  va  yangi  yaratilayotgan 

davlat  organlarining  ma’lumotlar  bazalari  va  kompleks  axborot  tizimlarining  infratuzilmasi  va 

intergatsiyasiga  qo‘yiladigan  talablarni  belgilab  bergan,  2015  yil  dekabr  oyida  “Elektron  hukumat 

to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  qabul  qilinishi,  Kompleks  dasturni  amalga 

oshirishda muhim bosqich bo‘ldi. 

Deputatlarning  diqqat-

e’tibori  Kompleks  dastur  tarkibiga  kiritilgan  loyihalarni  o‘z  vaqtida  va  to‘liq 

amalga oshirish masalalari, joriy qilinayotgan elektron xizmatlar qanchalik fuqarolarimizning turmush 

sifatini,  tadbirkorlik  faoliyati  uchun  sharoitlarni  yaxshilayotganligi,  hamda  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligini  taminlashga  xizmat  qilayotganligiga  qaratildi.  Eshituv 

kun  tartibida  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  tomonidan,  fuqarolardan  ularga  kelib  tushgan 

murojaatlar  asosida  ko‘tarilgan  masalalar  qizg‘in  muhokamalarga  sabab  bo‘ldi.  O‘zlarining  partiya 

saylovoldi  dasturidagi  ustuvorliklardan  kelib  chiqib,  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  tomonidan  ijro 

xokimiyati  organlari  raxbarlari  ishtirokida,  fuqarolarimizning  axborot  olish  huquqi  kafolatlarini 

ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan samarali va konstruktiv 

munozara tashkil etildi. 

O‘tkazilgan  eshituv  “Elektron  hukumat  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  kuchga 

kirishi  va  Kompleks  dasturda  belgilangan  vazifalarning  amalga  oshirilishi  munosabati  bilan,  zaruriy 

qo

nunosti  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  jadvalini  aniqlab  olish,  hamda 



milliy  axborot  qonunchiligini  va  huquqni  qo‘llash  amaliyotini  yanada  takomillashtirish  maqsadida 

bugungi kunda juda muhim bo‘lgan tadbirlar ro‘yhatini belgilab olish imkonini berdi. 

Parlament  eshituvi  chog‘ida  O‘zbekiston  siyosiy  partiyalari  va  Ekologik  harakat  guruhi  deputatlari 

tegishli  nizom  va  dasturiy  xujjatlaridan  kelib  chiqib  muhokama  etilayotgan  masalalar  yuzasidan 



o‘zlarining munosabatlarini bildirdilar. 

 

Download 382.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling