7 iyul: Jurnalistlar tatu qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar
Download 382.1 Kb. Pdf ko'rish
|
07. 2016 yil iyul oyi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jurnalistlar TATU qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil Iyul oyiga oid faoliyati to'g'risidagi hujjatlar ro'yxati. 7 iyul: Jurnalistlar TATU qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, shu bilan birga, abituriyentlarni TATUning bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va ularga 2016-2017 o‘quv yiliga qabul bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni yetkazish maqsadida, universitetga OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Bugun TATU respublikamizda telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida kadrlar tayyorlaydigan yetakchi o‘quv muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli Qarori bilan, Samarqand, Farg‘ona, Nukus, Qarshi va Urganch shaharlarida hududiy filiallari tashkil etildi. 20 dan ziyod OAV vakillari ishtirokida o'tgan press-tur mobaynida jamoatchilikka ta'lim maskanida yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
TATU va uning hududiy filiallarida hozirgi kunda “Kompyuter injiniring”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, “Televizion texnologiyalar”, “AKT sohasida kasb ta’limi”, “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment”, “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik”, “Pochta aloqasi texnologiyasi”, “Axborot xavfsizligi” kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishlarida 10 mingdan ziyod talabalar ta’lim olishmoqda. Universitetda mashg‘ulotlar olib borish uchun zamonaviy multimedia va kompyuter o‘quv xonalari, o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, jumladan, “O‘zbektelekom” AK, “Ucell”, “ZTE”, “Huawei” va boshqa AKT kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 11 ta o‘quv laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Universitet 62 ga yaqin hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv va Memorandumlari asosida 25 davlatning (Janubiy Koreya, Rossiya, Malayziya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Astriya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya) 42 ta universiteti, 8 ta ilmiy- tadqiqot markazlari, 12 tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatgan. 2014-2016 yillarda universitetning jami 94 nafar professor- o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari malaka oshirish kurslarida malakalarini oshirib, orttirilgan tajriba, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda faol ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, universitet tomonidan so‘nggi yillarda 25 nafar talaba magistraturaga hamda 5 nafar o‘qituvchilar doktoranturaga o‘qishga yuborildi. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirgan holda joriy yil 4 iyulda boshlangan malaka oshirish kursini olib borish uchun Janubiy Koreya Sungshil universitetining 3 nafar professorlari: Yu Kvang Bok, Li Kang Hi va Cho Munlar TATU tashrif buyurishgan hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida malaka oshirish kurslari amalga oshirilmoqda.
Malaka oshirish kursla ri 6 ta fandan iborat bo‘lib, kompyuter injiniring, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari va AKT sohasida iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlarini qamrab oladi. O‘quv kurslari to‘liq ingliz tilida olib borilib, xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘quv materiallari bilan ta’minlanadi. TATUda 2016-2017- o‘quv yili uchun 9 ta ta’lim yo‘nalishi: Kompyuter injiniring, Dasturiy injiniring, Telekommunikatsiya texnologiyalari, Televizion texnologiyalar, AKT sohasida iqtisodiyot va menejment, AKT sohas ida kasb ta’limi, Pochta aloqasi texnologiyalari, Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, Televizion texnologiyalari (maxsus sirtqi) yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlardan arizalar qabul qilinmoqda.
Abituriyentlardan arizalarni qabul qilishni onlayn ravishda amalga oshirish, hujjatlarni qabul qilish jarayonini tezlashtirish va osonlashtirish maqsadida TATU va uning hududiy filiallarida elektron qabul interaktiv xizmati - qabul2016.tuit.uz tizimi ishlab turibdi. Tizim TATU va uning hududiy filiallari (Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch va Nukus) bakalavriatiga hujjat topshiruvchi abituriyentlardan onlayn ariza qabul qilishda interaktiv xizmat hisoblanadi. Matbuot tadbiri mobaynida universitetning hududiy filiallari direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari o'rtasida videoaloqa o'rnatildi. Tadbir davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'liq javob oldilar.
Download 382.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling