3. 1922-yil oktabrda M.Kamol qo‘shinlari butun Turkiyani Gretsiyadan ozod qilgan.
4. 1922-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
5. 1923-yil Lozannada Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan M.Kamol imzolagan yakuniy shartnomaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereiteti va hududiy yaxlitligni saqlab qoldi.
6. 1923-yil 29-oktabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M.Kamol respublika prezidenti etib saylandi.
7. 1920-yillarda Turkiyadagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishini chet ellik mulkdorlarning sanoat korxonalarini, infratuzilma obyektlari, temir yo‘llarni sotib olish, milliy sanoatni yaratish tashkil qildi.
8. 1932-yilda Turkiya Millatlar Ligasiga a’zo bo‘ladi.
9. 1941-yilda Turkiya Germaniya bilan do‘stlik shartnomasini imzoladi.
Eron
1. 1918-yil avgustda ingliz qo‘shinlari butun Eronni nazoratga olgan.
2. 1919-yilda imzolangan Angliya-Eron shartnomasiga ko‘ra Eron amalda Buyuk Britaniya protektorantiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |