7-klass Ja’ha’n tariyxı


Download 108 Kb.
bet27/27
Sana02.01.2022
Hajmi108 Kb.
#200527
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
10-SINF JAHON yillar

7. 1939-yil 17-sentabrda Polshaga sovet qo‘shinlari kiritildi.

8. 1939-1940-yillarda sovet-fin urushi bo‘lib o‘tdi.

9. 1940-yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi.

10. 1940-yil sentabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar apki imzolandi. Tez orada bu paktga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya, Bolgariya qo‘shildi.

11. 1941-yil 22-iyunda Germaniya SSSRga bostirib kirdi.

12. 1941-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasida urush payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida – Atlantik xartiyasi imzolandi.

13. 1941-yil sentabrda SSSR Atlantik xartiyasining asosiy tamoyillarini qabul qildi.

14. 1941-yil dekabrda AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilishi bilan antifashistik koalitsiya tashkiliy jihatdan rasmiylashtirildi.

15. 1941-yil dekabrda nemis qo‘shinlari Moskva ostonalarida jangni boy berdi va Ikkinchi jahon urushidagi dastlabki jiddiy mag‘lubiyatga uchradi.

16. 1942-yilning bahor–kuzida nemis qo‘shinlari Volga daryosiga va Shimoliy Kavkazga chiqdi.

17. 1942-yil noyabrda sovet qo‘shinlari Stalingrad ostonalarida qarshi hukumga o‘tib, Volgaga chiqqan German qo‘shinlarining katta guruhi – 22 diviziyasini qurshab oldi va mag‘lub etdi.

18. 1943-yil fevralda qurshovdagi nemis qo‘shinlari taslim bo‘ldi.

19. 1943-yil mayda Uchlar ittifoqi davlatlari Italyan – German qo‘shinlarini Afrikadan to‘liq quvib chiqishga erishdi.

20. 1944-yilda Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi, sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi.

21. 1944-yilda Sovet Ittifoqchilari Fransiyaning shimoli-g‘arbiga qo‘shin tushurib, Fransiya va Begiyani ozod qildi.

22. 1943-yil SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlari o‘rtasida Tehronda uchrashuv bo‘ldi.

23. 1945-yil fevralda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlari o‘rtasida Qrim (Yalta)da uchrashuv bo‘ldi.

24. 1945-yil iyul-sentabrda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlari o‘rtasida Potsdamda uchrashuv bo‘ldi.

25. 1945-yil 16-apreldan 2-maygacha Berlin operatsiyasi amalgam oshirilib, shu vat ichida Uchinchi reyxning poytaxti o‘rab olindi va shturm bilan zabt etildi.

26. 1945-yil 8-mayda Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari G.K.Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi.

27. 1945-yil 9-may SSSRda «G‘alaba kuni» deb e’lon qilindi.

28. 1945-yil 6-avgustda AQSH Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasini tashladi.

29. 1945-yil 9-avgustda AQSH Yaponiyaning Nagasaki shahriga atom bombasini tashladi.

30. 1945-yilda Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirdi.

31. 1945-yil 2-sentabrda Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi paktni imzoladi va Ikkinchi jahon urushi tugadi.

32. 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha Germaniyaning Nyurnberg shahrida fashist rahbarlari ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

33. 1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha Yaponiyaning Tokio shahrida yapon agressiyasidan aziyat chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi.
Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling