7. korrupsiya ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida reja
subyektlarning maqomiga ko’ra
Download 47.6 Kb.
|
7. KORRUPSIYA IJTIMOIY-MA’NAVIY HODISA SIFATIDA
subyektlarning maqomiga ko’ra: a)hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
b)xususiy sektordagi korrupsiya; v)siyosiy korrupsiya; 2) darajasiga ko’ra: a)quyi darajadagi korrupsiya; b)yuqori darajadagi korrupsiya; v)vertikal korrupsiya; 3) ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra; a) korrupsiya – qilmish; b) korrupsiya – jinoyat Korrupsiyaning yuqorida ko’rib o’tilgan turlarini chuqurroq tahlil qilib chiqamiz. Hokimiyat organlaridagi korrupsiya bugungi paytda ko’plab mamlakatlarda, shuningdek O’zbekistonda ham ko’zga tashlanadi. Bu kabi korrupsiya holatlarining o’ziga xos jihati shundaki, korrupsiya jinoyatlarini qonunga bo’ysunishlari va uni muhofaza etishlari shart bo’lgan davlat amaldorlari sodir etadilar.Ba’zi davlatlarda bu turdagi korrupsiya jinoyatlari ommalashganligi, davlat mexanizmi xodimlari korrupsiya jinoyatlarini sodir qilganligi mazkur davlatlarning qonunlarni yaratuvchi shaxslarini poraxo’rlik, hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa qonunga xilof mansabdorlikka aloqador jinoyatlariga qarshi qat’iy jazolarlar tayinlashga va aksincha, mansabdor shaxslarning kam darajada xavfli bo’lgan va ko’p tarqalgan jinoiy qilmishlariga jiddiy e’tibor bermaslikka( masalan, qiymati uncha qimmat bo’lmagan sovg’alarni qabul qilish jinoyat hisoblanmaydi) sabab bo’lyapti. Davlat tasarrufida bo’lmagan korxonalarda yoki tashkilotlarda ham korrupsiya xatti- harakatlari bugungi kunda ko’p uchramoqda.Korxona boshlig’i korxonaning nizomida belgilangan qonun-qoidalarga rioya etgan holda ish yuritishi lozim, lekin ko’p hollarda xususiy korxona rahbarlari, mansabdor shaxslar singari, qonunga zid ravishda shaxsiy mulklari bo’lmagan mulk shakllarini o’zlarining ma’lum bir shaxsiy ehtiyojlari yo’lida yoki o’zga shaxslarning ehtiyojlariga o’tkazib berishi, shuningdek korxona qonun - qoidalariga xilof xatti - harakatlarni sodir etish hollari ham ko’zga tashlanib turadi.Yuqoridagi fikrlarga real hayotdan misollar ko’plab uchraydi. Masalan, bugungi kunda davlatimizda aholining moddiy holatini yaxshilash maqsadida turli imtiyozli kreditlar banklar orqali aholiga berilmoqda.Biroq bunday jarayonlardan bank xodimlari shaxsiy boyish maqsadida kredit oluvchilardan ularning ishini ijobiy hal etish uchun pul talab qilmoqdalar yoki buning aksi bo’lmoqda. Siyosiy korrupsiyani ba’zi olimlar korrupsiya xatti-harakatlarining alohida shakli deb tavsiflaydilar.Rossiyalik professor V.A.Shabalin ko’p yillar davomida siyosiy va jinoiy muammolarga aloqador manbalarni tadqiq etib, siyosiy korrupsiyaga shunday ta’rif beradi ,,davlatning yetakchi siyosiy vakillari davlat bergan huquqlardan foydalanib, davlat mulklaridan o’z manfaatlari yo’lida noqonuniy foydalanishida namoyon bo’luvchi xatti – harakatlar majmui . Yana bir olim A.I.Gurov siyosiy korrupsiyani tahlil qilar ekan, u siyosiy korrupsiyani davlat mexanizmida xizmat qilayotgan mansabdor shaxslar shaxsiy boyish, qarindosh – urug’chilik, o’z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida korrupsiya harakatlarini sodir etish deb tushunadi. Bundan tashqari u siyosiy korrupsiyaning uchta shaklini mavjud ekanligini ko’rsatadi: 1) siyosat bilan bog’liq bo’lib,davlat apparatida faoliyat yuritayotgan shaxs urug’ – aymoqchilik holatlari tufayli g’ayriqonuniy harakatlarni amalga oshiradi ya’ni qonuniy tarzda ish olib bormasdan shaxsiy manfaatlar ustun qo’yiladi; 2)davlat amaldorlarini pora evaziga sotib olish o’z tomonlariga og’dirib olishga asoslangan.Pora olgan shaxslar ma’lum miqdordagi pul evaziga qonunga zid harakatlarni amalga oshiradilar; 3)ma’lum bir shaxslar o’z jinoyatlarini amalga oshirishda qulay sharoitni ta’minlash uchun davlat amaldorlaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Agar tahlil qilsak, korrupsiyaning bu ko’rinishi uyushgan jinoyatchilik bilan bevosita bog’liqdir. G.N.Gorshenkovning takidlashicha, siyosiy korrupsiya huquqiy jihatdan javobgarlikka tortilmaydigan holatlarda(saylovlarda o’z tarafdorlarini ko’paytirishda qo’llaniladigan usullar) va o’zida siyosiy belgilarni aks ettiruvchi javobgarlikni keltirib chiqaradigan qilmishlarda (pora olish yoki berish, odamlarni pora berish orqali sotib olish) namoyon bo’ladi. Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqsak, siyosiy korrupsiya javobgarlikka sazovor qilmishlarni, shuningdek,siyosiy jarayonlardagi ijtimoiy holatlardagi mayda qonunbuzarliklarni ham o’z ichiga olishi mumkin. X.Meliyev korrupsiya to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi. ,,Korrupsiyaning xavfi shundan iboratki, korrupsiya jinoyatlari jinoyatning boshqa turlari bilan ham bog’lanib ketadi. Bu o’z navbatida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning izdan chiqishiga olib keladi’’. Ba’zi mutaxassislar takidlashicha savlovlar jarayonida ovoz beruvchilarni ma’lum bir tomonga og’dirib olinishi ham siyosiy korrupsiya hisoblanadi. Siyosiy korrupsiyaning keng tarqalgan shakllaridan biri bu pora olish va pora berish. Korrupsiya faoliyat darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal korrupsiya. Quyi darajadagi korrupsiya davlat mexanizmining quyi bo’g’inlarida mavjud bo’lib, bu korrupsiya turi davlat mansabdor shaxslari va oddiy fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarda ko’zga tashlanadi.(masalan,har xil hujjatlar olish yoki to’ldirishda pul talab qilish yoki pul vada qilishda ko’zga tashlanadi) Yuqori darajadagi korrupsiya davlat mexanizmining yuqori vakolatli tashkilotlarida ishlaydigan davlat amaldorlari, vazirlar va boshqa vakolatli shaxslarni o’z ichiga oladi va bu darajadagi korrupsiya qilmishlarini sodir etuvchi shaxslarning xatti – harakati davlatning ba’zi tarmoqlariga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.Ayni paytda korrupsiya holatlarini vujudga keltiruvchi shaxslar bitta davlat apparatida ishlashi mumkin. Masalan, hokimyatlarning ierarxiya tizimiga ko’ra, ma’lum bir davlat organining quyi tizimida faoliyat yuritayotgan xodim yuqori tizimdagi boshlig’iga ma’lum vakolatlarga ega bo’lish uchun pora berishi yoki pora berishda vositachilik qilishi mumkin. AQSHda korrupsiya jinoyatlarining bir ommalashgan ko’rinishi mavjud. Uning tuzilishi oddiy bo’lib, quyidagi tarzda amalga oshiriladi: korrupsiya jinoyatini sodir qiluvchi shaxslar kelishgan holda og’zaki tarzda ma’lum bir narxda shartnoma tuzadilar, so’ng rasmiy shartnomani balandroq narxlarda imzolaydilar. Narxlardagi tafovutning bir qismi shartnoma tuzishga ruxsat bergan davlat amaldoriga beriladi. Bunday tarzda pora berish shakllari O’zbekistonda ham uchrab turibdi. Korrupsiya xatti - harakatlari yashirin tarzda, balki korrupsiya harakatlarini sodir etayotgan shaxslarning maxfiy tarzda til biriktirishi natijasida sodir etilishi ham mumkin. Ba’zi paytlarda korrupsiya jinoyatlari sodir etilganligi to’g’risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat ham kelib tushmaydi. Buning sababi bunday qonunga zid xatti - harakatlardan korrupsiyani vujudga keltiruvchi tomonlar ham manfaatdor bo’ladi. Eng keng tarqalgan korrupsiyaning ko’rinishlaridan biri pora so’rash hollari bo’yicha ham kamdan-kam shikoyat qilinadi. Bunga sabab odamlarning huquqiy ongi va madaniyati yetarli darajada shakllanmagani yoki ularning davlat va davlat amaldorlariga nisbatan ishonchsizligi bo’lishi mumkin. Download 47.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling