7. korrupsiya ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida reja


Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi


Download 47.6 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi47.6 Kb.
#1037645
1   2   3   4
Bog'liq
7. KORRUPSIYA IJTIMOIY-MA’NAVIY HODISA SIFATIDA

2.Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi
Korrupsiyaning tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Bu hol qadimda qabilada ma’lum bir obro’ga ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’a – salomlar berish odatidan kelib chiqqan deya taxmin qilinadi. O’sha paytlarda bu holat oddiy tarzda qaralgan va ko’p e’tibor berilmagan.Biroq davlat tizimining murakkablashuvi va taraqqiy topa borishi natijasida korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga to’siq ekanligini ko’rsatdi. Korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashgan birinchi shaxs eramizdan oldingi ikki yarim ming yil avval yashagan Shumer podshosi Uruinimgina hisoblanadi. Diniy ta’limotlarda ham o’zganing mulkiga ko’z olaytirmaslik haqida fikrlar keltirib o’tilgan. Dunyoning yetakchi dinlarida ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarining poraxo’rligi qattiq qoralanadi. Xristian dinining muqaddas kitobi Injilda quyidagi so’zlar keltirilgan ,,Sovg’alarni qabul qilma, chunki sovg’a ko’rni ko’radigan qiladi va haqiqatni o’zgartiradi’’ deyilgan bo’lsa, Qu’roni Karimda ,,Boshqalarning mulkini nohaq yo’l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo’lgan narsalarni olish uchun o’z mulklaringizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar’’ deyilgan. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel korrupsiya haqida shunday deydi: ,,Davlat qonun – qoidalarni va ahloq normalarni jamiyatda shunday o’rnatsinki, davlat amaldorlari noqonuniy yo’llar bilan moddiy boylik orttira olmasin’’. Antik davrda oliy davlat amaldorlari ma’lum bir xizmat evaziga xizmatchilarga haq to’lashgan va mana shu maosh bilan kifoyalanishlarini talab qilishgan. Biroq, xizmatchilar oddiy aholining muammolarini hal qilib berganligi uchun qo’shimcha pul olish hollari kuzatilgan. Korrupsiyaga oid masalalarga qadimgi Misr fir’avnlari ham to’qnash kelganlar. Arxeologik hujjatlar Quddusda ham korrupsiya holatlari yuz berganligini ko’rsatadi.
Insoniyat svilizatsiyasining o’choqlari bo’lmish qadimgi antik davlatlar Yunoniston va Rim davlatlarida korrupsiya xatti – harakatlari deyarli ko’zga tashlanmagan. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, korrupsiya bilan bog’liq xatti-harakatlar ,,o’n ikki jadval qonunlari’’da ko’rsatilgan.Shuningdek, Mesopotamiya hukmdori Xammurapi tomonidan yaratilgan qonunlar ham mamlakatda talon-taroj, o’g’irlik kabi jinoyatlarning kamayishiga xizmat qilgan. Biroq antik davrning inqirozi boshlanishi bilan korrupsiya holatlari bu davlatlarda ham ko’zga tashlangan.
Ilk o’rta asrlarda hali davlatlarning markaziy hokimiyati kuchli bo’lmagan paytlarda davlat amaldorlari o’z mavqeilarini suiiste’mol qilib aholidan pul undirish hollari kundalik hayot tarziga aylangan. Davlatlar markazlashib borishi bilan davlatning barcha tizimlarida nazorat o’rnatishga harakat qilganlar.Korrupsiya jinyatlarini sodir etgan davlat amaldorlari boshqalarga ibrat bo’lishi uchun omma oldida jazolangan. Biroq bunday say – harakatlar kam hollarda samara bergan, chunki yangi tayinlangan amaldorlar ham mansab mavqeidan foydalanib korrupsiya harakatlarini sodir etganlar.
O’rta asrlarda sharq davlatlarda amalda bo’lgan qonun – qoidalar islom dini asosidagi normalar bilan belgilangan. Shuningdek, Temuriylar davrida davlat boshqaruv tizimining samarali faoliyatini taminlash uchun amaldorlarning faoliyati tekshirib borilgan. Mansab vakolatlaridan chetga chiqish, shaxsiy manfaatlarni ko’zlab boylik orttirish, ichkilikka berilish va boshqa holatlar qattiq nazoratga olingan va jazolangan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Temuriylar davlatida tartib – intizomga shu qadar rioya qilinganki xatto temuriy shahzoda Mironshoh Mirzo va Pirmuhammad Sulton va Halil Sultonlar davlatdagi tartib – qoidalarni buzganlik uchun omma oldida jazolanganlar. O’rta asrlar davrida O’rta Osiyo hududida yashagan feodal davlatlarda hozirgi kabi korrupsiya qilmishlari uchun jazo belgilanmagan. O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan xonliklar davrida korrupsiya holatlari qonuniylashtirilgan tarzda oddiy aholining hukmron tabaqa vakillariga pul yoki boshqa shaklda majburiyatlarni bajarish shaklida namoyon bo’lgan.Xususan, aholi ,,ushur’’, ,, xiroj’’ yoki ,,zakot’’ kabi soliqlarni to’lash holatlari bunga misol bo’lishi mumkin.Yuqoridagi holatlardan tashqari,yuqori martaba egalariga turli xil sovg’a – salomlar berish holatlari ham kuzatilgan.
Turkistonning ruslar tomonidan bosib olinishi natijasida quyi mansablarga ruslar o’z manfaatlariga xizmat qiladigan mahalliy yerliklarni ma’lum bir pul evaziga tayinlaganlar. Natijada bu shaxslar mansab lavozimini egallaguncha sarflagan mablag’laini chiqarib olish maqsadida shaxsiy manfaatlarini o’ylab moddiy boylik orttirish va korrupsiya holatlarini avj oldirganlar. O’lkadagi rus mustamlakachilari hukm surgan davrda bu yerda korrupsiya ayniqsa kuchaygan.
1917- yilda podsho Rossiyasida yuz bergan oktyabr to’ntarishlari natijasida davlat hokimiyati tepasiga boshqa tuzum kelgan bo’lsada, korrupsiya holatlari bekor bo’lgani yo’q. Korrupsiya darajalari o’zining boshqacha shaklarida naoyon bo’ldi.Davlatda poraxo’rlik va buyruqbozlik holatlari amal qilgan.
Sovet davlati tarixida korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi birinchi hijjat 1918-yil 8-mayda qabul qilingan ,,Poraxo’rlik to’g’risida’’gi dekret hisoblanadi.Ushbu hujjatga ko’ra, o’z vakolatiga kirmaydigan ishlar bilan shug’ullangan va pora olishga ko’maklashgan va pora olishda aybdor deb topilgan shaxslarga jazo tayinlangan. Bu turdagi jinoyatlarga nisbatan o’lim jazosi keng qo’llanilgan. Korrupsiya jazolari uchun hozirgi kunda aksariyat davlatlarda ham o’lim jazosi qo’llaniladi. Shuningdek, sovet hukumati davrida O’zbekistonda sodir etilgan korrupsiya xatti – harakatlarini jinoyatchiligining tarixiy rivojlanish tarixini bir necha davrga bo’lish mumkin: 1)O’zbekistonliklarning fikri bilan qiziqmasdan Sovet davlati tarkibiga kiritilishi va milliy chegaralanish jarayonlari( 1924-yil ); 2) Stalin davrida o’zbek ziyolilariga qarshi yolg’onlar to’qib qatag’on qilinishi; 3) o’tgan asrning saksoninchi yillari davomida to’qib chiqarilgan ,,o’zbeklar ishi ’’ yoki ,,paxta ishi’’siyosiy o’yinlari tub mohiyatida hukmron hokimiyat vakillarining mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, talon-taroj kabi korrupsiya holatlari o’z aksini topgan.
Hozirgi kunda korrupsiya xatti – harakatlari xavflilik holatiga ko’ra nafaqat huquq – tartibotni saqlovchi shaxslarni, balki davlat rahbarlarini ham xavotirga solmoqda. Islom Karimov korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif bergan: ,,Korrupsiya davlatning siyosiy va iqtisodiy tizimiga hamda jamiyatga tuzatib bo’lmaydigan ziyon yetkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy jarayonlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan bir tuzumdan boshqasiga o’tish davrida korrupsiya o’z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini to’sib qo’yish imkoniga ega’’10. Islom Karimov mamlakatdagi korrupsiya qilmishlariga qarshi ma’sul shaxslar tomonidan kurash olib borilayotganini aytib, ,,...avvalo davlatimizda korrupsiyaga jinoyatlariga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko’p jihatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimining o’zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotgani bilan bog’liqdir’’11, - deb ta'kidlagan edi.
Huquq – tartibotni saqlovchi mutasaddi tashkilotlarning xodimlari, birinchi navbatda, o’zlari har taraflama namuna bo’lishlari kerak. O’z vazifalaridan kelib chiqib davlatdagi tartibni saqlashlari, qonunni buzgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo qo’llanishi lozim. Asosiy vazifasi jinoyatchilikka qarshi kurash bo’lgan huquqni muhofaza qiluvchi tizim vakillari qonunlarga amal qilmasalar, jinoyatchi shaxslar bilan noqonuniy aloqada bo’lsalar, ular boshqalardan tartib - qoidalarga rioya qilishlarini talab qilishga haqlari yo’q.
Davlat amaldorlarining shaxsiy manfaatlari yo’lida jinoyatchilar bilan aloqasi tufayli asosan og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar ko’p sodir bo’ladi. Hozirgi kunda jinoyatchi uyushmalar tomonidan amalga oshirilayotgan qator xavfli harakatlar: terrorizm, qasddan odam hayotiga suiqasd qilish va odamlarni sotib yuborish holatlari tez suratlarda ,,o'sib borishi’’, davlat hokimiyatini egallash maqsadida dinni niqob qilish, hali to’liq dunyoqarshi shakllanmagan yoshlarni, ayniqsa, hayotda mustaqil o’z o’rnini topishga harakat qilayotgan yoshlarning ongini buzg’unchi g’oyalar bilan to’ldirib, ekstremistik harakatlarni amalga oshirishda foydalanishga urinish, davlat siyosatiga chetdan aralashishlar keng jamoatchilik, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi shaxslarni ham xavotirga solmoqda.
Shu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi.Yurtimizda uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya kabi illatlar qachon shakllandi? Nima sababdan korrupsiya rivojlanishiga qo’yib berildi? Bunday xavf - xatarga qarshi harakatlar qachon boshlandi? Sovet Ittifoqi tuzumi davrida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jinoyatlarning jamiyatda mavjud emasligi doimo rad etilar edi.Biroq, korrupsiya va boshqa jinoiy harakatlar Ittifoq davlatlarining barchasida xufyona tartibda faoliyat yuritgan. Agar biz Sovet davlatining tarixiga nazar tashlasak, saksoninchi yillarning ikkinchi yarmiga qadar korrupsiya kabi xavfli illatlarga qarshi deyarli kurash olib borilmagan. Sotsializm tuzumi davrida korrupsiya jinoyatlariga yetarlicha e’tibor bermaslik natijasida bunday jinoyatlar ittifoq davlatlarining barchasida keng ildiz otishiga imkon yaratib berdi.
Korrupsiya va boshqa g’ayriqonuniy xatti - harakatlar 80 - 90-yillarga kelib o’zining yuksak darajasiga ko’tarildi va o’zining yangich xususiyatlarida namoyon bo’ldi. Bunga sabab esa bu davrga kelib ittifoq davlatlarining barchasida iqtisodiy va siyosiy turg’unlik vujudga kelgan edi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan ba’zi bir jinoiy uyushmalar o’zlarining jinoiy harakatlariga g’ov bo’ladigan barcha to’siqlarni yo’q qilishga harakat qildilar. Bu yo’lda ular mansabdor shaxslarni sotib olish, ularga tahdid qilish va qonunlarni qo’pol tarzda buzishdan ham qaytmadilar.
Jinoiy to’dalar o’zlarining olib borayotgan noqonuniy harakatlarini xavfsizligini ta’minlash uchun turli harakatlarni amalga oshiradilar. Xususan, davlat amaldorlari bilan munosabatda bo’lib, ularga xalal beruvchi shaxslarni qo’rqitib yoki tahdid qilib ularni o’z yo’llaridan olib tashlaydilar. Hatto, jinoiy xatti – harakatlarni amalga oshirish uchun jinyat yo’lidagi shaxslar bilan til biriktiradilar. Shuni unutmaslik kerakki, davlat xizmatidagi odamlarni noqonuniy harakatlarga jalb qilish o’z navbatida jinoyatchi shaxslarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Bunday noqonuniy xatti –harakatlarga ma’naviy jihatdan yetuk, halol va o’z mansab vakolatiga sodiq davlat xizmatchilari hech qachon bosh qo’shmaydilar va shuningdek bunday uyushmalarning harakatlarini to’xtatishga harakat qiladilar.
Korrupsiya holatlarining ro’y berishi birinchi navbatda jinoiy guruhlarning faol harakatlar olib borishiga shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar sodir etilishiga keng yo’l ochadi. Bu o’z navbatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga, xavfsizligiga tahdid hisoblanadi.Jamiyatda xufyona iqtisodiyotning faoliyat yuritishi uyushgan jinoyatchilik kabi xavfli jinoiy to’dalarni vujudga kelishiga zamin yaratadi.Davlat mexanizmining turli bo’ginlarida faoliyat yuritayotgan amaldorlarlar jinoiy uyushmalarning xatti – harakatlariga sherik bo’lib ularga qulay vaziyatni vujudga keltirishga urinishlar bo’lishi mumkin.Jamiyatda ro’y berayotgan ma’lum bir tanglik holatida odamlar ongida, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlodning ba’zilari hayotda yaxshi o’ringa ega bo’lish uchun noqonuniy harakatlar qilish mumkin, degan noto’g’ri fikrlarlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Noqonuniy tarzda moddiy boylik to’plash huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o’z holiga tashlab qo’yilsa, bunday salbiy holatlar jamiyatdagi odamlarni, ayniqsa, yosh avlodni dunyoqarashini salbiy tomonga o’zgartirishi mumkin. Biz bunday holatlarni oldini olmasak davlatning tayanchi hisoblangan yosh avlodni qo’ldan boy beramiz.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi butun jahon hamjamiyati birgalikda kurash olib bormoqdalar. Korrupsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy ta’siri haqida fikr yuritsak, u birinchi navbatda davlatning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga xavf tug’diradi, odamlarning ma’naviy dunyosiga zarar yetkazadi, odamlarning davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizligini ortishiga sabab bo’ladi, yoshlarning ongini zaxarlaydi, hayotqallobligu g’iromlikdan iborat ekan degan fikrni vujudga keltiradi, xalqaro miqyosda davlat haqida salbiy fikrlarning paydo bo’lishiga xizmat qiladi va natijada davlatlarning hamkorlik qilishiga to’sqinlik qiladi, jinoiy tuzilmalarning davlat mexanizmi bilan birlashib ketishiga sharoit yaratib beradi, odil sudlov tizimini izdan chiqaradi, davlatning rivolanish dasturlarini sekinlashtiradi, iqtisodiyotning rivojlanishi va mustahkamlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, resurslarning notog’ri taqsimoti, xususiy tashkilotlarda ishlab chiqarishning pasayishiga, davlatning moliyaviy barqarorligiga putur yetadi, ishlab chiqarish va tadbirkorlik xarajatlarining ortib borishi, davlat tizimidagi ish sifatining tushishi, notenglik va aholining qambag’allik darajasining keskin ortib ketishi, xususiy sektorda ish bilan bandlikning kamayishi, jinoyatchilikning o’sishiga, davlatda o’rnatilgan konstitutsiyaviy tuzumni va jamiyatda qonuniylikni yo’qqa chiqaradi, buning natijasida jamiyatdagi tartib – qoidalar izdan chiqishiga, insonlarning huquq va erkinliklarini buzilishiga olib keladi. Korrupsiya — bu jamiyatda mavjud qonun - qoidalarni turli yo‘llar bilan izdan chiqishiga zamin yaratuvchi illatdir. U erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga to‘siq bo’lib xizmat qiladi, insonlarning yashash turmushlarini izdan chiqaradi va insonlar hayotiga xavf tug’diradigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa turli jinoyatlarning rivojlanishi uchun qulay muhitni yaratib beradi.Shuni ta’kidlash joizki, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan va vijdonan ishlayotganfuqarolarimiz bilan faxrlansak arziydi. Ammo,ba’zi bir odamlar o’z shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yib, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlari ham mavjuddir. Islom Karimov korrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”12, deb ta’kidlaydi.Shuni inobatga olish kerakki, korrupsiya xatti – harakatlarining har qanday shaklaridan bevosita davlat va jamiyatdagi insonlar moddiy va ma’naviy zarar ko‘radi.Shu sababli ushbu illatga global miqyosda kurash olib borilmoqda.Korrupsiya muammolarini tadqiq qiluvchi ,,Transparency International’’ tashkilotining statistikalarida ko’rsatilishicha bugungi kunda korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish jinoyatlari natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘lar korrupsiya jinoyatlarini sodir qilgan shaxslar tomonidan o‘zlashtirilar ekan. Shuning uchun ham korrupsiya va poraxo‘rlik jinoyatlari jahon ommasi tomonidan“taraqqiyot kushandasi” deb atalmoqda. Islom Karimov shunday deydi: ,,Biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘rnida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik”13. Har qanday davlat o’tish davrida turli xil to’siqlarga duch keladi.Bunday sifat o’zgarishlari korrupsiya va jinoyatchilik singari g’ayriqonuniy hodisa bilan kechishi mumkin. Korrupsiyaning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri quyidagilarda ko’rinishi mumkin:
Birinchidan, siyosiy jarayonlarda aks etadi. Bunda korrupsiya jamiyatdagi islohotlarga to’sqinlik qilishida ko’rinadi. Bu jarayonda amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarni eski tuzum sarqitlari o’zlariga qarshi xavf sifatida ko’radi, yangi islohotlarni amalga oshishini passiv holatda ushlab turishga harakat qiladilar. Korrupsiya jinoyatlarini sodir qilgan shaxslar moddiy jihatdan boylik to’plash va qarindosh – urug’chilik munosabatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bunday xatti - harakatlar o’z navbatida davlatning qator sohalariga va jamiyatning ma’lum bir qismiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Shuningdek, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirilishiga to’siq bo’lishi mumkin.
Ikkinchidan, jinoiy va korrupsiya xatti – harakatlari jamiyatda o’rnatilgan qonun ustuvorligi, demokratiya tamoyillarining obro’sizlanishiga sabab bo’ladi. Bu holat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamiyatda obro’sining tushishiga olib keladi.
Uchinchidan, korrupsiya jamiyatning ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir etadi. Jamiyatdagi odamlarning huquqlari poymol etiladi,xalq hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarga passiv holda munosabat bildiradi. Aholining davlatga va amaldorlarga bo’lgan ishonchini yo’qqa chiqaradi
To‘rtinchidan, hokimiyat tizimida faoliyat yuritayotgan shaxslarning korrupsiya jinoyatlari bilan aloqada bo’lishi davlatning tashqarisida ham, ichida ham unga nisbatan ishonch yo’qoladi.
Beshinchidan, mansab mavqeidan foydalangan holda, davlat manfaatlaridan shaxsiy manfaatlarni ustun qo’yib maqsadi moddiy boyish bo’lgan shaxslar javobgarlikdan qutilish va g’ayriqonuniy yo’l bilan topilgan boyliklarni asrab qolish uchun turli harakatlarni amalga oshiradilar. Buning uchun hattoki davlatdagi vaziyatni beqarorlashtirishdan ham qaytmaydilar.
Oltinchidan, noqonuniy ravishda moddiy boylik to’plagan shaxslar hokimiyatga intilib amaldagi boshqaruv tizimiga suqilib kirishga harakat qiladilar va o’z guruhlarini kengaytiradilar. Bu kabi odamlar moddiy boylik evaziga o‘z manfaatlarini ko’zlab davlatdagi siyosiy tizimni izdan chiqarishga urinuvchi tashqi dushmanlar uchun yordam berishga harakat qiladilar
Yettinchidan, davlatdagi korrupsiya jinoyatlari fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagidan qaytaradi va shuningdek xorijlik investorlarini davlatdagi korrupsiyaning yuqori darajasi mamlakatga investitsiya olib kirish holatlariga to’siq bo’lib xizmat qiladi.
Davlatimizning ertangi kuniga befarq bo’lmagan insonlar bunday illatlarga qarshi turmog’i va mamlakat rivojiga o’z hissalarini qo’shishlari kerak. Halol yo’l bilan mehnat qilish, o’z salohiyati va iqtidorini shu mamlakat rivoji uchun safarbar etgan shaxslar bunday illatlarga qarshi tura olshi va mamlakatni ertangi kunini yaratishi mumkin.Shuningdek, jamiyatdagi odamlar korrupsiya va boshqa jinyatlarga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, har bir inson qarshi kurashsagina bunday illatlarning jamiyatda faoliyat yuritmasligiga chek qo’yish mumkinligini anglab yetishlari zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korrupsiya jinoyatlari jamiyat rivoji uchun to’siq ekanligini angladik. Agar biz bu illatga qarshi o’z vaqtida jinoiy-huquqiy hamda barcha jamiyat a’zolar birgalikda kurash olib bormasak, u jamiyatning barcha tarmoqlarida, xususan, eng birinchi navbatda, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, savdo, shunindek davlat hokimiyatida ham ,,ildiz otib’’, rivojlanishi mumkin.Agarda korrupsiyaga doir jinoyatlar avj olib ketsa, jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, iqtisodiyotning rivojlanishiga to’siq bo’lishi, odamlar o’rasida davlatga,hokimiyat organlari xodimlariga nisbatan ishonchsizlik holatini keltirib chiqaradi. Korrupsiya o’z navbatida davlatning iqtisodiy holatiga ta’sir ko’rsatib, uyushgan jinoyatchilik kabi jinoiy guruhlarning paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari uyushgan jinoyatchilik davlatning barqaror rivojlanishiga ham xavf soladi.

Download 47.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling