7-laboratoriya ishi Sementbeton qoplamalarni qurishda sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash Ishdan maqsad


Download 43.98 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi43.98 Kb.
#1144889
Bog'liq
7-laboratoriya ishi 5


7-laboratoriya ishi
Sementbeton qoplamalarni qurishda sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash

Ishdan maqsad: Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga asosan sementbeton qoplamalarini qurishda sifatni nazorat qilishni o‘rganish.

7.1. rasm. Sementbeton qoplamalarni qurishda sifat nazorati olib boriladigan asosiy ko‘rsatkichlar.
B – yo’l qoplamasi eni.
SHNQ 03.06.03-08 ga asosan sementbeton qoplamalarini qurishda sifatning quyidagicha nazorati olib boriladi:
12.57. Sementbeton qorishma tayyorlanganda quyidagilar nazorat qilinadi:
- doimo beton qorishma tayyorlashning texnologik rejimlariga rioya qilish;
- smenada kamida bir marta GOST 10181.0, GOST 10181.1, GOST 10181.2, GOST 10181.3 talabi bo‘yicha yutilgan havoning hajmi, joylashuvchanlik ko‘rsatgichi, ish qorishmasidagi kimyoviy qo‘shilmalar tarkibi, betonning siqilishga mustahkamligi uchta namunasini sinash, RSTUz 10180 ga binoan namuna tayyorlash va uni saqlash, RSTUz 8269 va RSTUz 8735 ga binoan to‘ldirgichlarning namligi (shu qatorda yog‘ingarchilik bo‘lganda);
- qorishmalarning sifati o‘zgarganda (joylashuvchanligi, yutilgan havoning va boshqalar) beton qorishmasidagi tarkiblarni meʼyorlashni beton qorishtirgichga zavod tayyorlovchi tomonidan yuborilgan ko‘rsatmaga asosan nazorat tortish, qum, chaqiq tosh yoki shag‘alning GOST 10060 bo‘yicha sifati; Sementni, to‘lg‘azuvchilarni, qo‘shimchalarni va suvni meʼyorlovchilar ishini tekshirishni o‘rnatilgan qoidaga asosan bajarish.
Betonning cho‘zilishdagi egilishi GOST 13015 bo‘yicha, siqilishga mustahkamligi RST Uz 742 bo‘yicha baholanadi.
12.58. Qoplamalar va asoslarni monolit betonlardan qurilganda quyidagilar nazorat qilinadi:
- doimiy- betonlash texnologik jarayonini va uni parvarishlashning talabiga rioya qilinishini, choklarni tayyorlash va germetizatsiyalash, armaturalarni va qistirmalarni chokka to‘g‘ri qo‘yish, qoplama yuzining bir tekislikdagi va chet qiyalarning mustahkamliigi;
- betonlashni boshlashdan oldin tortilgan sim va rels qoliplarni to‘g‘ri o‘rnatilganligi;
- smenada 1 martadan kam bo‘lmagan va beton yotqizilayotgan joydagi qorishmaning sifatini o‘zgarganida betonning mustahkamligini uchta nazorat namuna balka tayyorlab sinash, yaxshi joylashish va 12.57. band talabiga asosan yutilgan havoning hajmi, hamda yangi yotqizilgan betonni parvarishlash ishlarini parda xosil qiluvchi materiallar bilan 20x20 sm o‘lchamdagi qoplama qismining sifatini (beton yuzidan kasallangan pardani suv bilan yuvish, qolgan suvni olib tashlash, 10% tuzli kislota yoki 1% li fenolftalin qorishmani quish, 100 sm2 parda yuzasida ko‘pi bilan ikki nuqtada ko‘chirish yoki qizdirish nazorat etiladi).
Har smenada qoplamaning va asosni ravonligini tekshiriladi.
12.59. Yig‘ma temirbeton qoplamalar qurilganda quyidagilar tekshirilishi lozim:
- doimo plitalarni va birlashish elementlari ko‘rinishdagi butunligi ulashnishdagi payvandlashning va choklarni to‘ldirish sifati, qurilishdagi texnologik usulga rioya qilinishi, har smenada kamida bir marta plitalarning asos bilan birlashish(tekislovchi qatlam)ni yotqizilgan plitalarning qirralarini bir-biridan yuqori yoki pastligi bo‘ylama chokda 3 ta ko‘ndalang kesimda, ko‘ndalang choklarda esa 1 km da 10 ulanishda.


Konstruktiv bo‘lak, ish turi va nazorat o‘lchamlari

Baholash shartlari

“yaxshi”

“a’lo”




2.2. Qoplamani eni(yig‘ma monolit qoplamalar uchun shart emas)

2.2.1

Sementbeton asos va qoplamalar, tosh qoplamalar

Aniqlash natijalarini 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari loyihalanadigan 7,5 dan 10sm gacha, qolganlari ±5 sm gacha farq qilishi mumkin

Aniqlash natijalarini 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari loyihalanadigan 7,5 dan 10sm gacha, qolganlari ±5 sm gacha farq qilishi mumkin

2.3. Qatlam qalinligi

2.3.2

Asos va qoplamalarning turlari

Aniqlash natijalarini 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari loyihalanadigan minus 22(-15) dan ±30(20) mm gacha, qolganlari ±15(10) mm gacha farq qilishi mumkin

Aniqlash natijalarini 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari loyihalanadigan minus 22(-15) dan ±30(20) mm gacha, qolganlari ±15(10) mm gacha farq qilishi mumkin

2.4

Ko‘ndalang nishablari

Aniqlash natijalarini 10% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari loyihalanadigan minus 0,015(-0,10) dan ±0,030(0,015) gacha, qolganlari ±0,010(0,005) gacha farq qilishi mumkin

Aniqlash natijalarini 5% dan ko‘p bo‘lmagan ko‘rsatkichlari loyihalanadigan minus 0,015(-0,10) dan ±0,030(0,015) gacha, qolganlari ±0,010(0,003) gacha farq qilishi mumkin

2.6

Monolit sementbeton asos va qoplamalarida chok yonidagi plitalar yuzasining bir-biridan farqi

Aniqlash natijalarining 5% dan ko‘p bo‘lmagan o‘lchovda reyka tagida bo‘shliq 20 mm gacha, qolganlarida 10 mm gacha bo‘lishi lozim

Aniqlash natijalarining 2% dan ko‘p bo‘lmagan o‘lchovda reyka tagida bo‘shliq 20 mm gacha, qolganlari 10 mm gacha bo‘lishi lozim


Topshiriq: Sementbeton qoplamalarini qurishda og‘ish qiymatlarini bilish.
Download 43.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling