7-laboratoriya ishi xlorid kislota eritmariaro yuzaga keladigan diffusion potentsiallar farqini o’lchash va hisoblash diffuzion potensiallar


Laboratoriya ishining bajarilishi


Download 145.82 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi145.82 Kb.
#1116914
1   2   3
Bog'liq
biyofizika7

Laboratoriya ishining bajarilishi
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr (pH-metr), qutblanmaydigan elektrodlar (2 dona) va ular uchun mo`ljallangan shtativ, agarli (3 dona) va bo`sh (1 dona) sifonlar, xlorid kislotaning asosiy-0,1 N li eritmasi, 50 ml hajmga mo`ljallangan o`lchov silindri va stakanchalar (5 dona), filtr qog`oz.
Ishni bajarish: Maxsus ko`rsatma yordamida millivoltmetr bilan tanishib chiqilgach, asbob elektr tarmog`iga ulanadi va u qizib, o`z rejimiga tushib olguncha, (15 minut davomida) xlorid kislotaning asosiy eritmasidan uning quyidagi suyultirilgan eritmalarini - 0,01, 0,001 va 0,0001 N tayyorlab olinadi. O`lchash moslamasi 8-rasmda ko`rsatilgandek qilib yig`iladi, ya`ni xlorid kislotaning 0,1 n eritmasi qo`yilgan stakancha "a" holatda, 0,01 N li eritma quyilgan stakancha esa "σ" holatga joylashtiriladi. Stakanchalardagi eritmalar dastlab sifonchalar vositasida elektrodlarning kontakt eritmalari bilan ulanadi. So`ngra stakanchalardagi xlorid kislota eritmalari boshqa bir agarli sifon (3) vositasida o`zaro ulanadi. Eritmalarning qutblik holatlariga mos ravishda ularga aloqador elektrodlar millivoltmetrning klemmalariga ulanib, eritmalararo kelib chiqqan potensiallar farqi o`lchanadi va yozib olinadi. O`lchash bajarilgach, stakanchalararo joylashtirilgan agarli sifon ishlatilayotgan eritmalarning biri bilan to`ldirilgan sifon (3) ga almashtiriladi va sistemadagi potensiallar farqi yana o`lchanadi.

8-rasm. Xlorid kislotasining ikki xil eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion potensiyallar farqini o`lchashga mo`ljallangan qurilmaning chizmasi:
1-kontakt eritmalar (kaliy xloridning to`yingan eritmalari) ga tushirilgan qutblanmaydigan elektrodlar, 2-kontakt hosil qiluvchi sifonlar, 3-eritmalarni o`zaro ulovchi oraliq sifon, 4-ishlatilayotgan eritmalarning biri bilan to`ldiriladigan bo`sh sifon, "a" va "σ" - xlorid kislota eritmalarining potensial o`lchash paytidagi joylanish holatlari.

"σ" holatdagi 0,01 N li eritma 0,001 N li eritma bilan almashtiriladi. Bunda "a" holatdagi 0,1 N li eritma o`z joyida qoldiriladi. Eritmalarning yangi juftlari dastlab agarli sifon, so`ngra, o`sha eritmalarning biri bilan to`ldirilgan sifon vositasida ulanib, har, ikki holatda, ular aro kelib chiqqan diffuzion potensiallar farqlari o`lchanib yozib olinadi. Ish davomida eritmalarning quyidagi ular aro yuzaga chiqadigan potensiallar farqlari o`lchanadi:



  1. jadval.

Variantlar

Xlorid kislota eritmalari




“a” holatdagi stakan

"σ" holatdagi stakan

1

0,1 N

0,01 N

2

0,1 N

0,001 N

3

0,1 N

0,0001 N

4

0,01 N

0,001 N

Variantlar bo`yicha o`lchovlar bajarilgach, 2-tenglamaga binoan, variantlarning har bir jufti uchun ularga mos potensiallar farqi kattaliklari hisoblab topilib, quyidagi jadvalga yozib boriladi.





Download 145.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling