7-laboratoriya ishi xlorid kislota eritmariaro yuzaga keladigan diffusion potentsiallar farqini o’lchash va hisoblash diffuzion potensiallar
Laboratoriya ishining bajarilishi
Download 145.82 Kb.
|
biyofizika7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish
- 8-rasm. Xlorid kislotasining ikki xil eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion potensiyallar farqini o`lchashga mo`ljallangan qurilmaning chizmasi
Laboratoriya ishining bajarilishi
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr (pH-metr), qutblanmaydigan elektrodlar (2 dona) va ular uchun mo`ljallangan shtativ, agarli (3 dona) va bo`sh (1 dona) sifonlar, xlorid kislotaning asosiy-0,1 N li eritmasi, 50 ml hajmga mo`ljallangan o`lchov silindri va stakanchalar (5 dona), filtr qog`oz. Ishni bajarish: Maxsus ko`rsatma yordamida millivoltmetr bilan tanishib chiqilgach, asbob elektr tarmog`iga ulanadi va u qizib, o`z rejimiga tushib olguncha, (15 minut davomida) xlorid kislotaning asosiy eritmasidan uning quyidagi suyultirilgan eritmalarini - 0,01, 0,001 va 0,0001 N tayyorlab olinadi. O`lchash moslamasi 8-rasmda ko`rsatilgandek qilib yig`iladi, ya`ni xlorid kislotaning 0,1 n eritmasi qo`yilgan stakancha "a" holatda, 0,01 N li eritma quyilgan stakancha esa "σ" holatga joylashtiriladi. Stakanchalardagi eritmalar dastlab sifonchalar vositasida elektrodlarning kontakt eritmalari bilan ulanadi. So`ngra stakanchalardagi xlorid kislota eritmalari boshqa bir agarli sifon (3) vositasida o`zaro ulanadi. Eritmalarning qutblik holatlariga mos ravishda ularga aloqador elektrodlar millivoltmetrning klemmalariga ulanib, eritmalararo kelib chiqqan potensiallar farqi o`lchanadi va yozib olinadi. O`lchash bajarilgach, stakanchalararo joylashtirilgan agarli sifon ishlatilayotgan eritmalarning biri bilan to`ldirilgan sifon (3) ga almashtiriladi va sistemadagi potensiallar farqi yana o`lchanadi. 8-rasm. Xlorid kislotasining ikki xil eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion potensiyallar farqini o`lchashga mo`ljallangan qurilmaning chizmasi: 1-kontakt eritmalar (kaliy xloridning to`yingan eritmalari) ga tushirilgan qutblanmaydigan elektrodlar, 2-kontakt hosil qiluvchi sifonlar, 3-eritmalarni o`zaro ulovchi oraliq sifon, 4-ishlatilayotgan eritmalarning biri bilan to`ldiriladigan bo`sh sifon, "a" va "σ" - xlorid kislota eritmalarining potensial o`lchash paytidagi joylanish holatlari. "σ" holatdagi 0,01 N li eritma 0,001 N li eritma bilan almashtiriladi. Bunda "a" holatdagi 0,1 N li eritma o`z joyida qoldiriladi. Eritmalarning yangi juftlari dastlab agarli sifon, so`ngra, o`sha eritmalarning biri bilan to`ldirilgan sifon vositasida ulanib, har, ikki holatda, ular aro kelib chiqqan diffuzion potensiallar farqlari o`lchanib yozib olinadi. Ish davomida eritmalarning quyidagi ular aro yuzaga chiqadigan potensiallar farqlari o`lchanadi: jadval.
Variantlar bo`yicha o`lchovlar bajarilgach, 2-tenglamaga binoan, variantlarning har bir jufti uchun ularga mos potensiallar farqi kattaliklari hisoblab topilib, quyidagi jadvalga yozib boriladi. Download 145.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling