7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар


Download 45.78 Kb.
bet3/12
Sana09.06.2023
Hajmi45.78 Kb.
#1468317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-laboratoriya

6. Peregonga yordam ko‘rsatish uchun jo‘natilayotgan tiklash, o‘t o‘chirish poyezdi lokomotivi, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi yoki yordamchi lokomotivning mashinisti, diagonali bo‘ylab qizil polosali oq blankadagi ruxsatnomada ko‘rsatilgan joyga ikki kilometr qolganda tezlikni kamaytirishi va shundan so‘ng o‘ta ehtiyotkorlik va to‘siq oldida darhol to‘xtashga tayyor holda harakatlanishi shart.
Yordam talab qilingan poyezdga yoki harakatni tiklash (o‘t o‘chirish, uyumni tozalash va h.z.) uchun ishlarni bajarish zarur joyga yetmasdan mashinist poyezdni to‘xtatishi va shundan so‘ng normal harakatni tiklash bo‘yicha ishlarni boshqarayotgan shaxsning ko‘rsatmalariga binoan harakatlanishi lozim. Yordamchi lokomotiv mashinisti belgilangan manzilga yetib kelgandan so‘ng, o‘z harkatlarini to‘xtab qolgan poyezd mashinisti bilan muvofiqlashtiradi.


7. Tiklash, o‘t o‘chirish poyezdi, yordamchi lokomotiv, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibini peregonga jo‘nagan va peregondan qaytgan vaqtini stansiya navbatchisi poyezdlar harakati jurnalida qayd etishi va bu to‘g‘rida darhol peregonni chegaralovchi qo‘shni stansiya navbatchisi va poyezd dispetcheriga xabar qilishi lozim.


8. Vujudga kelgan to‘siqlarni bartaraf qilish ishlarida ishtirok etgan yo‘l xizmati (lavozimi yo‘l ustasidan kichik bo‘lmagan) katta xodimining peregon bo‘ylab harakatni tiklash mumkinligi to‘g‘risidagi (yozma, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan) xabarnomasi asosida poyezd dispetcheri bergan buyruqqa ko‘ra peregon yoki tegishli yo‘l poyezdlar harakati uchun ochiladi.
Kontakt tarmog‘i shikasti bartaraf qilingani to‘g‘risida xabarnoma tiklash ishlariga rahbarlik qilgan elektr ta’minoti distansiyasi xodimining xabarnomasiga asosan energodispetcher tomonidan uzatiladi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda blokirovka qurilmalari ishdan chiqqanda, avtomatik blokirovka bo‘yicha poyezdlar harakatini tiklash uchun SSB elektromexanigining tegishli xabarnomasini olishi lozim.
Harakat tarkibi izdan chiqmagan va peregonda biron-bir qurilmaning shikastlanishi bo‘lmagan bo‘lsa, yordamchi lokomotiv mashinistining ma’lumoti yoki yordam ko‘rsatish ishlariga rahbarlik qilgan xodimning peregondan tarkib chiqarilib, peregon bo‘shaganligi xaqidagi ma’lumotidan so‘ng poyezdlar harakati ochiladi.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo‘llik peregonlarda ushbu peregonning tegishli yo‘li, to‘xtab qolgan poyezd tarkibini to‘g‘ri yo‘ldan olib chiqish boshlangani xaqidagi yordamchi lokomotiv mashinistidan radio aloqa orqali xabar olinganidan so‘ng ochilishi mumkin.



Download 45.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling