7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар


Download 45.78 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi45.78 Kb.
#1468317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-laboratoriya

9. Peregonda poyezd ajrab ketganda (uzilganda) mashinist quyidagilarni bajarishi shart:
sodir bo‘lgan voqea xususida radio aloqa orqali peregonda harakatlanayotgan poyezdlar mashinistlari va peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilariga xabar berishi lozim, ular esa o‘z navbatida bu to‘g‘rida poyezd dispetcheriga xabar qiladilar. Radio aloqa bo‘lmaganda xabar TFQ da belgalangan tartibda aloqaning boshqa vositalari orqali uzatiladi;
mashinist o‘z yordamchisi orqali tarkibning va ajrab ketgan vagonlarning biriktirish asboblarining holatini tekshirib ko‘rishi va ular soz bo‘lsa, poyezd tarkibini biriktirishi lozim. Birlashtirish maqsadida tarkibning ajrab ketgan qismlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan to‘xtatish lozim, bunda vagonlar urilishidagi tezlik 3 km/soat dan oshmasligi lozim;
shikastlangan tormoz yenglarini zahirada mavjudlari yoki oxirgi vagondan yoki lokomotivning oldingi brusidan yechib olinganlari bilan almashtirish kerak.
Poyezd tarkibining ajrab ketgan qismlarini 20 minut va undan ortiq vaqtda biriktirishni iloji bo‘lmagan barcha holatlarda lokomotivning mashinisti, poyezdning lokomotivsiz qolgan qismi tormoz boshmoqlari va qo‘l tormozlari bilan mahkamlanishi uchun choralar ko‘rishi shart.
Ajrab ketgan qismlar birlashtirilgandan so‘ng mashinist yordamchisi so‘nggi vagonning nomeri va unda poyezd signalining mavjudligi bo‘yicha tarkibning butligiga ishonch hosil qiladi. Harakat boshlanishidan avval vagon g‘ildiraklari ostidan tormoz boshmoqlari chiqarilishi, qo‘l tormozlari qo‘yib yuborilishi va tormozlarning qisqa sinovi o‘tkazilishi lozim.


10. Quyidagi holatlarda peregonda poyezd qismlarini biriktirish taqiqlanadi:
a) signallarni farqlash qiyin bo‘lgan tuman, qor bo‘roni va boshqa noqulay sharoitlarda;
b) uzilgan qism 0,0025 dan tikroq qiyalikda joylashgan bo‘lib, birlashtirish zarbidan poyezd harakatiga qarama-qarshi tomonga ketib qolishi mumkin bo‘lsa.
Favqulotda holatlarda tarkibning ajrab qolgan qismi bilan birlashtirish uchun ushbu Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda orqadan kelayotgan poyezd lokomotividan foydalanish mumkin.



Download 45.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling