7 Laboratoriya ishi Yong‘inga qarshi va tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlar harakati Умумий қоидалар


Download 45.78 Kb.
bet2/12
Sana09.06.2023
Hajmi45.78 Kb.
#1468317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-laboratoriya

4. Yordam to‘g‘risida talab qabul qilgan poyezd dispetcheri bu xaqda darhol YaDM ning yo‘nalish bo‘yicha navbatchisiga xabar qiladi.
YaDM ning yo‘nalish bo‘yicha navbatchisi va poyezd dispetcheri peregonni chegaralovchi qaysi stansiyadan yordam ko‘rsatilishi va zarurat tug‘ilganda vagonlar qaysi stansiyaga olib chiqilishini birgalikda aniqlaydilar.
Poyezd radio aloqasi mavjudligida yordam ko‘rsatishning belgilangan tartibini poyezd dispetcheri (bevosita yoki stansiya navbatchisi orqali) to‘xtab qolgan poyezd mashinistiga yetkazishi lozim.
Poyezd dispetcheri tiklash, o‘t o‘chirish poyezdlari va yordamchi lokomotivlarning jadal harakatlanishini ta’minlashi va tegishli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, poyezdni ishga tayyorlab borish uchun hodisa sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni tiklash (o‘t o‘chirish) poyezdlari boshliqlariga ma’lum qilishi shart.


5. Boshqa poyezdlar harakati uchun yopiladigan peregonga tiklash, o‘t o‘chirish poyezdlari, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlar barcha holatlarda ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda jo‘naydilar. Lokomotiv mashinistiga diagonali bo‘ylab qizil polosali oq blankada ruxsatnoma (DU-64 aklidagi blank __-betda keltirilgan) beriladi. Unda talabnomaga asosan va poyezdning qaysi tomonidan (oldidan yoki ortidan) yordam ko‘rsatilishiga bog‘liq ravishda tiklash, o‘t o‘chirish poyezdi yoki yordamchi lokomotiv yetib borishi lozim bo‘lgan joy (kilometr) ko‘rsatiladi.
Yordam poyezdning ortidan ko‘rsatilsa, unda talabnomada ko‘rsatilgan kilometr poyezdning uzunligini hisobga olib o‘zgartiriladi.
To‘siq joyida peregonda poyezdlarning harakati uchun yordamchi post ochilgan holatlarda ham mashinistga diagonali bo‘ylab qizil polosali oq blankadagi ruxsatnoma beriladi. Bunda tiklash, o‘t o‘chirish poyezdlari va yordamchi lokomotivlarning harakati peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarining post navbatchisi bilan ilgaridan kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarga yordamchi lokomotivlarni jo‘natish tartibi ushbu Yo‘riqnomaning 61 bandida belgilangan.



Download 45.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling