7-laboratoriya mashg’uloti. Bog'langan ro'yxat
Download 218 Kb.
|
7-laboratoriya mashguloti MTA 2020 2021
10–variant. Fayl tizimida fayllar kataloglari chiziqli ro’yxat ko’rinishida tasvirlangan.
Har bir fayl uchun katalogda quyidagi ma’lumotlar mavjud: fayl nomi; yaratilgan vaqti; faylga murojaatlar soni. Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: fayl katalogini chiqarish; yaratilgan vaqti ko’rsatilgan vaqtdan kichik bo’lgan fayllarni o’chirish; fayllarni ko’proq murojaat qilinganligi bo’yicha tanlash. Dastur menyu ѐrdamida ishlashi va kiritish jaraѐnidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak. 11–variant. Bir nechta dasturlar uchun ѐrdamchi matnlar chiziqli ro’yxat ko’rinishida tashkil etilgan. Har bir ѐrdamchi matn komponentasi termin (so’z) va shu terminni tushuntiruvchi matndan tashkil topgan. Bir terminga bog’langan matn satrlari soni birdan beshtagacha bo’lishi mumkin. Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: ѐrdamchi matnning dastlabki tuzilishi; ѐrdamchi matnni chiqarish; kiritilgan termin bo’yicha tushintiruvchi matnni chiqarish. Dastur menyu ѐrdamida muloqot qilish va kiritish vaqtidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak. 12–variant. Kvartira ayirboshlash byurosida kartoteka chiziqli ro’yxat tarzida tashkil etilgan. Har bir kvartira haqidagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: xonalar soni; qavat; maydoni; manzili; Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: katalogning dastlabki formirovkasi; ayirboshlash uchun ariza qabul qilish; kartotekalar ichidan keraklisini topish: xonalar soni va qavati mos kelgan va maydoni orasidagi farq 10% bo’lgan kvartiralarni chiqarish va ro’yxatdan o’chirish. Aks holda arizani ro’yxatga qo’shib qo’yish; barcha ro’yxatlarni chiqarish. Dastur menyu ѐrdamida muloqot qilish va kiritish vaqtidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak. 13–variant. Inglizcha-ruscha lug’at ikkilik daraxt ko’rinishida tashkil etilgan. Har bir komponenta inglizcha so’zdan va shu so’zga mos keluvchi ruscha so’zlardan shu bilan birga shu komponentaga qilingan murojaatlar sonidan tashkil topgan. Dastavval daraxt ingliz alfaviti tarzida tartiblangan. Qo’llanilish vaqtida har bir komponentaga qilingan murojaat uning schetchigini bittaga oshiradi. Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: aniq bir murojaatlar soni bilan keltirilgan lug’atning dastlabki holatini ta’minlash; quyidagi algoritm asosida lug’atni quyidagi tarzda tashkil qilsin: a) eski lug’atdan schetchik eng yuqori qo’yilgan komponentani qidirish; b) topilgan komponenta yangi lug’atga keltiriladi va eskisi o’chiriladi; v) toki chiquvchi lug’at vujudga kelmaguncha dastlabki a) bo’limga o’tish. chiquvchi va yangi lug’atni chiqarish. Dastur menyu ѐrdamida muloqot qilish va kiritish vaqtidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak. 14–variant. Aholining so’rov anketasi ikki xil so’rovlar guruhidan iborat. Birinchi guruh respondent haqidagi ma’lumotlardan tashkil topgan: ѐshi; jinsi; ma’lumoti (boshlang’ich, o’rta, yuqori). Ikkinchi guruh anketaning maxsus savollaridan tashkil topgan, bu savollarga faqat “HA” ѐki “YO’Q” deb javob berish kerak bo’ladi. Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: anketalarning dastlabki shaklidan chiziqli ro’yxat tashkil etish; anketalar tahlili asosida quyidagi savollarga javob topilishi kerak: a) 40 ѐshdan katta bo’lgan oliy ma’lumotli erkaklardan nechtasi anketa savollariga “HA” deb javob berdi; b) 30 ѐshdan kichik o’rta ma’lumotli bo’lgan aѐllardan nechtasi anketa savollariga “YO’Q” deb javob berdi; v) 25 ѐshdan kichik boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lgan erkaklardan nechtasi anketa savollariga “HA” deb javob berdi; barcha anketa va savollarga javoblarni chiqarish. Dastur menyu ѐrdamida muloqot qilish va kiritish vaqtidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak. 15–variant. Kutubxonada mavjud kitobning ayni vaqtdagi holati haqidagi ma’lumotlar bilan ishlovchi dastur yarating. Har bir kitob quyidagi ma’lumotlardan tashkil topadi: UDK nomeri; Muallif ismi sharifi; Nomi; Nashr etilgan sanasi; Kitobning kutubxonadagi miqdori; Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak: kutubxonadagi barcha kitoblar haqidagi ma’lumotlarni ro’yxat ko’rinishida tasvirlash; kutubxonaga kelgan yangi kitob haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatga qo’shish; chiqarib tashlangan kitob haqidagi ma’lumotlarni o’chirib tashlash; so’rov bo’yicha kutubxonada mavjud kitoblar haqidagi ma’lumotlarni nashr etilgan sanasi bo’yicha tartiblab chiqarish. Download 218 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling