7-laboratoriya mashg’uloti. Donning orgonoleptik va fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash
Download 15.33 Kb.
|
7 лабя
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bug’doy donining shaffofligini aniqlash.
- Bug’doy donining mutlaq (1000 ta don ) massasini aniqlash
- Bug’doy donining naturasini aniqlash.
- Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash
7-laboratoriya mashg’uloti. Donning orgonoleptik va fizik-kimyoviy sifat ko'rsatkichlarini aniqlash Ma’lumki, donning fizikaviy xossalariga uning oquvchanligi, o’z-o’zidan saralanishi, bo’shliqliligi, issiqlik siimi, issiqlik o’tkazuvchanligi, temperatura o’tkazuvchanligi va issiqlik namlik o’tkazuvchanligi kirsa, fizik-kimyoviy xususiyatlariga esa geometrik xarakteristkalari, yirikligi va tekislanganligi, naturasi va solishtirma hajmi, 1000 ta donning massasi, shaffofligi kiradi.
Bug’doy, sholi, arpa, javdar, makkajuxori uchun don mazi ichki tuzilish holati (konsistenstiyasi) katta ahamiyatga ega , chunki bu qayta ishlash jarayonida donning xarakterini, shuningdek mahsulotning iste’molpoblik xossalarini namoyon qiladi. Bug’doy doni endospermasi unsimon, to’la shishasimon va engil qoraygan shishasimonli ( shishasimon qismi kesilgan donning 3\4 qismini tashkil qiladi). Bular yarim shishasimonli deb aytiladi. Shishasimon dondan zarracha xolida un olinadi, unning chiqishi unsimon donga nisbatan ko’p, Amma shishasimonli donni maydalash uchun ko’p energiya sarf qilinadi. Unsimon mazli dondan yumshoq un olinadi, lekin tarkibida oqsil moddalari shishasimonli dondan olingan unga nisbatan kam. Donning shishasimonligini aniqlash uchun donning iflosligini aniqlagandan so’ng qolgan donidan 100 dona sanab olinadi va 2 xil usulda tekshiriladi, diafanaskopda yo’naltirilgan yorulik yordamida yoki donni ko’ndalang kesib qarab aniqlanadi. Diafanaskop orqali shishasimolikni aniqlash quyidagicha bajariladi: diafanaskop kassetasiga bug’doy yoki qobii olingan sholi tukiladi va silkitish orqali kassetaning 100 ta xonachasini to’ldirishga erishiladi. Kassetani diafanaskop korpusiga shunday o’rnatish kerakki, bunda qurish maydoni xonachalarining birinchi qatori ko’rinib tursin. Hisoblagich qo’l harakati bilan boshqariladi, so’ngra diafanaskop okulyari orqali donlarning birinchi qatori bo’yicha butunlay shishasimon va unsimon donlar hisoblanadi. Yarim yoru o’tkazuvchi donlar hisobga olinmaydi. O’nta qatorni ham ko’rib chiqqandan so’ng hisoblagichning quyi tablosida shishasimonlikning umumiy foiz, yuqorigi tablosida esa – butunlay shishasimon donlarning miqdori ko’rsatiladi. Umumiy shishasimonlikni, shuningdek 100 ta donning o’rtasidan ko’ndalang kesish orqali ham aniqlash mumkin. Kesilgan har bir donning shishasimonligi, unsimonligi va qisman shishasimonligi aniqlanadi. Har bir guruh hisoblanadi va umumiy shishasimonlik foiz hisobida quyidagi formula orqali hisoblanadi: U=T+Y/2 Bu erda:
U-umumiy shaffofliklik, %; T- to’la shaffofli maizlar miqdori, dona; Ya- yarim shaffofli maizlar miqdori, dona. Aniqlangan natijalar butun sonlar orqali ifodalanadi. Bu ko’rsatkich don mazi mikrostrukturasining xususiyatlarini ifoda etadi va bug’doy, sholi, arpa, javdar, tritikale donlari uchun qo’llaniladi. Shaffofsimon dondan un tortilganda mazi oson ajraladi, un esa yuqori nonboplik xossalarga ega bo’ladi. Shaffofsimon arpa donidan olingan dursimon va maydalangan yorma tez pishadi, yormaning o’zi esa yaxshi tovar ko’rinishiga ega bo’ladi. Un tortish amaliyotida bug’doy doni uchun shaffoflikning uchta guruxi o’rnatilgan: 40 % gacha, 40 dan 60 % gacha va 60 % dan yuqori. Un tortish turkumlarini shakllantirishda shaffoflikni 50...60 % darajasi ushlab turiladi. Bug’doy donining mutlaq (1000 ta don ) massasini aniqlash Bu ko’rsatkich donning yirikligi, unning shaffofligi, zichligi bilan ijobiy bog’langan, shuning uchun u donning texnologik xossalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Qobiqli (yormabop) donlarda mag’iz miqdori 1000 ta donning massasi kamayishi bilan birga kamayadi, bir vaqtning o’zida ularning qobiqdorligi oshadi. Navli un tortishda 1000 ta donning oirligi 40 g dan yuqori bo’lgan yirik frakstiyada, 1000 ta donnini oirligi 23 g dan kam bo’lgan mayda frakstiyaga nisbatan unning chiqishi 3 – 5 % ga yuqori bo’ladi. Bug’doy donining naturasini aniqlash. Donnig naturasi 1 litr donning grammlarda ifodalangan hajmiy og’irligi, shuningdek bir gektolitr donning qilogrammlarda ifodalangan oirligi. Donning naturasi asosan bir litrli purkada yoki yigirma litrli purkada anaqlanadi. Yigirma litrli purkada eksport uchun mo’jallangan donlarning naturasini tekshiriladi. Donning hajmiy oirligi uning asosiy unboplik xossalarini baholovchi ko’rsatgich hisoblanadi: hajmiy og’irlik qanchalik yuqori bo’lsa, bu dondan shunchalaik ko’p un olish mumkin. Don tarkibida begona aralashmalar bo’lishi hajmiy oirlikni noto’ri ko’rsatadi, shuning uchun begona aralashamalarni ajratish maqsadida aniqlanayotgan don diametri 6 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Donning namligi yuqori bo’lsa, uning hajmiy og’irligi pasayadi. Don naturasining ko’rsatkichidan boliq holda asosiy ekinlarning donlari bo’yicha kategoriyalari aniqlangan. Donning hajmiy oirligi bu 1 litr hajmdagi donning grammlarda ifodalangan og’irligidir. Donning hajmiy oirligi qanchalik katta bo’lsa, u shuncha yaxshi rivojlangan, yirik bo’ladi. Hajmiy og’irlik kattaligi donning shakliga, namligiga, yirikligiga, ifloslanganligi va aralashmalar turidan boliq. Agar hajmiy oirligi 740 g/litrdan kam bo’lganda unning chiqishi har bir 17 g/l, hattoki 13 g/l hajmiy og’irlikning pasayishiga 1 % dan kamayadi. Hajmiy oirligi 740 g/l dan yuqori bo’lganda uning ta’siri kamroq bo’ladi, hajmiy og’irligi kamayganda unning sifati yomonlashadi. Donning naturasi 1 litr donning grammlarda ifodalangan xajmiy og’irligi, shuningdek bir gektolitr donning kilogramlarda ifodalangan og’irligi. Donning naturasi asosan bir litrli purkada yoki 20 litrli purkada aniqlanadi. 20 litrli purka eksport uchun mo’ljallangan donlarning naturasini tekshirish uchun ishlatiladi.
Purkaning o’lchagich sig’imi 20 l ga mo’ljallangan. U ikkita rels ustida donni to’ldirish joyidan tarozigacha va teskari yo’nalishda osongina harakatlanadi. Purka to’ldirgich (quyuvchi varonka), tekislovchi pichoq, tarozi toshlari, don solinadigan idish (24 l) lardan tashkil topgan. Donni solishdan avval o’lchagich tayanchgacha harakatlantirilib tiraladi. Quyuvchi varonkaning pastki teshigi to’sgich yordamida yopiladi. Tarozi pallalarining to’xtashiga mo’ljallangan moslama bilan jihozlangan. Idishga 24 l don solinadi. Idish ko’tarilib, pastki to’sgich bilan yopilgan varonkaga don quyuladi. Shundan so’ng to’sgich ochilib, don o’lchagichni to’ldiradi. Tekislovchi pichoq siljitilib, ortiqcha don tushiriladi va don bilan to’ldirilgan o’lchagich tortiladi. O’lchashda hisobni osonlashtirish maqsadida kilogrammli toshlar pallaning pastki qavatiga, grammli toshlar esa yuqorigi qavatiga qo’yiladi. Donning har qaysi namunasi bo’yicha natura ikki marta aniqlanadi. 20 litrlik purkadan ikkita parallel nazorat va orbitraj aniqlashlar orasidagi farq suli uchun 35 g/l boshqa barcha ekin donlari uchun 20 g/l dan oshmasligi kerak. Bunda namunalar 10 g miqdordagi aniqlik bilan tortiladi. Donning naturasi GOST 10840 – 64 ―don naturasini aniqlash‖ bo’yicha berilgan usullarda aniqlanadi. Donning xajmiy oirligi donning asosiy unboplik xossalarini baholovchi ko’rsatkich hisoblanadi: xajmiy og’irlik qanchalik yuqori bo’lsa, bu dondan shunchalik ko’p un olish mumkin. Don tarkibidagi begona aralashmalar xajmiy oirlikni noto’ri ko’rsatadi, shuning uchun begona aralashmalarni ajratish maqsadida aniqlanayotgan don diametri 6 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Donning namligi yuqori bo’lsa, uning xajmiy oirligi pasayadi. Don naturasining ko’rsatkichidan bog’liq holda asosiy ekinlarning donlari bo’yicha kategoriyalari aniqlangan. Download 15.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling