5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta'lim oluvchilarga «aniq» ilmiy bilimlarni berish va ularning o'zlashtirilishini ta'minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o'rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Shaxs muayyan (o'rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo'lsagina qadriyat sifatida e'tirof etiladi degan g'oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So'nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta'limni ijtimoiy institutlar, ya'ni, maktab va oliy ta'lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g'oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» - komputerlar vositasida ta'lim dasturlariga (masofadan o'qitish) muvofiq o'qitish samarali deya hisoblaydi.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. O'quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiv va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko'ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko'ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko’rib bo’lmaydi.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’yektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog’liqlikda aniqlashtiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |