7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi


-rasm. O’zbekistonda suvlarni ifloslovchi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana13.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1193522
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi

3-rasm. O’zbekistonda suvlarni ifloslovchi 
asosiy tarmoqlar 
Kommunal-maishiy oqovalarining 50% dan ortig’i Toshkent va Samarqand 
viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Suvlarga pestitsidlar va zaharli kimyoviy birikmalarning ko’plab tushishi 
natijasida respublikaning ayrim hududlarida ichimlik suvi muammosi keskinlashib 
ketdi. Ayniqsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv 


sifatining yomonligi kasalliklarning ortishiga olib keldi. Buxoro va Qashqadaryo 
viloyatlarining qishloq aholisi yaxshi sifatli suv bilan nisbatan kamroq 
ta’minlagan.
Oxirgi yillarda yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi kuzatilmoqda. 
Farg’ona-Marg’ilon sanoat rayonida neft mahsulotlari va fenollar bilan yer osti 
suvining ifloslanishi REM dan yuz barobargacha ortganligi qayd qilingan. 
Toshkent viloyatida ham yer osti suvlarining mahalliy o’ta yuqori ifloslanishi 
kuzatiladi. Respublika bo’yicha ifloslangan oqava suvlar hajmi yiliga 150 mln. m
3
ni tashkil qiladi. 2004-yili kollektor-drenaj suvlari oqimi 23478 mln. m
3
ni tashkil 
qilgan.
O’zbekiston Respublikasida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida 
ilg’or chet el texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug’orish, suvlardan 
takror foydalanish, suv hisoblagichlarini o’rnatish, oqovalarni tozalash shular 
jumlasidandir. Suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari faoliyat olib bormoqda. 
Suv havzalariga tushadigan sanoat oqovalari keyingi besh yil ichida ikki yarim 
marta kamaygan. Suvlarni me’yoridan ortiq ifloslaganligi uchun jarima va 
to’lovlar belgilangan. O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus 
«Suv va suvdan foydalanish to’g’risida" (6 may. 1993 y.) qonuni asosida amalga 
oshiriladi. Ushbu qonuni takomillashtirish, suvdan foydalanish to’g’risida 
qo’shimcha qonunlar, birinchi navbatda «Ichimlik suv to’g’risida»gi qonun qabul 
qilinishi zarurdir. Suvlardan oqilona foydalanish va suv havzalarini ifloslanishdan 
saqlashni ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki, ekologik ta’lim va 
tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling