7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi
OROL VA OROLBO’YI MUAMMOLARI
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm.Orol dengizinin qurishi
OROL VA OROLBO’YI MUAMMOLARI
Orol va Orolbo’yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Orol tangligi eng yirik regional ekologik xalokatlardan biri bo’lib, dengiz havzasida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi, shu jumladan O’zbekiston aholisining katta qismi ham uning ta’siri ostida yashamoqda. Yaqin o’tmishda dunyodagi eng yirik ko’llaridan hisoblanadigan Orol dengizi tezlik bilan qurib bormoqda. Orol dengizining qurishiga asosiy sabab Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug’orishga ishlatilishi natijasida oqimining keskin kamayib ketishidir. 4-rasm.Orol dengizinin qurishi O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlar maydonining ortib borishi va suvdan noto’g’ri foydalanish Orol dengizining taqdirini hal qilib qo’ydi. So’nggi 40-45 yil ichida dengiz sathi 22 metrga(1961-yilda 53 m.) pasaydi va suv hajmi 1064 km z dan 115 km 3 ga tushib qoldi, uning o’rnida sho’rxoklar va harakatchan qumlar vujudga keldi 2004-yil oxirida dengiz sathi 28,5 metr mutlaq balandlikda bo’lganligi qayd etildi. Buning oqibatida uning 45 ming km 2 qismi qurib, quruqlika aylandi. Dengiz suvi sho’rligining o’rtacha ko’p yillik ko’rsatkichi 9-11g litr bo’lsa, hozirda 72 g litrdan ham ortgan va dengiz biomahsuldor havza sifatida o’z ahamiyatini yo’qotdi. Biologik xilma–xillik keskin kamaydi. Dengiz mintaqasidagi 174 tur hayvon turlari soni 38 tagacha qisqardi (Akimova,1998). Orol dengizining qurishi Orolbo’yi mintaqasida ijtimoiy ekologik vaziyatning og’irlashishiga olib keldi. Har yili Orolning qurigan tubidan 15- 75 million tonnagacha tuz va chang ko’tarilib, juda katta havo, tuproqlarning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orolbo’yida tabiiy va antropogen cho’llashishning sur’atlari ortib bormoqda. Orol dengizini asl holiga qaytarish imkoniyatlari qolmadi. Mavjud sharoitlarda Orol dengizining sathini saqlab qolishning ham iloji yo’q. Orolning qurigan o’rnida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko’rish uchun sun’iy o’rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. 1981 yildan boshlab dengizning qurigan qismida daraxt va butalar-oq va qora saksovul, qandim, cherkez va boshqa o’simliklar o’stirilishi boshlandi, yaxshi natijalar berdi va hozirda har yili 25 ming gektar o’rmonlar tashkil qilinmoqda. Dengizning yangi ochilayotgan tubi tuz bilan qoplanib qolayapti va o’simliklar mutlaqo o’smasligi mumkin. Orol va Orolbo’yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Banki va turli davlat hamda nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling