7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi
7-ma’ruza. Gidrosfera ekologiyasi 1.Gidrosfera, uning tarkibi va asosiy xususiyatlari. 2.Biosferada suvning ahamiyati va suvdan foydalanish muammolari. 3.Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalar va ifloslovchi birikmalar. 4.Ifloslangan suvlarni tozalash usullari. Suvlarni takror ishlatish texnologiyasi. 5.Dunyo okeanining ekologik muammolari va ularni hal qilish yo’llari. 6.O’zbekistonning asosiy suv manbalari va ulardan oqilona foydalanish muammolari. 7.O’zbekistonda suvlarning ifloslanishi va uning oldini olishni yo’llari. 8.Orol dengizi muammosining kelib chiqish sabablari. Tayanch iboralar: suv qobig’i, gidrosferaning tarkibi, suvning ahamiyati, suvning tabiatda tarqalishi, chuchuk suv zahirasi, suvni tozalash metodlari, dunyo okeani, suvning taqsimlanishi, Orol dengizi, orolbo’yi mintaqasi Suv yerdagi hayotning mazmuni hisoblanadi. Barcha tirik orgnanizmlar uchun yirik ingridient hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ko’pchilik organizmlarning tanasini 50 foizdan 95 foizigacha suvdan tarkib topgan. Fotosintez, transpiratsiya va boshqa barcha hayotiy jarayonlar suv ishtirokida yuz beradi. Suv suv havzalari, daryolar va ko’llardan foydalanilib, kishilar uy xo’jaligi, biznes, qishloq xo’jaligi va mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishadi. Biroq suvdan foydalanish hozirgi paytda ortib ketmoqda. Osimlik va hayvonlarga suv yetishmasligiga ham insoniyat sabachi bo’lib qolmoqda. Chunki, tejamkorlik bir maromda ketganicha yo’q. Qishloq xo’jaligida o’g’itlarning qoldiqlarini suvga tashlanishi, yoki ko’llarda va xovuzlarda suv o’tlarining ko’payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ko’l va xovuzlarda suv o’tlarining ko’payib ketishi suvda erigan kislorodni tanqisligini vujudga keltiradi va zooplanktonlarning hayotiga zomin bo’ladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling