7-ma’ruza. Giltuproqli sement, kimyoviy tarkibi, xom ashyo, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari, ishlatilishi


Download 243.71 Kb.
bet5/5
Sana04.01.2023
Hajmi243.71 Kb.
#1077907
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu. Giltuproqli sementlar

Ishlatilishi. Giltuproq sement temir-beton konstruksiyalar ishlashda qo‘llanadi. Bunday konstruksiyalar uchun qisqa muddatda qotadigan va nihoyatda mustahkam betonlar kerak. Bundan tashqari sovuqqa juda yaxshi chidaydigan konstruksiyalar uchun ham ishlanadi.
Oltingugurt gazlar ta’sirida bo‘ladigan konstruksiyalar uchun ham giltuproq sement ishlatish tavsiya qilinadi.
Lekin er usti va ostida, shuningdek suv tagida quriladigan konstruksiyalarga u yaramaydi, chunki bunday konstruksiyalarda tashqi harorat va ajralib chiqadigan issiq ta’siridan beton temperaturasi 25° dan oshib ketishi mumkin (jumladan, juda qalin yoki katta hajmdagi konstruksiyada). Hatto salgina ishqorlar ta’sirida bo‘ladigan konstruksiyalarda ham giltuproq sement ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Giltuproq angidrid sement giltuproqli sement bilan bir qatorda qotayotganida beton temperaturasi 25° dan oshib ketishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalar uchun ham ishlatiladi. Angidrid qo‘shilgan giltuproqli sementning angidrid qo‘shilmagan giltuproqli sementdan prinsipial farqi ham shunda.
To‘ldirgichlari bor bo‘lgan giltuproqli sement ham bir xil temperatura sharoitlarida (qotish jarayonida 25° dan oshmasa) giltuproqli sement qatori ishlatiladi. Ammo to‘ldirgichlari bor bo‘lgan sementning unchalik mustahkam emasligini hisobga olib, qotish muddatining qisqaligi sababli undan o‘rtacha va past markali bo‘lgan beton va temir-beton konstruksiyalari yasashda foydalaniladi.
Giltuproq sementlar juda (yuqori markali portlandsementga qaraganda 2—3 baravar) qimmat bo‘lgani uchun hozircha yig‘ma beton va temir-beton konstruksiyalarda ishlatilayotgani yo‘q. Biroq yig‘ma temir-beton texnologiyasida giltuproq sement ishlatish juda foydali bo‘ladi, chunki buyumlarni sun’iy qotirishga hojat qolmaydi.
Download 243.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling