4.12-расм. Қурилма қобиғидаги кран-укосин
.
1-устун; 2- кронштейн; 3- блок; 4- ролик.
Yemirilishni aniqlash va ichki qurilmalarni otbrakovkalash amaldagi usul va
normalarga ko‘ra amalga oshiriladi. Yemirilgan detallar, baʼzan
esa yaxlit
qismlarni ham yangilari bilan almashtiriladi.
Qurumlangan tarelkalar va qaytargichlarni qismlarga ajratish bilan bog‘liq
bo‘lgan operatsiyalar anchagina sermehnat operatsiya hisoblanadi. Avval ularni
koksdan (qurumdan) mexanik tozalash bilan tozalab (skrebok yordamida), so‘ngra
kolonna ichida puxta konstruksiyalarga osilgan (masalan: tayanch balkalari) zanjirli
tallar yordamida har bir elementni kirgizilgan joyidan olib tashlanadi.
Bunday
operatsiyalar uchun lebedkali troslar ko‘llab bo‘lmaydi: trosning egiluvchanlik
kuchi hisobiga uzib olingan element tezda sakrashi va kolonnaga zarar yetkazishi
mumkin yoki kolonna ichidagi ishchiga jarohat yetkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: