7-Ma’ruza Ma’ruza-7: Umumiy ma’lumotlar. Stansiya ichki bosimli quvurlari. Tashqi bosimli quvurlari
Download 208.11 Kb.
|
Ma\'ruza-7.NSF! (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nasos stansiyasining ichki kommunikatsiyasi va kuvurlari
- QUVURLAR KLASSIFIKATSIYASI
- Kamera shaklidagi
7-Ma’ruza Ma’ruza-7:Umumiy ma’lumotlar. Stansiya ichki bosimli quvurlari. Tashqi bosimli quvurlari. Reja:1.Nasos stansiyasining ichki kommunikatsiyasi va kuvurlari. 2.Nasos stansiyalarining quvurlari, ularning klassifikatsiyasi. Nasos stansiyasining ichki kommunikatsiyasi va kuvurlari. Manba’dan iste’mol-chiga nasos stansiyasi bilan suv uzatish, nasos agregatlarining quvurlari yordamida amalga oshiriladi. Quvurlar nasos stansiyasiga suv yetkazib berishda, so’rish va, uzatishda, yuqoriga ko’tarib berishda va iste’molchiga uzatishda ishlatiladi. Quvurlar, mashinali suv ko’tarish gidrotexnik kopleksining ma’suliyatli uzellardan bo’lib, ba’zi hollarda, ularning narxi nasos stansiyasi va undagi jihoz-larning narxidan ham ko’p bo’lishi mumkin. Quvurlarning materiali, diametri, devorining qalinligi va uzunligi-bajarayotgan vazifa-siga, o’rnatiladigan suv manbasining rejimlariga nisbatan texnik-iqtisodiy hisobdan sung qabul qilinadi. 7-sxemada qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlashda qo’llanila-digan kuvurlar klassifikatsiyasi ko’rsatilgan. Nasos qurilmasi quvurlari, so’rish va bosimquvurlariga bo’linadi. So’rish quvurlari esa, stansiya binosining yer yuzasiga nisbatan joylashishiga qarab, so’rish va uzatishquvurlariga bo’linadi. yer ustida joylashgan musbat so’rish balandlikli nasos agregatlari so’rish quvurlari bilan jihozlansa, manfiy so’rish balandlikli chuqur-lashtirilgan nasos stansiyasidagi agregatlar, uzatish quvurlari bila jihozlanadi. Nasos stansiyalarining quvurlari, ularning klassifikatsiyasi.So’rish qu-vurlari, suv olish inshootlarining suv qabul qilish kameralaridan suv olib, markazdani qochma nasoslarning so’rish patrubkalariga uzatadi.Ulardagi bosim, atmosfera bosimidan ham kichik bo’lishi mumkin va ichiga havo kirmasligi kerak. SHuning uchun so’rish quvur-lari faqat po’latdan tayyorlanadi. Ularning nasos stansiyasi binosidan tashqaridagi hamma ulanadigan qismlari payvandlanadi. Bino ichkarisidagi qismlari, payvand yoki flanets bilan ulanadi. So’rish quvurlarining kirish qismi suv ostiga shunday chuqurlikka tushurilishi kerakki, so’rish vaqtida suv aylanishdan hosil bo’lgan uyurma orqali unga havo kirmasligi kerak. Bosim isrofi katta bo’lmasligi uchun, so’rish quvurlarining uzunligi iloji boricha kalta (L < 30m ) bo’lishi hamda ulanadigan joylari, burilishlar va biridan ikkinchisiga o’tishlar kam bo’lishi kerak. So’rish quvurlarining diametrlari, ulardagi tezlik miqdoriga nisbatan qabul qilinadi (10- jadval). So’rish quvuri diametri, nasosning kirish patrubkasi diametridan kichik bo’lmasligi kerak. So’rish quvuridan kirish patrubkasiga o’tish, bir tomonlama konus (diffuzor) shaklida bajariladi. Konusning uzunligi quydagi formula bilan aniqlanadi. ℓk = (3,5 ÷ 4,0) (Dso’r. – d kir.pat.) (26) 10-jadval. So’rish kuvuri diametrini aniklash.
So’rish quvurlari sonini nasoslar soniga teng qilib olish tavsiya qilinadi. Agar so’rish quvurlari juda uzun bo’lsa, ularning sonini ikkitaga qisqar-tirish mumkin. Buning uchun, har bir so’rish quvuri, nasos stansiyasi yonida joylashgan so’rish kollektorlariga ulanadi va suvni shu kollektordan oladi. Kichik va o’rtacha nasos stansiyalarida, nasos agregati ishlashdan to’xtaganda, so’rish quvuridan suv tushib ketmasligi uchun, uning tirsaksimon egilgan qis-mi ko’tarib o’rnatiladi (82-rasm). Ko’tarilgan qismining tubi, nasosning yuqo-ri qismidan past bo’lmasligi kerak. Bo’sh qolgan qismida yig’ilgan havo, ejektor orqali chiqarib yuboriladi. Stansiya binosidan tashqarida joylashgan so’rish quvurlari, tuproqni muzlash chuqurligini hisobga olgan holda, qurilgan beton tayanchlarga o’rnatiladi. Ko’rikdan o’tkazib turish, bo’yash va boshqa ishlarni bajarish uchun, quvur tubi bilan tekislangan yer orasidagi masofa, D so’r.= 500 mm bo’lganda - 0,3 m va D so’r.=2000 mm bo’lganda- 1,0 m dan kam bo’lmasligi kerak. Stansiya binosi ichidagi so’rish quvurlarining diametri 300 mm katta bo’lsa, poldan yukorigayam, pastgyam urnatilayveradi. Mahalliy qarshiliklarni kamaytirish uchun, so’rish quvurining kirish qismi kattaroq olinadi va u quydagicha aniqlanadi: Dkir = (1,25…1,5) Dso’r (27) 1-rasm. So’rish quvurlarini umumiy so’rish kollektorlariga ulash: 1-stansiya binosi; 2- nasos agregati; 3- so’rish kollektorlari; 4-so’rish kuvuri. Kirish qismi bilan so’rish quvuri diffuzor - konus shaklida bir - biri bilan birlashtiriladi. Konusning uzunligi qo’yidagi formula bilan topiladi. ℓk = (3,5 ÷ 7,0) ( Dkir. - Dso’r.) Nasosning to’xtovsiz va eng kam gidravlik qarshiliklar bilan ishlashi uchun, so’rish quvuri nasos stansiyasining qabul kamerasiga to’g’ri joylashtirilishi kerak. 3-rasmda qabul kamerasiga joylashtirilgan so’rish quvuri o’lchamlari ko’rsatilgan. Sxema 1. QUVURLAR KLASSIFIKATSIYASI 2-rasm. Ko’tarib o’rnatilgan tirsaksimon so’rish quvuri: 1-manba; 2- so’rish quvurining tirsaksimon qismi; 3-so’rish quvuri; 4- nasos; 5- bosim quvuri. Kameraning kengligi (Vk) va uzunligi (Lk) quydagi formulalar bilan topiladi. kengligi - Vk = 3Dkir uzunligi - Lk = Wk / VkHk Bu yerda:Wk = (30…40) Qn- kameraning hajmi, m3 ; Qn – bir nasosni suv sarfi, m3/ s ; Nk = hk + ( ▼max SS- ▼min SS)- kameradagi maksimal suv chuqurligi, m. 3-rasm. So’rish quvurini qabul kamerasiga joylashtirish: 1-qabul kamerasi; 2- so’rish quvuri. Kamerada ikki yoki undan ortiq so’rish quvurlari joylashgan bo’lsa, ular orasidagi masofa (1,5÷2,0) Dkir bo’lishi mumkin. Suv qabul qilish umumiy kengligi quydagi formula bilan aniqlanadi (84-rasm). Vum. = Vkn + bbich. (n - 1) Bu yerda: n - kameralar soni, dona; bbich. – bichokning qalinligi, m. 4-rasm. Qabul kamerasi va so’rish quvurlarining joylashish sxemasi: 1- suv qabul qilish inshooti; 2- qabul kamerasi; 3- so’rish quvurlari; 4- qiya o’rnatilgan panjara; 5- avankamera; 6- olib keluvchi kanal. So’rish quvurlari bilan ta’minlangan nasoslar suv sathidan yuqoriga o’rnatilib, musbat so’rish balandligiga ega. SHuning uchun ulardagi bosim, doimo atmosfera bosimidan kichik buladi. (Rso’r.quv< Rat). Uzatish quvurlari bilan ta’minlangan nasosolar esa minimal suv sato’idan ham pastga o’rnatila-di va ular manfiy so’rish balandligiga ega bo’ladi. Bu quvurlarga suv, atmos-fera bosimidan katta bosim ostida uzatiladi(Rso’r.quv>Rat). SHuning uchun bu quvurlar uzatish quvurlari deb ataladi va ular fakatgina po’latdan tayyorlan-masdan, balki, yig’ma va quyma temir- betondan ham tayyorlanishi mumkin. 5a va b - rasmlarda kamerali turdagi nasos stansiyalaridagi gorizantal va vertikal o’rnatilgan markazdan qochma nasoslarning uzatish quvurlari ko’rsatilgan. Uzatish quvurlarining diametrlari, so’rish quvurlari diametrlariga teng qabul qilinib, odatda so’rish patrubkasi diametridan katta bo’ladi. Uza-tish quvuridan so’rish patrubkasiga o’tish, diffuzor orqali amalga oshiriladi. Markazdan qochma vertikal yoki o’qiy nasoslar o’rnatilgan blokli turdagi nasos stansiyasining uzatish quvurlari beton bloklardan tayyorlanadi va binoning asosini tashkil kiladi. Uzatish quvurlarining o’lchamlari nasos ish g’ildiragi diametriga nasbatan qabul qilinadi.. Beton bloklardan tayyorlangan uzatish quvurlari, kamera yoki tirsak shaklida bo’ladi. Kamera shaklidagiuzatish quvurlari (6a-rasm), ish g’ildiragi diametri 87 sm dan kam bo’lgan va suv sarfi uncha katta bo’lmagan vertikal o’qiy nasoslar o’rnatilgan blokli turdagi nasos stansiyalarida qo’llaniladi. Mahalliy gidravlik qarshiliklar koeffitsiyenti - ξ = 0,6 ga teng.
Download 208.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling