7-Ma’ruza Ma’ruza-7: Umumiy ma’lumotlar. Stansiya ichki bosimli quvurlari. Tashqi bosimli quvurlari


Download 208.11 Kb.
bet2/2
Sana06.02.2023
Hajmi208.11 Kb.
#1172137
1   2
Bog'liq
Ma\'ruza-7.NSF! (1)

a)

b)



5-rasm. Gorizantal (a) va vertikal (b)o’rnatilgan markazdan qochma


nasoslarning uzatish quvurlari:
1-suv olish inshooti; 2- uzatish quvuri 3- kamera; 4- nasos; 5- bosim quvuri; 6- val; 7- elektrodvigatel; a-diffuzor; b - zadvijka; v- montaj ulanmasi; g - po’lat tirsak.


Tirsak shaklidagiuzatish quvurlari (6b-rasm), katta suv sarfli vertikal o’qiy va markazdan qochma nasoslar o’rnatilgan blokli turdagi nasos stansiyalarida qo’llaniladi. Maxalliy gidravlik karshiliklar koffitsenti - ξ = 0,5 ga teng.


Nasos stansiyasi quvurlarining kommunikatsiyasi tarkibi va sxemalari.
Bosim quvurlari, bosim ostidagi suvni nasos agregatidan bosimli basseynga uzatadi. Zamonaviy nasos stansiyalarida, diametri 0,1÷8,0 m va 1÷100 m suv ustuni bosimiga chidamli quvurlar qo’llaniladi. Bosim quvurla-
rining stansiya ichkarisida yoki tashqarisida joylashganligi katta ahamyatga egadir.

6-rasm. Uzatish kuvurlarining yasalishi:
a –kamera shaklida; b- tirsak shaklida.

Nasos stansiya binosidan tashqarida joylashgan bosim quvurlari, ba’zi hollarda 100 km dan ham uzun bo’lishi, natijada ularning narxi, nasos stansiyasi narxidan bir necha barobar qimmat bo’lishi mumkin. SHu sababli, qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlash nasos stansiyalarida, bosimli quvurlar sonini kamaytirish uchun, bir necha agregatning bosim quvurlari bir-biriga ulanadi. SHuning uchun nasos agregatlari soni, bosim quvurlari sonidan ko’p bo’ladi. Teskari klapan, zadvijka va suv o’lchagich kabi jihozlar bilan ta’minlangan stansiya binosi ichkarisidagi bosim quvurlari, suvni nasosdan olib tashqi bosim quvurlariga uzatadi.


Bosim quvurlaridagi tezlik, ularning diametriga nisbatan qabul qili-nadi (1 - jadval).

1-jadval. Bosim quvurlaridagi tezliklar miqdori.



Quvurning diametri, mm

<250

300÷800

>800

Quvurdagi tezlik, m/s

1,0÷1,5

1,2÷2,0

1,2÷3,0

Nasos agregatlari bosim quvurlarini bir- biriga ulash sxemasi va suv ko’taruvchi bosim quvurning eng samarali diametri, texnik- iktisodiy hisobdan sung qabul qilinadi. 7 – rasmda bosim quvurlari va ularni bir- biriga ulash usullari ko’rsatilgan.





7-rasm. Bosim quvurlarini bir- biriga ulash sxemalari:
a –har bir nasos uchun alohida bosim quvuri; b,v - juft sonli nasoslarda ikkita bosim quvuriga suv uzatish; g, d - toq sonli nasoslardan ikkita bosim quvuriga suv uzatish; ye - yig’ish kallektorlari orqali bosim quvuriga suv uzatish.



Download 208.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling