7-ma’ruza mavzu: karyerning ish gorizontlarini ochish. Mashg’ulot maqsadi


Download 1.12 Mb.
bet2/5
Sana04.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1691982
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-ma`ruza-1

Ochiladigan kon ishlari
Kapital transheyalarning bo’linishi 11.1 jadvalda keltirilgan. Statsionar tashqi va ichki kapital transheyalar uzoq vaqt davomida ishlatiladi. Ularning parametrlari (boshlang’ich va yakuniy chuqurlik, bo’ylama qiyalik, uzunlik, bort qiyaligi burchaklari) o’rab turgan jinslarning xususiyatlari, alohida sharoitlar va transport kommunikatsiyalarini loyihalashtirishning texnik sharoitlariga bog’liq ravishda qat’iy reglamentlanadi.
11.1 jadval. Kapital transheyalarning ajratilishi (E. F> Sheshko bo’yicha)

Alohida kapital transheyalarning ko’ndalang kesimi trapetsiyasimon yoki uchburchaksimon. Transport va himoyalovchi bermalarni transheya bortlarida joylashtirganda ular pog’ona shakliga ega bo’ladi. Kapital transheyalar chuqurligi odatda noldan bir yoki bir necha kamarlar balandligiga teng kattalikkacha o’zgaradi. Kapital transheyalarning tik nishabliklari (qiyaliklari) qo’llaniladigan transport turiga bog’liq bo’ladi (11.2 jadval).

11.2 jadval. Kapital transheyalarning xos bo’lgan ko’tarilishlari

Kapital transheyalar bort qiyaliklarining burchaklari ularning xizmat qilish muddati, jinslar xususiyati, ularning suvliligi bilan aniqlanadi. Uzoq muddat xizmat qiladigan transheya borti uzoq vaqtli turg’unlikka ega bo’lishi kerak; uning tuproqli, yumshoq, zich va yarim qoya jinslardagi qiyalik burchagi tabiiy qiyalik burchagidan katta qilib olinmaydi, qoya jinslarda esa – 50 – 60o. tashqi kapital transheyalarning ikkala borti ham doimiy holatga ega, statsionar ichki kapital transheyada esa faqat bir bort doimiy holatga ega. Kapital transheyalar tubining minimal kengligi transport vositalari o’lchamining yig’indisi, ular orasidagi xavfsiz oraliq, tub bo’yicha joylashadigan maydon va ariqlarning ko’ndalang o’lchami bilan aniqlanadi. Transport kommunikatsiyalarini joylashtirish shartlari bo’yicha o’rnatilgan kapital transheya tubining kengligi transheya o’tkazish ehtimoli shartlari bo’yicha tekshiriladi.
Yer osti ochuvchi lahimlarning ko’ndalang kesim maydoni transport qurilmasining o’lchamlari va yo’l rivojlanish sxemalari (zarur oraliqlarni hisobga olgan holda) bo’yicha aniqlanadi. Keng izli temir yo’l transporti qo’llaniladigan sharoitlar uchun (dumpkarlar, gondolalar va sanoat elektrovozlari) lahim kesimi (tonnel) GOST lar bilan reglamentlanadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling