7-ma’ruza mavzu: karyerning ish gorizontlarini ochish. Mashg’ulot maqsadi


Karyer ishchi gorizontlarini ochish usullari


Download 1.12 Mb.
bet3/5
Sana04.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1691982
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-ma`ruza-1

Karyer ishchi gorizontlarini ochish usullari
Karyerning ishchi gorizontlarini ochish kamarlarda shakllangan sirt yoki oraliq yuk oqimlarida yuklarni ishchi gorizontlardan qabul punktlarigacha ko’chirish imkonini beradigan transport kommunikatsiyalari bilan yuk oqimlarini ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Ochish lahimlari sirtdan yoki ochiq oraliq ishchi gorizontdan boshalanib, ochiladigan gorizont ishchi maydoni belgisida yakunlanadi.
Ochish usuli qator omillar, birinchi navbatda ochuvchi lahimlar ko’rinishi bilan aniqlanadi.
Alohida holatlarda (gumbazli ekskavatorlar va kabelli kranlardan foydalanilganida) butun konning ishlab chiqilishi va karyer yuklarini ko’chirish ochish ishlarini o’tkazmasdan amalga oshiriladi. Ochish ishlari bo’lmaganda ham karyerning alohida ishchi gorizontlariga transport kirishi yaratilishi ehtimoli bor: masalan, yuza jinslarni kon usti yoki kon usti-chuqurlik ko’rinishidagi karyerlarning gorizont osti ag’dargichlariga ko’chirishda, ishchi bortda joylashgan konveyerlardan foydalanishda va hokazo. Ochishning bunday usuli transheysiz deb ataladi.
Ko’p holatlarda karyerning ishchi gorizontlari kapital transheya yoki yarim transheyalar bilan ochiladi. Kamroq holatlarda yer osti lahimlar (qiya yoki vertikal stvollar, shtol, tonellar bilan), shuningdek kombinatsiyalangan usulda amalga oshiriladi.
G’ildirakli transport vositalari harakati uchun mo’ljallangan transheyalar (temir yo’l va avtomobil transporti), qiya bo’lishi kerak; ko’targich bilan vositalanadigan transheyalar – katta.
Umumiy trassa bilan transheyalar xizmat ko’rsatadigan kamarlar soniga qarab (bir, guruh yoki karyerning barcha kamarlari) mos ravishda alohida, guruhli va umumiy transheyalarga ajratishadi (11.1 jadvalga qarang).
Tashqi transheyalar statsionar yoki yarimstatsionar bo’ladi. Ichki transheyalar statsionar (karyerning ishsiz bortlarida joylashgan), yarim statsionar, vaqtincha va sirg’aluvchi bo’ladi. Karyerning ishchi bortlarida vaqtincha va yarim statsionar ichki transheyalarni kon-kapital ishlarning hajmini kamaytirish uchun va ochish ishlari hajmini vaqt bo’yicha taqsimlashda qo’llaniladi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling