7-ma’ruza mavzu: karyerning ish gorizontlarini ochish. Mashg’ulot maqsadi
Download 1.12 Mb.
|
7-ma`ruza-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
7-MA’RUZA MAVZU:KARYERNING ISH GORIZONTLARINI OCHISH. Mashg’ulot maqsadi: ochiladigan kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlarni berish. Reja: Kon ishlari rivojlanishining boshlang’ich bosqichlari. Ochiladigan kon ishlari. Karyer ish gorizontlarini ochish usullari. Tayanch iboralar: ochish sxemasi, ochi sxemasining faoliyat kursatish davri, yalpi kazish sistemalarida ochish sxemalari, ochish sxemasining uzgarishi, ochish tizimi, ochish usuli sxemasi va tizimini tanlash, usullar kombinatsiyasi, ochish tizimi variantlari. Kon ishlari rivojlanishining boshlang’ich bosqichlari Ish gorizontlarning ochilishi buning uchun mo’ljallangan maxsus lahimlarni qurish vositasida amalga oshiriladi. Kon massasini tashilishini ta’minlash uchun har bir gorizont kapital transheya (11.1, a rasm), qoidaga ko’ra qiyasi bilan ochilishi kerak, chunki u ochiladigan gorizont belgisini mavjud gorizont va sirtlar belgisi bilan bog’laydi. 11.1 rasm. Gorizontda kon ishlari rivojlanishining boshlang’ich davri sxemasi. Gorizontdagi kon ishlarini dastlabki frontni yaratishdan boshlashadi, buning uchun zahira transheya (11.1 b rasm) yoki zahira kotlovanni (11.1 v rasm) o’tkazishadi. Ba’zan jinsni, agar ekskavatorlar parametric imkon bersa, bort oldi ag’dargichida joylashtirishadi, lekin ko’pincha uni tashqi ag’dargichga transportlashadi. Keyin kesik transheya (11.1 b rasm) yoki kesik kotlovanning (11.1 g rasm) bir yoki ikki borti tashilishi amalga oshiriladi. Yuqori kamarni zarur tiralishidan so’ng pastda joylashgan gorizontni ochish va uning chegarasida kesik lahimlarni o’tkazish imkoniyati paydo bo’ladi. Ishchi gorizontlarning bo’ylama qiyaligi yuklanishda transport vositalarining ish xavfsizligi ta’minlanishi hisobga olingan holda o’rnatilishi kerak. Kesik transheyalarni yotqizish joyini tanlashga asosan sirt va yotiqlik tomi relyefi va kon-qurilish ishlarining hajmini karyerni tez orada foydalanishga topshirish uchun qisqartirish zaruriyati ta’sir qiladi. Odatda gorizontal va qiya konlarni ishlab chiqishda kesik transheyalarni yotiqlik bo’yicha o’tkazishadi. Bu katta ishlab chiqarishga ega mashinalar uchun ishlarning yetarli frontini ta’minlaydi va foydali qazilmaning katta ochilgan zahiralarini olish imkonini beradi. Kichik karyerlarda tayyorgarlik ishlari ketma-ket ravishda bir nechta nisbatan qisqa bo’laklar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday tartibda ko’pincha qurilish kon jinslari yotiqliklarini ishlab chiqishadi, bu ochish ishlariga dastlabki harajatlarni va qo’llaniladigan qurilmani kamaytirish imkonini beradi. Qiya plastlarning svitini va murakkab qurilishga ega yotiqliklarni ishlab chiqishda kon ishlari rivojlanishining yo’nalishi foydali qazilma va bo’sh jinslarni alohida olish imkoniyati bilan ta’minlashi kerak. Plast yotiqliklarini ishlab chiqishda ishlar kamayish tartibida va kamdan-kam holatlarda oshish tartibida rivojlanadi. Agar ochish sharoitiga ko’ram ishlar frontini qisqa o’q atrofida yoki karyer maydoni dioganali bo’yicha joylashtirilsa, karyerning zarur quvvatiga ishlar frontining yuqori tezlikda siljishi bilan erishiladi. Ishlar frontining har qanday joylashuvi va kon ishlari rivojlanishining har qanday yo’nalishida maydoni F (m2) (sirti bo’yicha) va o’rta quvvati N (m) bo’lgan kamar jinslar qalinligi T oy ichida taqvim rejasiga ko’ra qayta ishlanishi kerak. Ishlab chiqish intensivligining taqqoslanadigan ko’rsatkichida ochiladigan maydonning o’rtacha oy kattaligi qabul qilinishi mumkin Fm=F/T=Lf.uvf, Bu yerda Lf.u - kamar ish frontining qabul qilingan o’rta davomiyligi, m; vf —ishlar frontining siljishi oyning o’rta tezligi, m/oy. Ishlar frontining siljish tezligi birinchi navbatda kon massasi zahiralarini olish intensivligi bilan aniqlanadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling