7-ma'ruza mavzu. Lipidlar. Reja
Download 147.55 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Steroidlar
Glikolipidlar
Glikolipidlar murakkab birikmalar bo‘lib, glitserinning glyukoza bilan glikozid bog‘ orqali birikishi tufayli hosil bo‘ladi, ularda fosfat kislota va azot asoslari bo‘lmaydi. Ulardagi uglevod komponentiga qarab, serebrozid va gangliozidlarga bo‘linadi. Glikolipidlar miya va nerv to‘qimalari tarkibida uchraydi. Gangliozidlar serebrozidlarga qaraganda birmuncha murakkab bo‘lib, tarkibida sfinogizin, yog‘ kislota, bir qancha uglevod qoldiqlari neyramin va sial kislotalari bo‘ladi. Ular ham nerv to‘qimalarida, miyaning suyuq qismida va hujayrada retseptorlik va boshqa vazifalarni bajaradi. SteroidlarSteroidlar yuqori yog‘ kislotalarini siklik spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efir bo‘lib, hayvon va o‘simliklar organizmida keng tarqalgan. Steroidlar tarkibida uchraydigan siklik spirtlar sterollar deb ataladi. Steroidlar ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ularning tarkibida uchta bir chiziqli bo‘lmagan to‘yingan siklogeksan va bitta halqali siklopentan kompleksidan hosil bo‘lgan siklopentanopergidrofenantren mavjud. Biologik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sterollar –D guruhidagi vitaminlar, jinsiy gormonlar, bo‘yrak usti bezining po‘st qavati gormonlari, zoo- va fitogormonlar, yurak glikozidlari, o‘simlik saponinlari, alkaloidlar hamda ayrim zaharlar steroidlar jumlasiga kiradi. Hamma to‘qimalarda uchraydigan, ko‘pchilikka ma’lum steroidlardan biri xolesterol-xolesterin bo‘lib, u markaziy va periferik nerv tizimsida, teri osti yog‘larida, buyrak va boshqa a’zolarda uchraydi. U sitoplazmatik membrananing asosiy komponenti, qon zardobida esa lipoprotein holda uchraydi. Jigarda sintezlanadigan xolesterin inson hayoti uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar qatoriga kiradi. Qondagi oqsil xolesterin uchun harakat vositasi hisoblanadi.Xolesterin qondagi oqsilga joylanishida ikki xil holat kuzatiladi. Bir xil oqsillar xolesterinni to‘qimalarga tarqatadi, boshqalari esa uni jigarga yetkazib, u yerda utilizatsiya - ya’ni, qayta ishlash jarayoni ketadi. Xolesterinli lipoprotein yuqori darajada, zich, ixcham oqsilda joylashgan bo‘lsa, bunday holatdagi xolesterin «yaxshi» deb atalib, u tomirlardan to‘liq yuviladi. Agar xolesterin oqsilda bo‘sh holda, tartibli joylashmagan bo‘lsa, unga «yomon» deb nom berilgan. Ikkinchi xildagi xolesterin qon tomirlaridan to‘liq yuvilmasdan oz-ozdan to‘planishi natijasida tomir devorlari plastiklikni yo‘qotib, mo‘rt holatga aylanib qolishi mumkin. Xolesterin yosh bolalarning desilitr qonida 25 mg, kattalarda esa 200 mg bo‘lishi lozim. Download 147.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling