7-ma'ruza mavzu. Lipidlar. Reja


Download 147.55 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi147.55 Kb.
#1767147
  1   2   3   4

7-ma'ruza mavzu. Lipidlar.
Reja:
7.1.Lipidlar strukturasi va vazifasi.
7.2. Lipidlarning sinflarga bo‘linishi.
7.3. Murakkab lipidlar Fosfolipidlar.
7.1.Lipidlar strukturasi va vazifasi.
Tirik tabiatda keng tarqalgan organik birikmalardan lipidlar (yunoncha, lipos-yog‘) hisoblanadi. Ular qutblanmagan, suvda deyarli erimaydigan, kichik molekulali birikmalar bo‘lib, organik erituvchilarda--efir, aseton, benzol va xloroformlarda yaxshi eriydi.
Lipidlar sinfini tashkil qiluvchi moddalar turli xil strukturaga va biologik vazifaga ega bo‘lgan birikmalardir. Barcha lipidlar yog‘ kislotalari va rang-barang spirtlarning murakkab efirlaridir.

Mazkur sinfga kiruvchilarga xos xususiyat shuki, ular gidrof (yoki lipofil) bo‘lsalar ham, kimyoviy tabiati har xil bo‘lib, tarkibida spirt, yog‘ kislotalari, azotli asoslar, fosfor kislotalari, uglevod va oqsillar uchraganligi uchun ularga aniq ta’rif berish ancha murakkab hisoblanadi.
Yog‘ kislotalari-uzun alifatik zanjirli karbon kislotalari bo‘lib, gidrofob xossaga ega. Ko‘pchilik yog‘ kislotalari monokarbon holatda, tarkibida S4 dan S26 gacha uglerod atomiga ega bo‘lgan organik kislotalar topilgan. Tabiiy yog‘ kislotalar tarkibida juft uglerod atomi bo‘lib, ular to‘yingan va to‘yinmagan holda bo‘lishi mumkin.
To‘yingan yog‘ kislotalarining jonli tabiatda ko‘p uchraydiganlari palmitin, stearinlar bo‘lib, to‘yinmaganlarga olein kiradi. Paxta moyi tarkibida linol va linolen yog‘ kislotalar ko‘proq uchraydi. Yog‘lar tarkibida olien (30%), palmetin (15-50%) mavjud.

Tabiiy yog‘lar tarkibida uchraydigan asosiy yog‘ kislotalar


6- jadval

Formulasi

Nomi

S atom soni

To‘yingan kislotalar

CH3-(CH2)10COOH
CH3-(CH2)12COOH
CH3-(CH2)14COOH
CH3-(CH2)16COOH
CH3-(CH2)22COOH

Laurin
Miristin
Palmitin
Stearin
Lignotserin

12
14
16
18
24

To‘yinmagan kislotalar

CH3-(CH2)5CH=CH-(CH2)7COOH
CH3-(CH2)7CH=CH-(CH2)7COOH
CH3-(CH2)3(CH2-CH=CH)2-(CH2)7COOH
CH3-(CH2)4(CH=CH-CH2)4-(CH2)2COOH

Palmitoolien
Olein
Linol
Araxidon

16
18
18
20

Fiziologik vazifasi bo‘yicha lipidlar zahirali va strukturalilarga bo‘linadi. Zahirali (rezerv) yog‘lar aksariyat bo‘yrak, yurak, jigar, qorin bo‘shlig‘ida, teri ostida, ichak devorlarida to‘planadi. Organizmning ehtiyojiga qarab energiya sifatida ishlatiladi. Bular asosan triglitsiridlardir. Qolgan yog‘lar strukturali lipidlarga qo‘shiladi.


Lipidlar hayotiy jarayonlarda muhim va turli xil vazifalarni bajaradi:

  • Lipidlar oqsillar bilan birikib, biologik membrananing strukturasini tashkil qiladi. Demak, ular biomembranalarda o‘tkazuvchanlikni va nerv impulslarini uzatilishida ishtirok etadilar.

  • Energetik vazifasi. Ular energiya sig‘imi katta bo‘lgan, hujayra yoqilg‘isidir. 1 gr yog‘ oksidlanganda 39 kDj energiya ajraladi.Bu esa uglevodlarning shu miqdordagi energiyasidan ikki marta ko‘pdir. Lipidlardagi energiya ixcham, kompakt zaxira holda adipotsitlarda, ya’ni yog‘ to‘qimalarida to‘planadi.

  • Yog‘lar termoizolyatsiya shaklida himoya vazifasini bajaradi. Lipidlar o‘zlarining issiqlikni o‘tkazuvchanlik xususiyati past bo‘lganligi uchun organizm haroratini bir me’yorda saqlashda xizmat qiladi. Yog‘ qatlamlari organizmlarni turli xil mexanik jarohatlardan, o‘simlik qobiqlari tarkibidagi mumlar kasal tarqatuvchi infeksiyalardan va suvni ortiqcha sarflanishidan saqlaydi.

  • Yog‘lar tarkibidagi uzun uglevodorod zanjirida yog‘ kislotalar borligi uchun va kislorod kamligidan har bir gramm yog‘ oksidlanganida ko‘p miqdorda suv molekulalari hosil bo‘ladi. Kam suvli sharoitda yashaydigan hayvonlarning suvga bo‘lgan talabi va tuxumdan jo‘ja ochishda suvga bo‘lgan ehtiyoji, asosan yog‘ kislotalarining oksidlanishi hisobiga qondiriladi.

Inson tanasining 10-20% ini lipidlar tashkil etadi. Yoshi katta odamlarda 10-12 kg yog‘lar bo‘ladi, bu lipidlarning 2-3 kg strukturali yog‘lariga to‘g‘ri keladi. Zahiradagi lipidlarning 98% i yog‘ to‘qimalarida to‘planadi. Nerv to‘qimalarida 25% gacha, biologik membranalarda esa 40%gacha strukturali yog‘lar uchraydi (quruq vazniga nisbatan).

Lipidlarning sinflarga bo‘linishi


Lipidlarni kimyoviy tarkibiga ko‘ra ikki guruhga : oddiy va murakkab yog‘larga bo‘lish mumkin. Oddiy lipidlarning ko‘pchiligi ikki komponentli bo‘lib, spirtlarning yog‘ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlardir. Ularga yog‘lar, mumlar (o‘simliklarda) va steridlar kiradi.
Murakkab lipidlar ko‘p komponentli bo‘lib, ularning tarkibida yog‘ kislotalar va spirtlardan tashqari azot asoslari, fosfat kislota va uglevodlar qoldig‘i uchraydi. Ularga fosfolipidlar, glyukolipidlar, diol- va ornitinolipidlarni (mikroorganizmlarda) kiritish mumkin.

Download 147.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling