7-ma'ruza mavzu. Lipidlar. Reja


Download 147.55 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi147.55 Kb.
#1767147
1   2   3   4
Murakkab lipidlar
Fosfolipidlar barcha organizmlar hujayralarida ko‘p tarqalgan. Ular ham tuzilishi bo‘yicha murakkab efirlar hisoblanadi. Ularning tarkibida ko‘p atomli spirtlar va yog‘ kislotalar qoldiqlaridan tashqari, fosfat kislota hamda azot asoslari qoldig‘i uchraydi. Fosfolipidlar tarkibidagi spirtli komponentiga qarab glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlarga bo‘linadi.
Glitserofosfolipidlarning umumiy formulasi quyidagicha:

Tabiiy glitserofosfolipidlar L-qatorga mansub. Fosfolipidlar fosfotid kislotalarning hosilalaridir. Ularning tarkibidagi turli xil yog‘ kislotalari va yana qo‘shimcha komponentlarning turiga qarab, ular fosfotidilxolin (lesitin), fosfotidiletanolamin (kefalin), fosfatidilserin va hokazolarga bo‘linadilar.
Fosfolipidlar tarkibida yog‘ kislotalaridan palmitin, stearin, linol, araxidon va boshqalar uchraydi. Ularning tarkibiga kirgan yog‘ kislota qoldig‘ining bittasi to‘yinmagan bo‘ladi. Fosfolipid molekulalari ikki xil xususiyatga ega. Yog‘ kislotalari gidrofob, fosfor kislotasi, aminospirt, aminokislotalarining qoldiqlari esa gidrofil xarakterga ega. Fosfolipid molekulalarida liofob va liofil guruhlarining mavjudligi hujayra membranasining bir tomonlama o‘tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlaydi. Organizmda keng tarqalgan fosfolipidlarning ayrim vakillari bilan tanishamiz.

Ko‘p atomli spirt



Fosfolipid molekulasining liofob qismi






Fosfolipid molekulasining liofil qismi



Murakkab efir bog‘lari










Fosfolipidning tuzilishi

Fosfotidilxolin (lesitin) tarkibida aminospirt xolin uchraydi.


(CH3) ≡ N+-CH2-CH2-OH
xolin

Hujayrada -fosfadilxolin (- oxirgi holatda) va -fosfadilxolin (-o‘rtada bo‘lganda) uchraydi. Ular miyada, dukkakli o‘simliklar, kungaboqar, bug‘doyda ko‘p bo‘ladi.

Bu fosfolipidlar asosan membrana tarkibidagi lipidlarda uchraydi.
Lizofosfatidilxolinlar fosfatidilxolin yoki fosfatidiletanol aminlarning gidrolizlanishidan hosil bo‘ladi. Yog‘ kislotasining gidrolizi 2-uglerod atomida fosfolipaza fermenti ishtirokida bo‘ladi. Fosfolipaza A2 ilon zaharida ko‘p bo‘ladi. Lizofosfatidilxolin kuchli gemolitik xususiyatga ega.

Fosfatidilserin. Molekulaning qutblangan guruhi sifatida aminokislota serin uchraydi. Mazkur fosfolipid fosfatilxolin va fosfatiletanolaminni sintezida ishtirok etadi.

Fosfolipidlarning yana bir kichik guruhini plazmalogenlar tashkil qiladi. Ularning yuqoridagi fosfolipidlardan farqi birinchi uglerod atomida S1 yog‘ kislotasining o‘rniga , - holatdagi to‘yinmagan spirt bo‘lib, glitserinning gidroksil guruhi bilan efir bog‘ini hosil qiladi. Ular gidrolizlanganda bir molekula yog‘ kislota va bir molekula uzun zanjirli spirtning aldegidi hosil bo‘ladi. Plazmalogen deb atalishiga sabab yog‘ kislotasining aldegidi plazmalem atamasi bilan ataladi. Plazmalogenlar mushak to‘qimalari va miyadagi fosfolipidlarning 10% ini tashkil etadi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar to‘qimasida ularning miqdori barcha lipidlarning 25% gacha yetadi. Plazmalogenlar aksariyat, bakteriya membranasining tarkibida bo‘ladi.
Fosfatidilinozitol boshqa fosfolipidlardan farqi azot asoslari o‘rnida siklik spirt-inizatol uchraydi. Fosfatidilinozitol hujayra membranasi va nerv tolalarida ko‘p miqdorda uchraydi. Fosfatidilinozitolning fosforlangan hosilalari modda almanishuvida katta rol o‘ynaydi. Fosfatidilinozitoldifosfat va -trifosfatlar makroergli birikmalarga kiradi. Ular Sa2+ ga bog‘liq bir necha gormonlarning faoliyatida ikkilamchi vositachi sifatida xizmat qiladi.

Mazkur guruhdagi fosfolipidlarga yana fosfotidilglitserin va kardiolipinlar kiradi.
Sfingofosfolipidlar ham hayvon va o‘simliklar membranasida, nerv to‘qimasida, miyada keng tarqalgan. Ular gidrolizga uchraganda bir molekula yog‘ kislota va to‘yinmagan aminospirt – sfingozin, fosfit va azot asosi hosil bo‘ladi. Ular tarkibida glitserin bo‘lmaydi.



Download 147.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling